Namangan viloyatida 2016 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan iqtisodiy islohotlarni borishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma


VI. Kichik biznesni rivojlantirish



Download 145 Kb.
bet3/3
Sana27.06.2017
Hajmi145 Kb.
1   2   3

VI. Kichik biznesni rivojlantirish.

Umumiy holat. Viloyatda kichik biznesni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotdagi kichik biznes sub’yektlarining o‘rni va ulushini yildan-yilga ortib borishga erishilmoqda. Xususan, 2016 yil yakuni bilan kichik biznes sub’yektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 80,3 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmida kichik biznes subektlarining salmog‘i muttasil oshib bormoqda.

Viloyatda 2017 yil 1 yanvar holatiga jami 16524 ta kichik biznes sub’yektlari (fermer xo‘jaliklarisiz) ruyxatga olingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2015 yilga nisbatan 105,0 foizga ortdi.

2015 yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes sub’yektlari tomonidan 1477,0 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqilgan bo‘lsa, 2016 yil yakuni bilan ushbu ko‘rsatkich 2667,6 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

Kichik biznesning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushini tahlil qilinganda sohaning sanoat sohasidagi ulushi 78,2 %ni, qishloq xo‘jaligidagi ulushi 99,1 %, qurilish ishlarida 97,4%, chakana savdoda 95,7%, pullik xizmatda 63,8 %ni tashkil etdi.

Viloyatda 2016 yilda kichik korxonalar tomonidan eksportga chiqarilgan mahsulotlar hajmi 2015 yilning mos davriga nisbatan 148,9 foizga ortib,


207,8 mln.dollarni tashkil etdi. Buning natijasida viloyat eksportidagi kichik biznes sub’yektlarining ulushi mos ravishda 83,8 foizdan 93,5 foizga ko‘paydi.

Kichik biznes sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan import amallari 260,6 mln.dollarni tashkil etib, 2015 yilga nisbatan 2,0 marotabaga ortishi hamda viloyat jami importdagi ulushi 91,3 foizga yetdi (2015 yilda jami importdagi ulushi 74,5 %ni tashkil etgan).

Hisobot davrida kichik biznes sub’yektlari tomonidan 37884 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, kichik biznes sohasida band bo‘lganlar soni 837,5 ming kishiga yetdi.

VIII - Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi to‘g‘risida.

IX - Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida Namangan viloyatidagi korxonalar tomonidan tuzilgan ichki kooperatsiya shartnomalarining 2016 yil yakuni bilan 63,2 mlrd.so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilib, belgilangan reja (63,1 mlrd.so‘m) 100,2 foizga bajarildi.

Yarmarka davomida tuzilgan eksport shartnomlariga asosan hisobot davrida 37,9 mln.dollarlik tovarlar eksportga chiqarilib, belgilangan reja
(37,8 mln.dollar) 100,1 foizga bajarilishi ta’minlangan.

Xususan, “To‘raqo‘rg‘on Shirinlik Agro” XK tomonidan 20,4 mln dollarlik quritilgan meva-sabzavotlar, “Namangan momiq sochiqlari” MChJ tomonidan


5,1 mln. dollarlik sochiq mahsulotlari, “Aisha Xom tekstil” QK tomonidan
3,9 mln dollarlik momiq sochiq mahsulotlari eksportga chiqarilgan.

VII. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.

Bandlik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015 yil
3 dekabrdagi SQ-63-III-sonli va Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining 20 noyabrdagi 27/5-4-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan tasdiqlangan
“2016 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlash dasturi” asosida 2016 yil yakuni bilan 75674 ta ish o‘rni yaratilishi belgilanib, haqiqatda 75849 ta ish o‘rinlari yaratildi, yoki reja 100,2 foizga bajarildi.

Shundan, maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etilgan ish o‘rinlari 27259 tani tashkil etdi.

Jumladan,


  1. Sanoatda 8809 ta;

  • Xizmat ko‘rsatish va servis sohalarida 3600 ta;

  1. qishloq xo‘jaligi, jumladan, chorvachilik, parrandachilik, bog‘dorchilik, baliqchilik, asalarichilik, sabzavotchilik, uzumchilikda 2935 ta,

  1. Ishlamasdan turgan korxonalarni faoliyatini tiklashda
    6011 ta;

Bundan tashqari,

  1. tijorat banklarining kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish uchun ajratiladigan kreditlar hisobida 18250 ta;

  1. yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirishda 16034 ta;

  1. uy mehnatini tashkil qilishda 7073 ta;

  1. dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkil tiklashda 7233 ta ish o‘rinlari tashkil etdi.

Yaratilgan ish o‘rinlarining 35316 tasi xotin-qizlarga, yoshlarga
34321 ta,shu jumladan 24108 tasi kasb-xunar kolleji bitiruvchilariga,
15972 tasi chet eldan qaytgan migrantlarga ajratildi.

Dastur asosida shahar va tumanlar Bandlikka ko‘maklashish markazlariga 2016 yil davomida 26,5 ming nafar ishsizlar ish so‘rab murojaat etishi kutilgan bo‘lsa, o‘tgan 12 oylikda 26017 nafar fuqarolar murojaat qildi. Ularning


25301 nafari (yillik dast urga nisbatan 106,1%) ishga joylashtirildi,
463 nafari (105,2%) kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash kurslariga, 2004 nafari (100,4%) xaq to‘lanadigan jamoat ishlariga yuborildi.

2016 yilda 85 ta (103,7%) bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari o‘tkazildi. Yarmarkalarda 17,8 minga yaqin fuqarolar jalb qilinib, 10,3 ming nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. Jami yarmarkalarda


4768 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi 35615 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Viloyatda shahar va tumanlar hokimliklari qarori asosida 2016 yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qo‘yilgan (kvotalangan) ish o‘rinlariga


5752 nafar (100%) fuqarolar ishga joylashtirildi.

Sog‘liqni saqlash. Viloyatda sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash profilaktika muassasalari faoliyatlarida O‘zbekiston Respublika Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi»gi to‘g‘risidagi PF-2107-sonli, «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chukurlashtirish Davlat dasturi» to‘g‘risidagi 3923-sonli Farmonlari talablari asosida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratildi.

Aholini sifatli tibbiy yordamga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida 211 ta qishloq vrachlik punktlari va 11315 bemor o‘rinli


122 (shundan 90 tasi kichik biznesda) ta shifoxonalarda 5087 nafar vrachlar va 25763 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari mehnat qilmoqdalar.

Har 10 ming kishiga to‘g‘ri keladigan vrachlar soni 19,0 nafarni, o‘rta tibbiyot xodimlari soni esa 98 nafarni tashkil etmoqda.

- 2016 yilda viloyatda 5 ta- Namangan shahrida 2 ta hamda Kosonsoy, Namangan va Pop tumanlarida 1 tadan onalar o‘limi sodir bo‘ldi.

- 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 617 tani tashkil etib, intensiv ko‘rsatkichi 10,2 ga teng bo‘ldi. (2015 yilda 641 nafar, intensiv ko‘rsatkichi 10,8). Bolalar o‘limi 2015 yilni shu davriga qaraganda -24 nafarga kamaygan, har ming tirik tug‘ilgan bolaga nisbatan intensiv ko‘rsatkich Namangan shahrida (14,6), Mingbuloq (12,7), Namangan (11,2), Kosonsoy (10,5) va Uychi (10,3) tumanlarida viloyat ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi.

- 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 815 tani tashkil etib, intensiv ko‘rsatkichi 13,4 ga teng bo‘ldi. (2015 yilda 808 nafar, intensiv ko‘rsatkichi 13,7). Bu ko‘rsatkich 2015 yilga nisbatan 7 nafarga ko‘payishiga asosiy qismi Namangan shahri (17,1), Kosonsoy (16,8), Namangan (16,0) va Mingbuloq (14,7) tumanlar xissasiga to‘g‘ri keldi.

Yuqoridagi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida fertil yoshidagi ayollarning sog‘lig‘ini mustaxkamlash, bolalarda respirator infeksiyalar va diareya kasalliklarini oldini olish, sog‘lom turmush tarzi dasturlarini xayotga tadbiq etish choralari ko‘rilmoqda.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini tasdiqlash haqida”gi PQ-2487-sonli qarorini viloyatda ijrosi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini tasdiqlash xaqida”gi PQ-2487-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yil 15 fevral kuni viloyat hokimligining 63-sonli qarori bilan 1-ilova viloyat Dasturi, 2-ilova “Sog‘lom ona va bola yili” viloyat Dasturini to‘laqonli va belgilangan muddatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyat komissiyasi, 3-ilova viloyat Dasturini ijrosini tahlil qilish va muvofiqlashtiruvchi monitoring guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Jumladan, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida belgilab berilgan 11 ta yo‘nalish asosida keng jamoatchilikni jalb etgan holda
87-banddan iborat viloyat dasturi ishlab chiqildi.

Mazkur dastur ijrosini ta’minlash maqsadida jami 520,0 mlrd so‘m va ekvivalentda 12,6 mln AQSh dollari, shundan 224,8 mlrd so‘m va ekvivalentda 0,167 mln AQSh dollari Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari, 256,5 mlrd so‘m va ekvivalentda 1,6 mln AQSh dollari bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari, 22,7 mlrd so‘m tijorat banklarining kreditlari, 16,2 mlrd so‘m va ekvivalentda 10,7 mln AQSh dollari xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar mablag‘lari va grantlar hisobidan amalga oshirish rejalashtirildi.

Joriy yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan dasturning barcha bandlarining ijrosi bo‘yicha tegishli tartibda ish tashkil etildi. Shundan dasturning 27 banlari bo‘yicha barcha manbaalar hisobidan 468,9 mlrd.so‘m va ekvivalentda 144,8 mln AQSh dollari, shundan 204,9 mlrd so‘m va ekvivalentda 63,1 mln AQSh dollari Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari, 106,7 mlrd so‘m va ekvivalentda 33,6 mln AQSh dollari bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari, 175,7 mlrd so‘m va ekvivalentda 50,8 mln AQSh dollari tijorat banklarining kreditlari, 0,5 mlrd so‘m va ekvivalentda 0,14 mln AQSh dollari xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar mablag‘lari va grantlar hisobidan amalga oshirilib rejaga nisbatan 90,1 foizni tashkil etdi.

Jumladan, Tibbiyot muassasalarining, jumladan perinatal va skrining markazlarning moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va kishlok vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarining sonini ko‘paytirishni ta’minlash, akusher-ginekologlar va bolalar shifokorlari malakasini oshirish maqsadida:

- Viloyatdagi 12 ta tuman tibbiyot muassasalarining bolalar bo‘limlari va tug‘ruqxona majmualarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash bo‘yicha muassasalarga 36004,0 mln.so‘m ajratilib to‘liq rekonstruksiya qilindi.

- 2016 yil oktabr oyida 56 stomatologik uskunalar barcha tuman markaziy poliklinikalariga va barcha shaxar oiaviy poliklinikalariga jami 256 mln


688 ming so‘mga olib kelindi.1 FGDS shaxar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga 47 mln so‘mga berildi. RIA va GIATM NFga 171 mln so‘mlik IVL apparati va Viloyat onkologiya dispanseriga 172 mln. 243 ming so‘lik raqamli ko‘chma rentgen aparati keltirildi.

- RI va GIATM NFning ChRBda mavjud bo‘lgan nosoz tibbiy apparaturalardan 3 ta arrabella , 1 ta kyuvez, 2 elektron tarozi, 1 pulsoksimetr, 1ta Drayger, 1 ta infuzamat apparati ta’mirlandi

- 2016 yil oktabr oyida Chaqaloqlar reanimatsiya bo‘limida muddatiga yetmay chala tugilgan 62 ta chaqaloqlarni reanimatsion chora-tadbirlar ko‘rsatilib, og‘ir xolatdan chiqarildi.

- 2016 yil 12 oyi davomida jami bemorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib,


3089 nafarni tashkil etdi. Ularning 1563 nafari ginekologik va 1526 nafari ko‘rak bezi xastaliklari bilan murojat etganlarni tashkil etadi.

- 2016 yil 20 sentabr xolatiga viloyat tug‘ruqxonalarida tug‘ilgan chaqaloqlarning virusli gepatit Vga qarshi 99.6% va BSJga (silga qarshi)


99.5% nafari emlandi. 2 oylik bolalar orasida OPVga poliomiyelitga qarshi 100,0% hamda 1 yoshli bolalar KPK bilan 99.0%, 6 yoshli bolalar KPKga 99.9% emlandi.

- 2016 yil 2016 yil 11 oyida profilaktik flyuorografik tekshiruvlar rejalashtirilgan tug‘ish yoshidagi ayollarning 52163 nafari (97,5%), 18 yoshgacha bolalarning 81112 nafari (89.9%) profilaktik flyuorografik tekshiruvdan o‘tkazildi.

- 2016 yil 20 dekabriga kadar OIV infeksiyasi bilan yashayotgan shaxslarning hayoti sifatini yaxshilash maqsadida 646 nafar bemorlar: shundan 359 nafar kattalar, 287 nafar bemorlar bolalar ARVterapiya usulida davolanmoqda.

- 853 mln 740 ming 800 so‘m mablag‘ sarflanib, 816658 nafar bolalar laboratoriya yo‘li bilan tekshiruvdan o‘tkazildi. 36201 nafar bolalarda gijja kasalligi aniqlandi. Shundan 0.8% geminolipedoz, 3.6% enterobioz, 0.01% askaridoz aniqlandi. Bemorlarning 96.8% sog‘lomlashtirildi. Xaftalik davomida 332622 nafar 210 yosh bolalarga “Vermoreks” (mebendazol) dori vositasi profilaktika maqsadida ichirildi. Xaftalik davomida 332622 nafar 210 yosh bolalarga “Vermoreks” (mebendazol) dori vositasi profilaktika maqsadida ichirildi. Rotavirus infeksiyasiga qarshi 99.7% emlandi pnevmokokkga 99.3% emlandi, pentavalent 99,0% emlandi.

- 1 yoshgacha bolalar orasida rotavirus va pnevmokokkli infeksiyaga qarshi immunizatsiyalash bo‘yicha Rotavirus infeksiyasiga qarshi 99.7% emlandi pnevmokokkga 99.3% emlandi, pentavalent 99,0% emlandi.

- VBKTTM gemotologiya bo‘limida 2016 yil 20 sentabriga kadar 48 nafar bemorlar “Utkir leykoz” kasalligi bilan davolanib chikib uz salomatligini tikladilar. 20 nafar bemor “Talassemiya” xastaligi bilan davolanib ularga standart asosida davo choralari olib borildi. 40 nafar Gemofiliya bilan bemorlar davolandi. 8.4 mln sumlik Oktanat, 642 ming sumlik Doksirubitsin dori vositalari sarflandi.

- Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida gemorragik kasalliklar profilaktikasi maqsadida barcha tug‘ruq komplekslarini Vitamin K ta’minlash. RIA va GIATM Namangan filiali tomonidan vitamin K rutin qo‘llash maqsadida 400 ta chaqaloqqa qo‘llanildi. Pop tumanida chaqaloqlarga vitamin K ishlatilishi yo‘lga qo‘yildi. Pop tumanida 1000 dona vitamin K 2 mln 96 ming so‘m mablag‘ga sotib olindi.

- 2016 yil 11 oy davomida 22084 nafar xomiladorlar (2015 y 11 oyda 23923 ta) skrining kurigidan o‘tganligi qayd etildi. Bulardan 17805 nafar xomiladorlar (2015 y 11 oyda 19071 ta) ultratovush tekshiruvidan o‘tkazildi. UTT tekshiruvidan o‘tkazilgan xomiladorlarning 363 (2,0%) nafarida (2015 y 11 oyda 400 ta) rivojlanishning tug‘ma nuqsonlari aniqlangan. RTN aniqlangan 363 nafar xomiladorlarning 290 nafari (79.8%) turli anomaliya (2015 y 11 oyda 321 ta) va 73 nafari (20,1%) akusherlik patologiyani (2015 y 11 oyda 79 ta) tashkil qiladi. Tug‘ma nuqson aniqlangan 363 nafar xomiladorlarni 358 nafari (98,6%) to‘xtatishga yuborildi. Tuxtatishga yuborilgan 358 nafar xomiladorlardan 353 nafari (98,6%) nafarida (2015 y 11 oy 389 ta) xomiladorlik to‘xtatildi va xabarnomalari olindi. Shuningdek skrining ko‘rigidan o‘tgan 3612 nafar (22,5%) xomilador AFP|XG ga qon topshirdi (2015 y 11 oyda 2352 ta). Ulardan 1608 nafari (44,5%) xavfli guruxga qayd etilib nazoratga olindi (2015 y 11 oyda 984 ta). 135 nafar (123 nafar xomiladorlar, 12 nafar TYoA) TORCH infeksiyaga tekshirildi va xavfli guruxlar ajratilib davolanishga yuborildi.

- Erta turmush qurishni oldini olish va erta turmush qurishning asoratlari borasida 1493 ta ma’ruza, 217 davra suhbati, 5431 suhbat tashkillashtirilib, 125642 nafar qatnashchi qamrab olindi. Tadbirlarning 419 tasi kollejlarda, 615 tasi maktablarda, 3 ta oliy o‘quv yurtlarida, 5496 tasi maxallalarda va 608 ta boshqa joylarda tashkillashtirildi. Ommaviy axborot vositalari orqali televideniye 3ta, radio77 ta chiqishlar, 8 ta maqola, 6287ta buklet va 6239 ta varaqalar tarqatildi xamda 172 videoroliklar namoshiy etildi.

Shu bilan bir qatorda dasturga muvofiq,



- Viloyatning olis qishloq joylarida “Go‘zallik saloni”, modalar atelesi, elektromaishiy texnikalar va oyoq kiyim ta’mirlashni o‘z ichiga qamrab olgan
13 ta namunaviy maishiy xizmat komplekslari foydalanishga topshirildi.

- Viloyatning barcha tumanlarida qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha 911 ta yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini joriy yilning avgust oyidafoydalanishga topshirish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hisobot davrida davrida 245,1 mlrd.so‘mlik (100,0%) qurilish ishlari amalga oshirildi.

- Namunaviy loyihalar asosida quriladigan uy-joylarni tashqi elektr ta’minoti uchun 19 km elektr uzatish havo tarmog‘i va 28 komplekt transformator punkti qurildi. 27-ta massivdagi namunaviy loyiha asosida qurilayotgan 911 ta uy joylardan 18 ta massivdagi 762 xonadonga tabiiy gaz bilan gazlashtirish uchun 30,6 km gaz tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan, bugungi kunda 19,85 km gaz tarmoqlari tortildi.

- Namangan shahri va 11 ta tumanlarda tashkil etilgan” Ayollar maslahat markazlari” faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida taqsimotda ko‘zda tutilgan
100,0 mln.so‘mga 12 ta komputer jamlamasi (printer bilan), 24 ta kitob jovoni, 48 ta stol, 120 ta stul, 12 ta yumshoq mebel, shuningdek, 12 ta telefon apparatlari, 12 ta televizor, 12 ta gilam va 12 ta stol ish jihozlari olib berildi. Mazkur maqsadda 100,0 mln.so‘m mablag‘ sarflandi.



Katalog: images
images -> Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 apreldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan
images -> O‘zbekiston respublikasi soliq kodeksiga asosan yuridik shaxslarga qo‘llanilgan soliq imtiyozlari
images -> Oliy matematika tarix, musiqa, pedagogika-pisixologiya
images -> Namangan viloyatida 2015 yilning yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan iqtisodiy islohotlarni borishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha tahliliy ma’lumotnoma
images -> Namangan viloyatida 2015 yil yakuni bilan iqtisodiy islohotlarni borishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha tahliliy ma’lumotnoma
images -> 1. 1-Toshmatov, Maqsudov Olimjon Fayzullaevich, 1967 yil
images -> Asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlar
images -> Date: Friday March 17th or Saturday March 18th 2017 where

Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat