Namangan viloyatida 2016 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan iqtisodiy islohotlarni borishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliliy
MA’LUMOTNOMA
I. Makroiqtisodiy o‘zgarishlar.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tomonidan 2016 yil
15 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida belgilab berilgan
?016 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlari» bo‘yicha vazifalarni amalga oshirilishi, shuningdek, Hukumat tomonidan qabul qilingan tarmoq dasturlari va qarorlarida belgilangan parametrlarni viloyatda ijrosini ta’minlanishi hisobiga 2016 yil yanvar-dekabr yakuni bilan iqtisodiyotning barcha sohalarida barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlandi.
Xususan, iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish va ko‘lamlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yo‘l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zarur ishbilarmonlik muhitini yaratish, aholining hayot darajasi va sifati izchil oshirilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot hajmining (YaHM) o‘sish sur’ati
9,3 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 14,8 foizga, qishloq xo‘jaligi
6,9 foizga, kapital qo‘yilmalar 2,5 foizga, qurilish ishlari 10,4 foiz, chakana savdo aylanmasi 14,1 foiz va xizmatlar hajmi 16,0 foizga o‘sishi ta’minlandi.
II. Moliyaviy holat.
Inflyatsiya sur’atlari. Viloyatda inflatsiyani qisqartirish hamda narx-navoni barqarorlashtirish bo‘yicha 2016 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqilib, ijrosi tizimli monitoring qilib borilmoqda.
Viloyat aholisi uchun markazlashgan tartibda ajratilayotgan un va o‘simlik yog‘ini birja savdolariga o‘z vaqtida qo‘yish va sotib olingan mahsulotlarni savdo korxonalari tomonidan ayniqsa, qishloq va tog‘li hududlarda yashovchi aholiga muntazam yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.
Bundan tashqari tadbirkorlar tomonidan chetdan xarid qilayotgan nooziq va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ist’emol bozorini to‘ldirib kelinmoqda.
Viloyat aholisini arzon, sifatli meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida 721,7 ming tonna sabzavot (o‘sish sur’ati 110,3%), 125,0 ming tonna go‘sht (108,9%), 637,4 ming tonna sut (109,7%) va 423,3 mln.dona tuxum (118,2%) ishlab chiqarilib, iste’molga yo‘naltirildi.
Bankdan tashqari, pul aylanmasini qisqartirish maqsadida tijorat banklari tomonidan bugungi kunda 11 ta bankomat, 241 ta infokioska,
12057 ta terminallar o‘rnatilib, 1215,9 mingta plastik kartochkalar tarqatilgan bo‘lib, shundan 812,9 ming tasi ON-LAYN rejimida ishlovchi kartochkalar.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar hisobiga viloyatda inflatsiya darajasi prognoz darajasidan oshmadi.
Byudjet-soliq siyosati. Hisobot davrida mahalliy byudjet daromadlari
1587,9 mlrd.so‘mni, byudjet xarajatlari 1640,3 mlrd.so‘mni tashkil etdi.
II. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi.
1. Davlat Investitsiya dasturi.
Viloyatda 2016 yil davomida 2215,0 mlrd.so‘mlik kapital qo‘yilmalar shundan, 246,7 mlrd.so‘m byudjet mablag‘lari, 2,4 mlrd.so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari, 330,6 mlrd.so‘m byudjetdan tashqari fond mablag‘lari, 310,0 mlrd.so‘m hukumat kafolatidagi xorijiy investitsiya va kreditlari, 101,4 mlrd.so‘m O‘zbekiston Respublikasi RRQJ mablag‘lari, 576,9 mlrd.so‘m korxona va tashkilot mablag‘lari, 142,3 mlrd.so‘m bank krediti mablag‘lari, 481,2 mlrd.so‘m aholi va xususiy shaxslar mablag‘lari hamda 117,0 mlrd.so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi belgilangan.
2016 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan barcha manbalar hisobidan
2362,6 mlrd.so‘m miqdorida investitsiya o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 punktga ko‘p jalb etilishi ta’minlandi.
Markazlashgan mablag‘lar hisobidan 6 ta (1 ta rekonstruksiya va 5 ta kapital ta’mirlash) kasb-hunar kollejlari, 1 ta (1 ta rekonstruksiya) akademik litsey, 21 ta (18 ta rekonstruksiya va 3 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari hamda 11 ta sog‘liqni saqlash ob’yektlari hamda yangi qurilish va rekonstruksiya qilish hisobiga foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
2016 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan markazlashgan mablag‘lar hisobidan sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha rekonstruksiya hisobiga 11 ta
(34,8 mlrd.so‘m) sog‘liqni saqlash muassasalari, rekonstruksiya hisobiga 1 ta, kapital ta’mirlash hisobiga 5 ta jami 6 ta (6,2 mlrd.so‘m) kasb-hunar kollejlari, rekonstruksiya hisobiga 1 ta (1,0 mlrd.so‘m) akademik litsey, rekonstruksiya hisobiga 18 ta va kapital ta’mirlash hisobiga 3 ta jami 21 ta (19,9 mlrd.so‘m) umumta’lim maktablarida 61,9 mlrd so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.
Mazkur ishlar natijasida, rekonstruksiya hisobiga Namangan shahridagi 1050 o‘quvchi o‘rinli 44-maktab, 1128 o‘quvchi o‘rinli 50-maktab, 1226 o‘quvchi o‘rinli 55-maktab), Kosonsoy tumanidagi 260 o‘quvchi o‘rinli 12 maktab, Norin tumanidagi 480 o‘quvchi o‘rinli 2-maktab, Pop tumanidagi 240 o‘quvchi o‘rinli
3-maktab filiali va 240 o‘quvchi o‘rinli 19-maktab filiali, Uychi tumanidagi 180 o‘quvchi o‘rinli 7-maktab, Chortoq tumanidagi 96 o‘quvchi o‘rinli 39-maktab filiali, Chust tumanidagi 220 o‘quvchi o‘rinli 34-maktab va 96 o‘quvchi o‘rinli
44-maktab, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 176 o‘quvchi o‘rinli 62-maktab hamda Yangiqo‘rg‘on tumanidagi iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji 60 o‘quvchi o‘rinli ustaxona foydalanishga topshirilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, viloyatda «Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi» hisobidan jami 17 ta jumladan, 13 ta maktablar uchun sport zal,
2 ta Bolalar va o‘smirlar sport maktabi va 2 ta bolalar musiqa va san’at maktabi ob’yektlarida qurilish ishlari olib borildi. Mazkur ob’yektlarda 21 mlrd
578,8 mln.so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilib, qurilish-montaj ishlari to‘liq bajarildi.
Shu bilan birga, viloyatda qishloq xo‘jaligi maydonlarida sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi hisobidan yangi qurilish va rekonstruksiya hisobidan 7 ta tik drenaj meliorativ quduqlarni shu bilan birga 6 km ob’yektlarda kollektor va drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va bu maqsadlarga 1361,2 mln.so‘m miqdorida mablag‘lar sarflanishi ishlari rejalashtirilgan. 2016 yil yakuni bilan ob’yektlarda 1361,2 mln.so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Shu bilan birga, muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik loyihalardan uzunligi 122,7 km bo‘lgan Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi ob’yektida juda katta hajmdagi qurilish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, loyiha bo‘yicha 632,3 mlrd.so‘m miqdorida investitsiya o‘zlashtirilib,
596,7 mlrd.so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Ob’yektda o‘zlashtirilgan mablag‘lardan 16,8 mlrd.so‘m byudjet, 145,4 mlrd.so‘m “O‘zbekiston Temir yo‘llari” DAK o‘z mablag‘lari, Davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar
414,0 mlrd.so‘m (142,1 mln. AQSh dollari) hamda 56,1 mlrd.so‘m O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga to‘g‘ri keldi.
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 450 MVt quvvatidagi 2 ta blok jami 900 MVt quvvatidagi yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishida 13,7 mlrd.so‘m, shundan “O‘zbekenergo” DAK o‘z mablag‘lari hisobidan 6,6 mlrd.so‘m miqdorida investitsiya hamda hukumat kafolati ostida 7,1 mlrd.so‘m (2,2 mln. AQSh dollari) chet el krediti o‘zlashtirilishi ta’minlandi. Bugungi kunda bosh pudratchi “Sirdaryo IES qurilish” unitar korxonasi tomonidan 1 va 2 kirish avtomobil yo‘llari, 2 ta mashinaga mo‘ljallangan yong‘in xavfsizligi bo‘limi, 2 ta ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilishi, 150 o‘rinli oshxona qurilishida ish olib borilmoqda. Direksiya uchun ma’muriy binosi, tashqi aloqa tarmog‘ini tortish ishlari va xo‘jalik ehtiyoji uchun suv tarmog‘i qurilishi ishlari yakunlandi.
To‘raqo‘rg‘on IESni 2-navbati bo‘yicha 500/220/10 kVli Nimstansiyani loyiha-qidiruv ishlariga 1380,8 mln.so‘m va qurilish maydonida bosh pudratchi “Yangi-Angrenissiklikenergomontaj” unitar korxonasi tomonidan 1727,3 mln. so‘mlik jami 3108,1 mln.so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirildi.
Shuningdek, barcha manbalar hisobidan 1146,7 ming kv.m. turar-joy,
253,8 km ichimlik suvi va 37,0 km tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi.
2. Hududiy investitsiya dasturi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi
PQ-2458-sonli qarori asosida viloyat hokimining 2016 yil 5 martdagi “Namangan viloyatining 2016 yil Hududiy investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi 96-sonli qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorga asosan markazlashgan investitsiyalar hisobidan
11,1 mlrd.so‘m, nomarkazlashgan investitsiyalar hisobidan 564,2 mlrd.so‘m jami 575,3 mlrd.so‘m miqdorida kapital mablag‘lar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, 2,2 mlrd.so‘m mahalliy byudjet, korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 240,9 mlrd.so‘m, bank krediti mablag‘lari hisobidan
250,3 mlrd.so‘m, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan
49,9 mlrd.so‘m hajmida investitsiya jalb etilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur qarorga asosan, sanoatni rivojlantirish bo‘yicha
77 ta, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish sohasida 451 ta, xizmat va servisni rivojlantirish sohasida 621 ta, ijtimoiy soha hamda boshqa soha ob’yektlarini rivojlantirish borasida 30 ta, jami 1179 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu ishlar natijasida 8578 nafar ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
2016 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 273,9 mlrd.so‘m, bank krediti mablag‘lari hisobidan 250,9 mlrd.so‘m, to‘g‘ridan-to‘g‘ri horijiy investitsiyalar hisobidan 59,6 mlrd.so‘m hamda boshqa manbalar hisobidan 25,0 mlrd.so‘m jami 615,1 mlrd.so‘m miqdorida kapital mablag‘lar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,9 foizga o‘sishi ta’minlandi.
O‘zlashtirilgan kapital mablag‘lar hisobiga 377 ta sanoat, 718 ta xizmat ko‘rsatish va servis hamda 460 ta qishloq xo‘jaligi, jami 1555 ta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.
Aholiga zamonaviy va sifatli xizmat ko‘rsatish sohasida ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Joriy yil yakuni bilan 718 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari foydalanishga topshirildi. Bu ishlarga
95,5 mlrd.so‘mdan (81,0 mlrd.so‘m o‘z mablag‘i, 14,4 mlrd.so‘m bank krediti mablag‘lari) ortiq kapital mablag‘lar sarflandi. Natijada 3853 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Hisobot davri yakuni bilan 377 ta ishlab chiqarish ob’yektlari foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 309,4 mlrd.so‘m
(115,7 mlrd.so‘m o‘z mablag‘i, 189,1 mlrd.so‘m bank krediti mablag‘lari) miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilib, 9160 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi sohasida hisobot yakuni bilan 460 ta loyihalar to‘la amalga oshirilib foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 118,6 mlrd.so‘m (77,2 mlrd.so‘m o‘z mablag‘lari, 41,4 mlrd.so‘m bank krediti) miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2943 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
3. “Namangan viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ning ijrosi to‘g‘risida.
“Namangan viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga asosan 2016 yil davomida 535,9 mlrd.so‘m va
1,5 mln dollar miqdorida mablag‘larni o‘zlashtirish hisobiga 1555 ta loyihalarni (sanoat sohasida 377 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 718 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 460 ta) ishga tushirib, 15390 ta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.
Joriy yilning 1 yanvar holatiga 1555 ta loyihalar amalga oshirildi. Ushbu maqsadlar uchun 518,8 mlrd so‘m (shundan, 244,9 mlrd so‘m bank kreditlari) va 2,2 mln dollar sarflandi. Natijada 15956 ta (103,7%) yangi ish o‘rinlari barpo etildi.
I-yo‘nalish: Sanoat sohasida 2016 yilda 377 ta loyihalarni amalga oshirish va bu maqsadlar uchun jami 318,7 mlrd.so‘m va 1,5 mln dollar investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirish hamda 8755 ta yangi ish o‘rinlari barpo etish belgilangan.
O‘tgan davda jami 304,8 mlrd so‘mlik investitsiyalar (shundan, 189,1 mlrd so‘m bank krediti) yo‘naltirilib, 377 ta korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi va 9160 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Shundan, 106 ta yengil sanoat, 98 ta qurilish materiallari sanoati va 91 ta oziq-ovqat sanoati korxonalarini tashkil etish va modernizatsiya qilishga alohida e’tibor berildi. Ushbu yo‘nalishlarni rivojlantirish natijasida
7279 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.
Yangi tashkil etilgan korxonalarimizdan 250 tasi 2016 yilning o‘zida 314,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqib, 13,0 mln dollarlik mahsulotlar eksportga yo‘naltirildi.
II-yo‘nalish: Xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 2016 yil davomida 59,0 mlrd.so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirib, 718 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish hisobiga 3747 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan.
O‘tgan davr mobaynida 95,5 mlrd so‘m mablag‘lar sarflanib, 718 ta (shundan, qishloq joylarda 621 ta) savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tashkil etildi va 3853 ta (qishloq joylarda 3279 ta ish o‘rni) yangi ish o‘rinlar yaratildi.
Tashkil etilgan shoxobchalardan, 347 tasi savdo va umumiy ovqatlanish, 190 tasi maishiy xizmatlar, 41 tasi sog‘liqni saqlash, 22 tasi qishloq xo‘jaligi texnikasini ta’mirlash va texnik xizmatni ko‘rsatish, 15 tasi transport, 10 tasi aloqa va axborotlashtirish, 6 tasi qurilish, 4 tasi turizm, 4 tasi moliya va
79 tasi boshqa turdagi xizmatlarga to‘g‘ri keldi.
Jumladan, viloyatda transport, aloqa va axborotlashtirish, turizm, savdo va umumiy ovqatlanish, moliya va bank xizmatlari sohalari yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Jumladan, viloyatda 15 dan ziyod zamonaviy mehmonxona tashkil etildi. Pop tumanidagi “Chodak Palas” mehmonxonasining ish boshlashi bilan 15 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Yoki Namangan shahrida aholiga davolash-diagnostika xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan “Jahon savdo duri” korxonasining tashkil etilishi 10 kishini ish bilan ta’minlash imkonini berdi.
III-yo‘nalish: Qishloq ho‘jaligi sohasida 2016 yil yanvar-dekabr oylarida 460 ta loyihalar amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun
115,0 mlrd.so‘m (shundan 40,2 mlrd so‘mi bank krediti) mablag‘lar sarflanib,
2888 ta yangi ish o‘rinlari barpo etish belgilangan.
Joriy yilning 1 yanvar holatiga 118,6 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirish hisobiga 460 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi va qariyib 3,0 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
Jumladan, 136 ta qoramolchilik, 8 ta echkichilik, 55 ta asalarichilik, 52 ta baliqchilik, 37 ta parrandachilik, 78 ta bog‘dorchilik, 46 ta uzumchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar, 34 ta issiqxonalar, 8 ta muzlatkichli omborlar tashkil etildi.
II. Sanoat.
Viloyatda 2016 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan 3384 dan ziyod faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan hisobot davrida
3411,2 mlrd.so‘mlik (114,8%) sanoat mahsulotlari, 2193,4 mlrd.so‘m (113,9%) xalq iste’moli mollari ishlab chiqarilib, prognoz (112,7% va 112,0%) parametrlari to‘liq ta’minlandi.
Viloyatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida eng avvalo yuqori salmoqqa ega yengil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik va qolgan sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish dasturlari bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, hisobot davrida yengil sanoat tarmog‘ida o‘sish sur’ati
14,5 foiz, oziq-ovqat sanoatida 11,2 foizni tashkil etgan holda umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi yengil sanoat (35,7%) va oziq-ovqat sanoati (28,4%) tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shu davrda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 1298,1 ming so‘m va aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 834,6 ming so‘mni tashkil etib, 2015 yilga nisbatan mos holatda
93,9 ming so‘m va 87,6 ming so‘mga ko‘p yoki 107,8 foiz va 111,7 foizga o‘sishiga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 noyabrdagi
“2016-2019 yillarda Namangan viloyati sanoati saloxiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2439-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 noyabrdagi
“2016-2019 yillarda Namangan viloyati sanoati saloxiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2439-sonli qarori doirasida umumiy qiymati
5,1 mlrd.dollarlik 342 ta loyihalarni amalga oshirish va 18 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratish belgilangan.
Qarorning 1-ilovasiga asosan vazirlik va idoralar tomonidan umumiy qiymati 2,9 mlrd.dollar bo‘lgan 26 ta yangi yirik loyihalarni, 2-ilovasiga asosan vazirlik va idoralar tomonidan umumiy qiymati 181,3 mln.dollar bo‘lgan 25 ta loyihalarda modernizatsiya ishlarini hamda 3-ilovasiga asosan hududiy hokimliklar tomonidan umumiy qiymati 280,9 mln.dollar bo‘lgan
270 ta loyihalarni amalga oshirilishi belgilangan.
Shu bilan bir qatorda dastur doirasida joriy yilda jami 117 ta loyihani ishga tushirish natijasida 64,5 mln.dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirish va 2416 ta yangi ish o‘rinlari yaratish nazarda tutilgan.
Dastur ijrosini ta’minlash yuzasidan joriy yil yakuni bilan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan;
Qarorning 1-ilovasiga asosan Uchqo‘rg‘on tumanidagi "Uchkurgan tekstil" QK MChJ va "Uzteks Uchkurgan" QK MChJlar hamda Namangan shahridagi “Art sof teks” qo‘shma korxonasi tomonidan jadal sur’atlarda qurilish ishlari olib borilmoqda. "Uchkurgan tekstil" QK MChJ tomonidan kalava ip ishlab chiqarish loyihasini “Navro‘z” bayramiga topshirish ko‘zda tutilgan.
Qarorning 2-ilovasiga asosan yil yakuni bilan 10,7 mln.dollarlik 3 ta loyiha foydalanishga topshirildi ("Namangan farm plant" MChJ, "Verigrov Ipagi"QK, "Namangan sharbati" QK MChJ). Misol uchun, "Verigrov Ipagi" QKda Singapurlik hamkorlar tomonidan Xitoy davlatidan 1,7 mln.dollar miqdoridagi texnologiyalar olib kelinib o‘rnatildi va foydalanishga topshirildi.
Qarorning 3-ilovasiga asosan 2016 yil yakuni bilan jami 112 ta loyihani ishga tushirish natijasida 42,2 mln.dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2273 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Tijorat banklari tomonidan Dasturdagi loyihalardan 93 tasiga
23,9 mln.dollar miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.
Mahalliylashtirish dasturi ijrosi haqida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2298-sonli qaroriga asosan
2016 yilda jami 8 ta hududiy tasarrufdagi korxonalarning 10 ta loyihasi bo‘yicha 15,6 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi belgilab olingan.
Dastur doirasida yanvar-dekabr oylari yakuni bilan 15,6 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar natijasida 25,4 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi hamda
25,5 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ichki bozorlarga sotildi. Shu bilan birga, iqtisod qilingan valyuta miqdori 4312,3 ming dollarni tashkil etdi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmlari korxonalar kesimida ko‘rilganda: Namangan shahridagi “Mexmash” AJda 1610 tonna shurup, “Namangan rezina plast” ShKda 32,7 ming kv.m konveyer lentalari, “Namterm” ShKda
35 ta Shkaf “ShRU-M”, va “Nam lider lityo servis” MChJda 13916 dona non qoliplari hamda Uychi tumanidagi “Extra Primer Bat” MChJda 1330 dona avtomobillar uchun akkumulyatorlar kabi mahsulotlar ishlab chiqarilib, dastur asosida yanvar-sentabr oylari yakuni bilan belgilangan prognoz topshiriqlari 162,6 foizga bajarildi.
Dasturga 2017-2019 yillarda mahalliy xom ashyo negizida mahsulot ishlab chiqarishni yanada kengaytirish maqsadida hududlar potensialini o‘rgangan xolda 32 ta korxonaning 93 ta loyihasini dasturiga kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Hozirda mazkur loyihalardan 2 tasi Vazirlar mahkamasining
VM 231-sonli (08.07.2016) hamda VM 334-sonli (30.09.2016) qarori bilan dasturga kiritildi.
Shuningdek, O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2016 yil
26 dekabrdagi PQ 2698-sonli qaroriga asosan 2017-2019 yillarda amalga oshirish uchun mahalliylashtirish dasturiga 23 ta yangi loyihalar kiritildi.
III. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 maydagi
“2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida hizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1754-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2012 yil 15 mayda 184-sonli qarori qabul qilingan.
Qarorda belgilangan parametrlarga muvofiq 2016 yil uchun xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturlari shahar va tumanlar kesimida ishlab chiqilib, nazorat o‘rnatildi.
Jumladan, tasdiqlangan tarmoq grafiklarga asosan 2016 yil yanvar-dekabr oylari davomida umumiy qiymati 102,2 mlrd.so‘mlik 718 ta xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini tashkil etish belgilangan.
Hisobot davrida 718 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tashkil etilib, 100,0 foizga bajarildi.
Shu jumladan, 95,5 mlrd so‘m mablag‘ sarflash hisobiga 718 ta, shundan, 347 savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, 190 ta maishiy xizmatlari,
4 ta moliya xizmatlari, 41 ta sog‘liqni saqlash xizmatlari, 4 ta turizm xizmatlari, 10 ta aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, 15 ta transport xizmatlari, 6 ta qurilish xizmatlari, 1 ta texnologik jixozlarni ta’mirlash va texnik xizmatni ko‘rsatish xizmatlari, 22 ta Qishloq xo‘jaligi texnikasini ta’mirlash va texnik xizmatni ko‘rsatish xizmatlari va boshqa 78 ta turdagi xizmatlar ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etilib, 3853 ta ish o‘rinlari yaratildi.
Namangan shahridagi "Globus qurilish montaj" MChJ tomonidan
2500,0 mln.so‘m mablag‘ hisobiga savdo va umumiy ovqatlanish shaxobchasi tashkil etish hisobiga 18 ta ish o‘rin hamda "Do‘stlik" MChJ tomonidan sport sog‘lomlashtirish maskani tashkil etish hisobiga 10 ta ish o‘rinlari yaratildi. Shu bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 maydagi “Qishloq jaylaridagi aholiga servis xizmati ko‘rsatishni yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” 139-sonli qarori ijrosi bo‘yicha joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 13 ta ob’yektlarda 3476,0 mln.so‘mlik (120,0%) qurilish montaj ishlari bajarilib, Mingbuloq, Kosonsoy, Namangan, Norin, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridagi 13 ta ob’yektlar foydalanishga topshirildi.
Servis sohasida yanvar-dekabr oylarida jami 3853 ta (reja 102,8 %) yangi ish o‘rinlari yaratilib, shundan 3279 ta (102,0 %) ish o‘rinlari qishloq joylarida tashkil etildi.
Amalga oshirilayotgan tadbirlar hisobiga 2016 yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatda jami xizmatlar xajmi 3912,0 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 116,0 foiz o‘sishiga erishildi (prognoz 114,7%).
Dasturda belgilangan prognoz parametrlarini ijrosini ta’minlanishi hisobiga sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 35,6 foizga to‘g‘ri keldi.
Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 309,7 mlrd.so‘m
(108,2 foiz), moliya xizmati 307,4 mlrd.so‘m (123,6 foiz), transport xizmati
766,5 mlrd.so‘m (118,8 foiz), yashash va ovqatlanish 77,9 mlrd.so‘m (115,3 foiz), savdo 1385,0 mlrd.so‘m (117,6 foiz), ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar 139,3 mlrd.so‘m (118,8 foiz), ta’lim xizmati 151,2 mlrd.so‘m (102,5 foiz), sog‘liqni saqlash xizmati 74,9 mlrd.so‘m (107,9 foiz), ijara va prokat xizmati 93,8 mlrd.so‘m (115,8 foiz), kompyuterlarni va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmati 154,5 mlrd.so‘m (115,6 foiz), shaxsiy xizmatlar 319,3 mlrd.so‘m
(114,6 foiz), me’morchilik, muxandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 28,0 mlrd.so‘m (113,9 foiz) va boshqa turdagi xizmatlar 104,3 mlrd.so‘m (106,7 foiz)ni tashkil etdi.
Qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish va servis sohasida
978,4 mlrd.so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 113,1 foiz o‘sishiga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |