Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Barqarorlashtirish siyosati, –



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Barqarorlashtirish siyosati, – 
deb yozadi I.Karimov,
 – eng avvalo, bu makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, 
ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo„l 
qo„ymaslikdir. Shuningdek, u pul qadrsizlanishining, pul emissiyasining 
boshqarilishini ta‟minlash, to„lov balansini bir me‟yorda saqlash sohasida aniq 
maqsadni ko„zlab olib boriladigan davlat siyosatidir»

O„zbekistonda makroiqtisodiyotni barqaror qilish borasida qator amaliy choralar 
belgilanar ekan, avvalo bu boradagi jahon tajribasi o„rganildi, ayni chog„da MDH 
davlatlarida shu sohada yo„l qo„yilgan kamchiliklar tahlil qilindi. Jumladan, o„tish 
davrida davlat o„z iqtisodiy siyosatini belgilashda avvalo ustuvor, katta istiqbolga ega 
bo„lgan tarmoqlar va ishlab chiqarishni har tomonlama rag„batlantirish, ya‟ni eng 
muhim bo„g„inlarni aniqlash (neft – neft mustaqilligi, energetika – energetika 
mustaqilligi, don – g„alla mustaqilligi, paxtani qayta ishlash sanoati va hokazolar) 


298 
orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil qilish bo„yicha izchil siyosat yuritishi lozim 
edi. 
Shuni ro„yirost aytish kerak, mustaqillik qo„lga kiritilgan 1991-yil oxirlari va 
1992- yilda O„zbekiston zimmasiga og„ir va jiddiy sinovlar tushdi. 
Shu davr mobaynida «davlat va xalq o„z taqdirini, o„z mustaqilligini, o„z 
ozodligini himoya qila olishga qodirmi?» degan savolga javob berishga to„g„ri keldi. 
Buning boisi shunda ediki, SSSR parchalanib ketishi, an‟anaviy xo„jalik aloqalarining 
buzilishi bilan bog„liq bo„lgan moliyaviy va xomashyo zaxiralarining nihoyatda 
taqchilligi yuz berdi. Masalan, boshqa mintaqalar va mamlakatlardan mahsulot 
yetkazib berilishiga bog„lanib qolgan yirik korxonalar to„xtab qolish arafasida edi. 
Buning ustiga aholining moddiy ahvoli yana ham pastlashib ketdi. Oziq-ovqat 
mahsulotlari, dori-darmonlarning eng muhim turlari chetdan olib kelinishi sababli 
birmuncha qiyinchiliklarga duch kelindi. 
O„zbekiston iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda Rossiya, Ukraina va 
Belorussiyaga nisbatan ancha noqulay sharoitda edi. Ana shunday holatdan 
O„zbekiston o„zining butun kuch-g„ayrati va ichki imkoniyatlarini safarbar qilib, 
ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilishga jiddiy e‟tibor berdi. 
Chunki iqtisodiyotni barqarorlashtirishda ustuvor hisoblangan yetakchi asosiy 
tarmoqlar belgilab olinmasa, bozor munosabatlari sharoitida ularning shakllanishiga 
yordam ko„rsatilmasa iqtisodiy strategiya boy berilishi mumkin edi. Bu butun 
mamlakat iqtisodiyotini butunlay yangidan boshlash, islohotlar paytida uzluksiz 
ishlab chiqarish jarayonini ta‟minlab turishning bosh yo„li, asosiy tamoyili bo„ldi. 
Shu bois O„zbekiston iqtisodiyotida, avvalo, tarkibiy o„zgarishlar yuz berdi. 
Respublika iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, importni qisqartirish va eksportga 
yo„naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek, istiqbolni belgilaydigan 
ustuvor tarmoqlarni jadal rivojlantirish, tarmoqlar ichidagi nomutanosiblikka barham 
berishga e‟tibor qaratildi. Natijada, xalq iste‟moli mollarini chetdan keltirishdan voz 
kechib, O„zbekistonning o„zida ishlab chiqarishga katta e‟tibor berildi. 
Mustamlaka yillarida iqtisodiyotimiz umumittifoq mehnat taqsimoti niqobi ostida 
bir tomonlama, mahalliy talab va ehtiyojlarga mos tushmaydigan tarzda tarkib topdi. 
Sobiq tizimda ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish xalq iste‟mol mollari 
tayyorlash sur‟atlaridan yuqori bo„lishi kerak, degan soxta nazariyaga mahkam 
yopishib olinganligi sababli iste‟mol mollari tayyorlash izdan chiqqan edi. Natijada 
o„zimizda yetarli tabiiy boyliklar va ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega bo„la turib, 
aholi uchun zarur xalq iste‟mol mollarining 60 foizdan ortig„i chetdan keltirilar edi. 
Oddiy tuz va gugurtni ham boshqa davlatlardan olib kelinar edi. Murakkab texnologik 
jarayonlarga ega mahsulotlar ishlab chiqarish to„g„risida o„ylanmas edi. 
1992–94-yillarda islohotlarning natijalari aholining iste‟mol mollariga bo„lgan 
talabini o„zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobiga qondirilishida, ayrim 
turlarini esa chetga sota boshlanganida namoyon bo„la boshladi. 
Eng muhimi, xalq iste‟mol mollari ishlab chiqarish kamayib ketishiga yo„l 
qo„yilmadi. Agar, 1997-yili 1996-yilga nisbatan yalpi sanoat mahsuloti ishlab 


299 
chiqarish 6,5 foizga ortgan bo„lsa, iste‟mol mollari ishlab chiqarish 11,2 foizga 
ko„tarildi. Vaholanki, iqtisodiy sharoitlari nisbatan ancha qulay bo„lgan 
hamdo„stlikdagi ba‟zi mamlakatlarda ishlab chiqarish 40–50 foizga tushib ketib, 
iste‟mol bozori izdan chiqdi. Oqibatda xorijdan keltirilayotgan oziq-ovqat va sanoat 
mollariga qaram bo„lib qoldilar.
90-yillarning oxiriga kelib O„zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi quvvati og„ir 
sanoatdan tortib, yengil sanoatgacha bo„lgan industriyaning barcha tarmoqlari va 
qishloq xo„jalik mahsulotlarini sanoat yo„li bilan qayta ishlovchi yirik korxonalar 
vujudga keldi. 2,2 ming yirik va o„rta sanoat korxonalari keng miqyosga ega turli 
yo„nalishdagi mahsulotlar ishlab chiqara boshladi. 
Shuni aytish kerakki, Markaziy Osiyo mashinasozlik mahsulotlarining uchdan ikki 
qismi O„zbekiston korxonalarida ishlab chiqara boshlandi. 
Dunyoning faqat ikki mamlakatidagina (AQSH va O„zbekiston) paxtachilik 
mashinalari va uskunalari to„liq ishlab chiqarilishi yo„lga qo„yildi. 
O„zbekiston – ipakchilik va pillakashlik texnikasi ishlab chiqaruvchi Markaziy 
Osiyodagi yagona davlatdir. Aviatsiya texnikasi ishlab chiqarish bo„yicha MDHdagi 
eng yirik korxonalarning biri O„zbekistonda joylashgan. O„zbekiston metallurgiyasi 
deganda Markaziy Osiyoda qora va rangli metallar ishlab chiqarish bo„yicha eng yirik 
zavodlar hisoblanmish Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinati, O„zbekiston 
qiyin eruvchi va o„tga chidamli metallar kombinati va boshqalar ko„z oldimizga 
keladi. 
Neft-kimyo sanoati 20 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishdi. 
Ulardan 15 tasi ilgari boshqa davlatlardan olib kelinar edi. 
O„zbekiston yengil sanoati ham ko„p tarmoqli bo„lib, u industrlashgan kompleks 
hisoblanadi. 
Mamlakatimizda iqtisodiyotni isloh qilishdagi natijalarni Rossiyada chiqadigan 
gazetalar ham ijobiy baholay boshladi. 
Jumladan, «Независимая газеTа» 1996-yil 22-noyabr sonida MDH tarkibidagi 
mustaqil davlatlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni tadqiq qilib, quyidagi 
xulosaga keladi. 
«Rossiya 1996-yilda sanoat ishlab chiqarishi darajasi bo„yicha 1990-yilga nisbatan 
47 foiz, 
O„zbekiston
106 foiz, 
Turkmaniston
81 foiz, 
Belorussiya
63 foiz, 
Ukraina 
55 foiz, 
Qozog„iston
48 foiz, 
Armaniston
48 foiz, 
Moldova 
43 foiz, 
Ozarbayjon
41 foiz, 
Qirg„iziston
39 foiz, 
Gruziya 
18 foiz ko„rsatkich bilan chiqmoqda». 


300 
Ushbu gazetaning sobiq Sovet Ittifoqi hududidagi respublikalar ichida sanoat 
ishlab chiqarishi jihatidan O„zbekistonni birinchi o„ringa qo„yganligi mamlakatda 
iqtisodiy islohotlar sobitqadamlilik bilan amalga oshirilayotganligini ko„rsatadi, bu 
ayni paytda, uning xorijiy mamlakat larda tan olinishining belgisi edi. 
O„zbekistonda keyingi yillarda qurilish kompleksi ham muttasil rivojlana boshladi. 
Jumladan, 1997-yildagi ma‟lumotga ko„ra mamlakatda yiliga 100–110 milliard 
so„mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish