Namangan viloyatida 2016 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan iqtisodiy islohotlarni borishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma



Download 145 Kb.
bet2/3
Sana27.06.2017
Hajmi145 Kb.
#16841
1   2   3

Chakana savdo. Hisobot davrda chakana savdo aylanmasi viloyat bo‘yicha 5173,5 mlrd.so‘m va xizmatlar hajmi 3912,0 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,1 foiz va 116,0 foizni tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha ko‘rilganda, chakana savdo aylanmasi Namangan (118,1%), Norin (115,0%) va Uychi (114,8%) tumanlarida o‘sish sur’atlari yuqori bo‘ldi.

Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi 1968,7 ming so‘m, pullik xizmat 755,3 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 24,3 va 17,7 foizga ko‘paydi.

IV. Qishloq xo‘jaligida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish.

Viloyat aholisini arzon, sifatli meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan viloyat hokimining 2016 yil 9 yanvardagi 7-sonli qarori qabul qilinib, nazorat o‘rnatilgan.

Mazkur qaror asosida “Namangan viloyati tumanlarida 2016 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz, uzum, go‘sht, sut va tuxum mahsulotlarini choraklar bo‘yicha ishlab chiqarish va foydalanish bashorat ko‘rsatkichlari” ishlab chiqilib, ijrosi monitoring qilib borilmoqda.

Xususan, 2016 yilda barcha xo‘jaliklarda 249,4 ming tonna kartoshka,


675,2 ming tonna sabzavot, 77,0 ming tonna poliz, 246,1 ming tonna meva,
118,2 ming tonna uzum, chorvachilik mahsulotlaridan 124,2 ming tonna go‘sht,
636,2 ming tonna sut, 420,9 mln. dona tuxum yetishtirilib, bu turdagi mahsulotlarni 2015 yilga nisbatan 7,0 foizdan 20,0 foizgacha ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.

2016 yil yakuni bilan 721,7 ming tonna sabzavot (o‘sish sur’ati 110,3%), 263,2 ming tonna kartoshka (109,2%), 247,2 ming tonna meva (110,3%), 77,1 ming tonna poliz (109,1%), 126,9 ming tonna uzum (110,2%), chorvachilik mahsulotlaridan 125,0 ming tonna go‘sht (108,9%), 637,4 ming tonna sut (109,7%) va 423,3 mln.dona tuxum (118,2%) ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz parametrlari bajarildi.

Shu davrda, qoramol bosh sonlari 680,1 ming boshni (106,3%) shu jumladan, sigirlar 212,7 ming boshni (101,4%), qo‘y-echkilar 702,4 ming boshni (100,9%), parrandalar 3839,8 ming boshni (112,4%) va otlar 6,7 ming boshni (100,9%) tashkil etdi.

Buning hisobiga viloyatda 3508,2 mlrd.so‘mlik yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti yaratilib, o‘sish sur’ati 106,9 foizga ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 martdagi
“2016-2020 yillarda xom ashyo bazasini rivojlantirish, meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni va eksportini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-2505-sonli qarori
ijrosini viloyatda ijrosini ta’minlash maqsadida
2016 yilda sig‘imi 2025 tonna bo‘lgan 6 ta yangi muzlatkichli omborlarni qurish va 1500 tonna quvvatga ega 1 ta mavjud omborxonani modernizatsiya qilish belgilangan.

Dasturga kiritilgan loyihalarni o‘z muddatlarida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha tumanlar hokimliklari va loyiha tashabbuskorlari tomonidan tarmoq jadvallari (setevoy grafik) ishlab chiqilib, tizimli monitoring olib borildi.

2016 yilning yanvar-dekabr oylari davomida jami 2525 tonna quvvatga ega 6 ta yangi muzalatkichli omborlar qurilib, 1500 tonna quvvatga ega 1 ta kameralar modernizatsiya qilindi yoki reja 500 tonna quvvat bilan ortig‘i bilan bajarildi. Natijada 44 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Jumladan,

1. To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Namanganulgurjisavdoinvest” MChJ tomonidan sig‘imi 1000 tonna bo‘lgan muzlatkichli kamera qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadlarga 500 mln so‘m tashabbuskorning o‘z mablag‘lari sarflandi.

2. Chortoq tumani, Muchum QFY hududidagi “Yorqin Agrofirmasi” MChJ tomonidan 50 tonnalik muzlatkichli kamera qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadlarga 200 mln so‘m tashabbuskorning o‘z mablag‘lari sarflandi.

3. Uchqo‘rg‘on tumani, Qo‘g‘ay O‘lmas QFY, Shaxrixonchek MFYda joylashgan “Saidikrom ota” FX tomonidan 25 tonnalik sovutkichli kamera qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadlarga o‘z mablag‘i hisobidan 10 mln so‘m bank krediti xisobidan 65 mln so‘m mablag‘ sariflandi.

4. Pop tumani, G‘urumsaroy ShFYda joylashgan “YaTT Ergashev Olimjon” tomonidan 600 tonnalik sovutkichli kamera qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadlarga o‘z mablag‘i hisobidan 500 mln so‘m mablag‘ sariflandi.

5. Chortoq tumani, Chortoq shaxarchasidagi “Biznes konrol Aziya” MChJ tomonidan 1500 tonnalik muzlatkichli kamera qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadlarga 600 mln so‘m tashabbuskorning o‘z mablag‘lari sarflandi.

6. Chortoq tumani, X.Olimjon agrofirma hududidagi “Ne’matjon Ikromjon dilfuza” FX tomonidan sig‘imi 100 tonnalik muzlatkichli ombor qurish belgilangan bo‘lib, hozirda loyiha tashabbuskori tomonidan omborxona bino-inshootlarini tamirlash ishlariga 50 mln.so‘m mablag‘ sariflandi. TIF “Milliy bank” Chortoq tuman filialidan 300 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratilib, dastgohlar o‘rnatilgan.

7. Chust tumani, Chust ShFYdagi “Chust Shersuvor” MChJ tomonidan
700 tonna sig‘imga ega muzlatkichli kamera qurish uchun Sobiq Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saqlash va qayta ishlash korxonasiga qarashli bo‘lgan muzlatkichli omborxonani “nol” xarid qiymatida berilgan bo‘lib, jamiyat tomonidan shu kunga qadar mavjud bino-ishootlarni rekonstruksiya qilish ishlariga 400,0 mln. so‘m mablag‘ sarflangan. Ushbu ob’yekt ma’muriy bino, 1000 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash sig‘imiga ega omborxona va boshqa yordamchi binolardan iborat.

Uskuna va jixozlar sotib olish uchun Xitoy davlatidagi “Urumchi subash import end eksport trayd gov” LTD kompaniyasi bilan shartnomalar imzolangan. Xalq banki tuman bo‘limi tomonidan 1200 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratilib, dastgohlar va soqutish uskunalari o‘rnatilgan.

Namangan viloyatida “Hududlarni 2016-2018 yillarda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga
muvofiq qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 2016 yil davomida 460 ta loyihalarni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, 2888 ta yangi ish o‘rinlarini barpo etish belgilangan. Ushbu maqsadlarga barcha manbaalar hisobidan 115,0 mlr so‘m, shundan 40,2 mlrd.so‘mi tijorat bank kreditlari va 74,8 mlrd so‘mi tashabbuskorlar mablag‘larining investitsiyalari yo‘naltirilishi belgilangan.

2016 yil yakuni bilan umumiy qiymati 115,0 mlrd.so‘mlik 460 ta, shundan 150 ta chorvachilik, 37 ta parrandachilik, 52 ta baliqchilik, 55 ta asalarichilik,


78 ta bog‘dorchilik, 42 ta sabzavotchilik va 46 ta uzumchilik loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

2016 yilning 31 dekabr holatiga 118,6 mlrd.so‘m mablag‘lar sarflanishi hisobiga 460 ta loyihalar amalga oshirildi. Natijada 2943 ta yangi ish o‘rinlari barpo etildi. Ushbu loyihalarga tijorat banklari tomonidan 41,4 mlrd.so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajaratildi.

Jumladan, 5861 bosh qoramol, qo‘y, echki boqishga ixtisoslashgan 150 ta qoramolchilik, 1023,6 ming bosh parranda boqishga ixtisoslashgan 37 ta parrandachilik, 527 gektar maydonda 52 ta baliqchilik, 55 ta asalarichilik


(3950 ta oila) xo‘jaliklari tashkil etilib, 24,8 gektar maydonda 34 ta issiqxona, 78 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 733 gektar maydonda intensiv bog‘lar, 46 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 204,0 gektar maydonda yangi tokzorlar barpo etildi hamda sig‘imi 2500 tonna quvvatga ega 8 ta muzaltkichli omborlar qurildi.

IV. Uy-joy va kommunal xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 yanvardagi


“2016 yilda aholi yashash massivlarini qurish Dasturi va qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi industrial bazasini kengaytirish va mahalliylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi PQ-2483-sonli qaroriga asosan viloyatda 2016 yilda 27 ta massivlarda 911 ta namunaviy loyihadagi uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilda qurilgan 911 ta uy-joylar uchun pudratchilar tomonidan “Qishloq qurilish invest” MChJ IK Namangan filiali bilan 156 mlrd.so‘mga pudrat shartnomalari tuzilib, xozirgi kunda pudratchilar tomonidan qurilish-montaj ishlari to‘la bajarilib, ushbu ishlarga 148,0 mlrd.so‘m miqdorida mablag‘lar moliyalashtirilib berildi.

Bugungi kunda barcha uylarda asosiy qurilish ishlari yakunlanib, obodonlashtirish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Kosonsoy tumanida 64 ta, Mingbuloq tumanida 46 ta, Namangan tumanida 308 ta, Pop tumanida 84 ta, To‘raqo‘rg‘on tumanida 110 ta, Norin tumanida 34 ta, Uychi tumanida 67 ta, Uchqo‘rg‘on tumanida 50 ta, Chortoq tumanida 32 ta va Yangiqo‘rg‘on tumanida 42 ta jami 911 dona uy-joylar foydalanishga topshirildi. Shuningdek foydalanishga topshirilgan 911 ta uy-joylardan 877 tasiga (96%) uy egalari ko‘chib kirib yashamoqda.

Shuningdek, 2016 yilda 27 ta qishloq massivlariga 4,6 mlrd so‘m mablag‘ sarflanishi hisobiga tortilishi rejalashtirilgan 49,98 km ichimlik suvi tarmoqlari to‘liq tortildi. 25,0 km uzunlikdagi elektr va 27,77 km uzunlikdagi gaz tarmoqlari tortish ishlari to‘la yakunlandi.

26 ta massivlarda 10,0 mlrd.so‘m mablag‘ jalb etilishi hisobiga
21,787 km yo‘l qurilishi
ishlari bajarilishi lozim bo‘lib, xozirgi kunga qadar 21,787 km yullar shag‘allanib, ikkita massivdagi ichki avtomobil yullari asfalt kilindi.

Bundan tashqari 2016 yil dasturi bo‘yicha 9 ta tumanlarda 13 ta infratuzilma ob’yektlari qurilishi rejalashtirilgan bulib, bugungi kunga kadar ob’yektlarda 100 foiz kurilish-montaj ishlari bajarildi.



Jumladan, Kosonsoy tumani “Buloq” massivida 1 ta maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yekti, Namangan tumani “Orzu” massivida 2 ta savdo do‘koni va
1 ta bolalar sport maydonchasi, Norin tumani “Sirmoq” massivida 1 ta sport majmuasi, Pop tumani “Chodak” massivida 1 ta maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yekti, To‘raqo‘rg‘on tumani “Isvaxon” massivida 1 ta savdo do‘koni, 1 ta maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yekti, Uychi tumani “Gulbog‘” massivida 1 ta savdo do‘koni, Uchqo‘rg‘on tumani “Mustaqillik” massivida 1 ta savdo do‘koni, Chust tumani “Gulzor” massivida 1 ta savdo do‘koni va 1 ta maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yekti hamda Yangiqo‘rg‘on tumani “Qizilqiyoq” massivida 1 ta savdo do‘konlari qurildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 10 iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini
2016-2017 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2545-sonli qarorini ijrosi to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 10 iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini
2016-2017 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2545-sonli qarori ijrosini viloyatda bajarilishini ta’minlash maqsadida sohalar kesimida rejalar belgilanib bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.


Jumladan,

Ko‘mir rejasini bajarilishi bo‘yicha:

Namangan viloyatiga jami 192.4 ming tonna (shundan, briket 38.9 ming tonna) ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish belgilangan. Jumladan,

- Byudjet muassasalariga – 67.4 ming tonna (shundan, briket 21.4 ming tonna, ko‘mir 46.0 ming tonna);

- Axoliga - 125.0 ming tonna (shundan, 82.5 ming tonna Angren ko‘mir,
17.5 ming tonna briket, 25.0 ming tonna import ko‘mir)


2017 yil 10 yanvar holatiga viloyatga jami 153,1 ming tonna ko‘mir mahsuloti jamg‘arilib tarqatildi yoki 79.2 foizga bajarilmoqda. Jumladan,

- byudjet muassalariga jami 68,3 ming tonna (101.4%), shundan
21.3 ming tonna (96.4%) briket va 46.04 ming tonna (103.8%) ko‘mir mahsulotlari yetkazildi.


- Axoliga esa jami 84,7 ming tonna (67,8%) ko‘mir mahsulotlari belgilangan tartibda maxalla orqali tarqatilmoqda.

Tabiiy gaz bo‘yicha:

Viloyatda 407 ming iste’molchiga gaz ta’minoti yetkazib beriladi. Shundan 187 ming xonadon suyultirilgan gaz bilan va 220 ming xonadon tabiiy gaz bilan ta’minlangan.

  1. Suyuk gaz ta’minoti bo‘yicha:

2017 yil yanvar oyida 3117 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda «O‘ztransgaz» AK tomonidan 10 yanvar holatiga
815,2 ming tonna suyultirilgan gaz axoliga yetkazildi yoki ajratilgan fondga nisbatan 26,2 foizga bajarilmokda.


Elektr energiyasi bo‘yicha:

2016-2017 yilla kuz-qish mavsumida 1069.9  km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari, 408 ta dona transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlarini bajarish rejalashtirilib, joriy yilnin 9 dekabr xolatiga


1069.9 km (100%) eletr tarmoqlari va 409 dona TP larni (100%) ta’mirlash ishlari bajarildi.

Bundan tashqari, 5062.5 km elektr uzatish tarmoqlarini va 1562 dona transformator punktlarini joriy ta’mirlash rejalashtirilib, amalda elektr uzatish tarmoklari 6394.7 km (126.3%) va 1562 dona transformatorlarni (100%) joriy ta’mirlash ishlari yakunlangan.

Mavjud transformatorlarga 64 tonna moy jamg‘arildi.

Iste’molchilarga elektr energiyasi yetqazib berishda o‘ta yuklanish bilan ishlagan rejadagi 30 dona transformatorlarni katta quvvatlisiga almashtirish, tarmoq transformatorlarni katta quvvatlisiga almashtirish xisobiga aholi va tadbirkorlik sub’yektlari uchun 5400 kVA qo‘shimcha quvvat yaratilib elektr ta’minoti mustaxkamlanadi.



26 dona xar xil quvvatdagi tarmoq transformatorlari zahirasini yaratish belgilangan.

Shuningdek, elektr energiyasi tejash buyicha 100 ming dona tejamkor lampalarni urnatish buyicha bergan topshirigizga asosan xozirgi kunda


90 ming dona lampalar urnatildi va bu ishlar davom etmoqda.

Favqulotda yuzaga kelgan avariyalarni o‘z vaqtida bartaraf etish uchun jami 18 dona avariyalarni bartaraf etish brigadalari mavjud bulib,


18 ta avtomashinalar hamda aloqa vositalari bilan ta’minlandi.

Ichimlik suvi bo‘yicha:

2016-2017 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida joriy yilda ichimlik suv tarmoqlarining 5,2 km mukammal va 66 km joriy ta’mirlash ishlari 100 foizga bajarildi.



10 tn. koagulyant zaxirasi hamda 3,5 tn. suyuq xlor zaxiralari yaratish belgilangan.

Shu bilan birga shaxar va tuman filiallarida nosozliklarni baratarf etish bo‘yicha 17 ta avariya guruxlari mavjud



Ijtimoiy soxalarga pech yoqilg‘ini ta’minlanishi bo‘yicha:

1. Kasb xunar kollejlar boshqarmasining viloyatdagi barcha tizimlaridagi qozonlar uchun mavsum davomida 180 tonna pech yoqilg‘isini yetkazib berish rejalashtrilgan bo‘lib, xaqiqatda 144,0 tonna yoki 80 foiz ta’minlangan.

2. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi barcha muassasalardagi qozonlar uchun mavsum davomida 286.7 tonna pech yoqilg‘isi bilan ta’minlash belgilangan. Joriy yilning 6 yanvar xolatiga 50,0 tonna jamgarilib
17,5 foizga bajarilmokda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi
“2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imining qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida” PQ-2343-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi


PQ-2343-sonli qarori bilan tasdiqlangan Dasturga muvofiq (2015 yil 8 may kuni viloyat hokimining 175-sonli qarori va dasturi qabul qilingan), viloyatda
2015-2019 yillarda:

Markazlashgan va mahalliy qozonxonalar.

- 29 ta markaziy qozonlarni modernizatsiya va 5 ta markaziy qozonlari rekonstruksiya, shundan, 2016 yilda 1 ta markaziy qozonlarni modernizatsiya va


1 ta markaziy qozonlari rekonstruksiya qilinishi belgilangan.

Shuningdek, 2015-2019 yillarda 274 ta mahalliy qozonlarni modernizatsiya va 3 ta mahalliy qozonlari rekonstruksiya shundan, 2016 yilda 17 tasi modernizatsiya va 1 tasi rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan.

Issiqlik manbai balansidagi 2 ta (Do‘stlik-1, Do‘stlik-2) markaziy hamda tumanlardagi 14 ta mahalliy (lokal) qozonxonalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish maqsadida, Iqtisodiyot vazirligi qoshidagi “O‘ztyajneftgazximproyekt” loyiha instituti tomonidan qozonxonalarda bajariladigan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari loyiha smeta hujjatlari tayyorlanib, Arxitektura qurilish qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirlining ijobiy xulosalari olingan va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalari texnik iqtisodiy asoslarini, texnika va texnologiyalarini ekspertizadan o‘tkazib baholash” agentligiga iyul oyiga qadar topshirilgan. Agentlikdan tomonidan ekspertizadan o‘tkazilgan hujjatlar Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etilgan.

Ushbu ob’yektlarning loyiha smeta-hujjatlari (582,5 mln.so‘m), ekspertiza xizmati (40,5 mln.so‘m) va Agentlikka o‘rganish va xulosa berish (11,0 mln.so‘m) ishlariga jami 634 mln so‘m pul mablag‘lari o‘tkazilib berilgan.

Loyihaning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga asosan,
barcha ob’yektlar uchun 192,5 mlrd.so‘m yoki 73,0 mln dollarni tashkil etdi.
Agentligining xulosasi olingandan so‘ng, loyiha hujjatlari Vazirlar Mahkamasiga topshirilishi rejalashtirilgan.

(Viloyat hokimining 2012 yil 27 sentabrdagi 316-sonli qaroriga asosan ijtimoiy soha ob’yektlariga xizmat ko‘rsatuvchi “Issiqlik manbai” IChK tasarrufidagi yakka tartibdagi qozonxonalar ijtimoiy soha ob’yektlari balansiga topshirildi. Hozirgi kunga kelib “Issiqlik manbai” IChK balansida
7 dona markaziy va 61 ta mahalliy qozonxonalar mavjud.)


Ijtimoiy sohalardagi qozonxonalar.

Viloyatdagi 577 ta ijtimoiy muassasalarda 1266 ta isitish qozonlari (xalq ta’limi tizimidagi 409 ta muassasalarida 1 076 ta, sog‘liqni saqlash tizimidagi 157 ta muassasalarida 179 ta, o‘rta maxsus va kasb ta’limidagi


11 ta muassasalarida 11 ta)
, shundan 2016 yilda 127 ta muassasada 288 ta isitish qozonlari almashtirilishi (xalq ta’limi muassasalarida 249 ta, sog‘liqni saqlash muassasalarida 37 ta, o‘rta maxsus va kasb ta’limi muassasalarida 2 ta) belgilangan.

Hozirga qadar:

- xalq ta’limi muassalaridagi 246 ta (98%),

- sog‘liqni saqlash muassasalarida 37 ta (100%),

- o‘rta maxsus va kasb ta’limi muassasalarida 2 ta (100%) isitish qozonlari almashtirildi.

Ushbu ishlarga 3,9 mlrd.so‘m ajratilgan bo‘lib, grafik asosida 3,87 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirilgan.



(2015 yil davomida ijtimoiy soha muassasalariga 3,0 mlrd so‘m mablag‘lar sarflanib, 361 ta (100,0%) qozonlar o‘rnatilgan).

Nasos va elektrodvigatellar o‘tnatilishi.

Qishloq xo‘jaligidagi 110 ta nasos, 198 ta elektrodvigatellar, shundan,


2016 yilda 18 ta nasos, 38 ta elektrodvigatellar almashtirilishi belgilanib, Toshkent “Suvsanoatmash” AJ bilan 302,0 mln.so‘mga 18 dona nasos hamda “Tashelektrodvigatel” MChJ bilan 1948,2 mln.so‘mga 38 dona elektrodvigatellar uchun shartnoma tuzilgan. Hozirga qadar, 18 dona (100 %) nasos hamda 31 dona
(82%) elektrodvigatel olib kelinib o‘rnatilgan.

(2015 yilda Nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi balansidagi 15 dona turli quvvatdagi elektrodvigatellar almashtirish uchun
1,9 mlrd.so‘m mablag‘ sarflangan.)


V. Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi.

Tashqi savdo aylanmasi. Viloyatda 2016 yil yakuni bilan 507,6 mln. dollarlik (2015 yil yakuniga nisbatan 150,8%) tashqi savdo amallari bajarilib, shundan eksport 222,2 mln.dollarni (133,4%), import 285,4 mln.dollarni
(167,8 %) tashkil etdi.

Jumladan “Namangan momiq sochiqlar” MChJda 5171,4 ming dollar


"Aisha home textile" QK 3855,6 ming dollar (283,8%), "Tubo-textile" MChJda
2706,4 ming dollar (315,2%), "Azam teks savdo servis" MChJda 1971,4 ming dollar (282,2%), “Samo tekstil servis” MChJda 1561,2 ming dollar (152,5%), "Iftixor kiyim sanoat" MChJda 1409,2 ming dollar (164,9%), "Istiqlol dizayn markazi" MChJda 1105,6 ming dollar va “Nafis teks group” MChJ 495,7 ming dollar korxonalari tomonidan eksport prognozi ortig‘i bilan bajarilgan.

Viloyatda eksport faoliyatini yurituvchi korxonalarning safi barqaror o‘sib bormoqda. 2015 yil yakuni bilan eksport amallarini bajaruvchi korxonalar soni 108 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda ularning soni 32 taga ortib,


140 tani tashkil etgan.

Shuningdek, o‘tgan davrda 80 dan ortiq turdagi tovar va xizmatlar eksporti amalga oshirilib, 41 turdagi yangi mahsulotlar eksporti o‘zlashtirildi.



Yangi turdagi mahsulotlar: qandolatchilik mahsulotlari, tuxum, qog‘oz, dublyonka teri, qovul (kapers), propolis, galstuk, fitosanitar buyumlar, avtoransport vositalari uchun gaz ballonlari, lak-bo‘yoq mahsulotlari (emulsiya bo‘yoq), charm kamarlar, plastmassa buyumlari (ko‘za, kiyim ilgich, chiqindi qutisi, suyuqlik idishi, vanna, chelak), rezinotexnika buyumlari (avtomobil uchun rezina gilamcha), keramik buyumlar (shar va plita), kaolin qumi, gipsokarton list, quruq gips aralashmasi, erkaklar poyabzali, maxsus ish kiyimlari, shpatlevka, shtukaturka, qurilish yelimi, ishchi qo‘lqoplar, dastro‘mol, arqon, milliy ro‘mol (durra), tesma, tirik jonivorlar (maymun), paypoq, rezina poyabzal, meva-sabzavot ko‘chatlari va urug‘lari va boshqalar.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar faoliyati

Hukumat tomonidan xorijiy investorlarga yaratilgan keng ko‘lamli sharoilar natijasida 2017 yilning 1 yanvar holatiga viloyatdagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni 67 tani tashkil etdi. Qo‘shma korxonalarning 26 tasi yengil sanoat mahsulotlari, 9 tasi qurilish materiallari, 11 tasi oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari qayta ishlash,


5 tasi charm-poyabzal mahsulotlari, 5 tasi savdo va xizmat ko‘rsatish, 4 tasi mashinasozlik va 7 tasi boshqa turdagi sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hisobot davrida viloyatdagi qo‘shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar xajmi 554,6 mlrd.so‘mni (o‘sish 113,9 %) tashkil etib, mintaqada ishlab chiqarilgan jami maxsulotdagi ulushi 16,3 foizga yetdi (2015 yilda 15,7foiz).

Hisobot davri yakuni bilan qo‘shma korxonalarning eksport xajmi
45,9 mln.dollarni tashkil etib, 2015 yilning shu davriga nisbatan 144,5 foizga o‘sdi yoki viloyat jami eksportdagi ulushi 20,7 foizga yetdi.

Qo‘shma korxonalarning import hajmi 130,8 mln.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 marotabaga ortdi. Bunda, asosan Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Uzteks Uchqo‘rg‘on” QK va “Uchqo‘rg‘on tekstil” QKlar tomonidan


110,0 mln.dollardan ziyod mashina va jihozlar korxonaga import qilingan.

Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish