Namangan muxandislik texnologiya instituti


Kom’leks iqtisodiy tahlil metodikasi



Download 1,17 Mb.
bet10/153
Sana20.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#682340
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   153
Bog'liq
Иктисодий тахлил УМК

3. Kom’leks iqtisodiy tahlil metodikasi


Metodika - analitik tadqiqotni yanada maqsadga muvofiq bajarishning usullari va qoidalari majmuidir. Tahlilda umumiy va xususiy metodika farqlanadi.
Umumiy metodika iqtisodiyotning turli sohalaridagi iqtisodiy tahlilning turli obhektlarni o’rganishda foydalaniladi. Xususiy metodika muayyan iqtisodiyot sohalari, ishlab chiqarish turi, tadqiqot obhektlarida tahlil ko’rinishida umumiy qo’llanilishini aniqlashtiradi.
Tahlilning ixtiyoriy metodikasi analitik tadqiqot o’tkazish bo’yicha ko’rsatmalar yoki me­todologik tavsiyalarni o’zida aks ettiradi, aynan:
• analitik tadqiqot o’tkazish ketma-ketligi va davriyligi bo’yicha tavsiyalar;
• o’rganilayotgan obhektlarni tadqiq qilish usul va uslublarini tavsiflash;
• tahlilni tashkil qilish, uni metodik, texnik va informatsion tahminoti bo’yicha ko’rsatmalar;
• tahlil natijalarini rasmiylashtirish bo’yicha tavsiyalar.
IT metodikasining ikki elementiga yanada batafsil to’xtalamiz:

  1. tahlil texnologiyasi (analitik ishlarni bajarish ketma-ketligi);

  2. o’rganilayotgan obhektlarni tadqiq qilish usullari (tahlilning metodik instrumentariysi).

Kom’leks IT ni bajarishda bir nechta tex­nologik bosqich ajratiladi:

  1. tahlil obhektlari, maqsad va vazifa aniqlanadi, analitik ishlar rejasi tuziladi, chunki maqsad aniq keltirilmasa, tahlil jarayoni o’z mahnosini yo’qotadi;

  2. tahlil obhektini tavsiflashga ko’maklashuvchi ko’rsatkichlar tizimi ishlab chiqiladi;

  3. tahlil uchun zaruriy axborot to’’lanadi va tayyorlanilib (uning aniqligi, ishonchliligi tekshiriladi, mutanosib ko’rinishga olib kelinadi, tizimlashtiriladi. Iqtisodiy tahlil natijalari axborotlarning sifatiga bog’liq bo’ladi;

  4. xo’jalik yuritishning haqiqatdagi natijalarini hisobot davri reja ko’rsatkichi bilan, qabul qilingan mehyorlar va standartlar, o’tgan yillar haqiqatdagi mahlumotlari bilan, yetakchi korxonalar yutuqlari, o’rtacha soha bo’yicha va b. taqqoslash o’tkaziladi; korxona rivojlanishi tendentsiyalari va surhatlari, uning reytingi, moliya va tovar bozoridagi holati o’rnatiladi; yechimi bo’yicha muayyan chora-tadbirlar taqozo qiluvchi muammolar to’iladi;

  5. omillar va korxona faoliyati natijalariga o’tmishda hamda istiqbolda ularning tahsiri aniqlanadi, korxona maqsadlariga erishishda foydalanilmagan imkoniyatlar hisoblanadi va shuning asosida erishilgan natijalarni baholash amalga oshiriladi;

  6. yuzaga kelgan vaziyatda korxona rivojlanishining ehtimoliy snariysi ko’rib chiqiladi, fan va amaliyot sohasida yangiliklarni o’rganish negizida korxona mehnat unumdoligini oshirishning mavjud zaxiralari baholanadi;

  7. qo’yilgan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan strategik va taktik boshqaruv qarorlari qabul qilish bo’yicha tavsiyalar tayyorlanadi; qabul qilinayotgan qarorlarning ehtimoliy oqibatlari, ishlab chiqarish va moliyaviy risklar darajasi baholanadi; korxonaning o’erativ, joriy va istiqbolli rejalari aniqlanadi.

Analitik tadqiqotlarni bajarishning bunday ketma-ketligi IT nazariyasi va amaliyoti nuqtai nazaridan yanada maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Analitik tadqiqotning turli bosqichlarida qo’llaniladigan tahlilning texnik uslublari va usullari (tahlil instrumentariysi) IT metodikasining eng muhim elementi hisoblanadi (1-rasm).

1-rasm. Korxonaning IT usullari
Ularning orasida va boshqa fanlarda ham axborotlarni qayta ishlash va o’rganish uchun keng qo’llaniladigan (taqqoslash, grafik, balan­s, o’rtacha va nisbiy miqdorlar, analitik guruhlash, instrumentar moliyaviy hisoblashlar, intuitsiya asosida iqtisodiy vazifani evristik yechish metodlari, o’tmish tajribasi, mutaxassislarning eks’ert bahosi, anhanaviy mantiqiy usullarni ajratish mumkin. Hozirgi vaqtda, mutlaqo qandaydir fanga taalluqli uslub va usullarni asoslash juda qiyin, chunki tadqiqotning turli sferalarida ilmiy instrumentariylarning o’zaro kirishib ketishi kuzatiladi.
Omillarning xo’jalik yuritish natijalariga va rezervlar hisobiga tahsirini o’rganish uchun tahlilda determinatsiyalashgan va stoxastik omilli tahlil usullari, iqtisodiy masalani maqbul yechish metodlari qo’llaniladi.
U yoki bu usulning qo’llanilishi tahlilning maqsadi va chuqurligiga, tadqiqot obhekti, analitik hisoblashlarni bajarish texnik imkoniyatlari va boshqalarga bog’liq.
Iqtisodiy tahlil instrumentariysini takomillashtirish juda katta ahamiyatga ega va analitik ishlarning asosiy muvaffaqiyati hamda samaradorligi hisoblanadi. Inson o’rganilayotgan hodisalarning mohiyatiga qanchalik chuqur kirib borsa, unga tadqiqotning shunchalik aniq metodlari talab buladi. Bu barcha fanlar uchun tegishlidir. So’nggi yillarda fan barcha sohalarida tadqiqot metodikasi yanada mukammallashdi. Tadqiqotning matematik metodlaridan foydalanish iqtisodiy fanning muhim yutuqlaridan biri bo’lib, korxonaning faoliyati natijalarini belgilovchi omillarning yanada ko’lamdor kom’leksini tadqiq qilishga imkon beradi, hisoblashlar aniqligini oshiradi. Uning sharofati bilan ko’’ o’lchamli va maqbul vazifalarni hal qilish, ilmiy asoslangan boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun asos yaratuvchi imkon ‘aydo bo’ldi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish