2-rasm. Omilli tahlil turlari Determinatsiyalashgan omilli tahlil - natijaviy ko’rsatkichlar bilan aloqasi funktsional tavsif kasb etuvchi omillar tadqiq metodikasini o’zida aks ettiradi. Stoxastik tahlil esa natijaviy ko’rsatkich bilan aloqasi, funktsionaldan farqli ravishda, noto’liq, ehtimoliy (korrelyatsion) hisoblanuvchi omillar tahsirini o’rganadi. Agar argument o’zgarishiga funktsional (to’liq) bog’liqlikda doimo funktsiyalarning mutanosiblikda o’zgarishi sodir bo’lsa, u holda argument o’zgarishining stoxastik aloqasida ushbu ko’rsatkichni aniqlovchi boshqa omillar uyg’unligiga bog’liqlikda funktsiyalar o’sishining bir nechta qiymatini berishi mumkin. Masalan, mehnat unumdordorligi ayni bir xil darajali fond bilan qurollangan turli korxonalarda bir xil bo’lmasligi mumkin. Bu natijaviy ko’rsatkichga tahsir qiluvchi boshqa omillarning maqbul uyg’unligiga bog’liq.
Tadqiqot metodikasi bo’yicha to’g’ri va teskari omilli tahlil farqlanadi. To’g’ri omilli tahlil deduktiv usulda — umumiydan xususiyga tomon amalga oshiriladi. U o’rganilayotgan natijaviy ko’rsatkich kattaligini shakllantiruvchi omillarni kom’leks tadqiq qilish maqsadida olib boriladi. Teskari omilli tahlil sabab-oqibat aloqalarini mantiqiy induktsiya usuli bilan tadqiq qiladi — xususiy, alohida omillardan umumiyga, sababdan oqibatga. Ko’’lab natijaviy ko’rsatkichlarning o’rganilayotgan omil o’zgarishiga tasirchanlik darajasini baholashga imkon beradi.
Omillar detallashtirish darajasiga bog’liqlikda tahlil bir darajali va ko’’ darajali bo’lishi mumkin. Birinchi shakli omillarning faqat bir darajasini (bir ‘og’onani), ularning tarkibiy qismlar bo’yicha detallashtirmasdan tadqiq qilish uchun foydalaniladi. Masalan, Y = a*v Ko’’ darajali omilli tahlilda omillarning mohiyatini o’rganish maqsadida ularlarning a va v tarkibiy elementlariga nisbatan detallashtirishga olib boriladi. Omillarning detallashtirish kelgusida ham davom ettirilishi mumkin. Ushbu holatda tobelanishning turli darajalariga ega omillar tahsiri o’rganiladi.
O’rganilayotgan hodisalar holat belgisiga ko’ra statik va dinamik omilli tahlil farqlanadi. Statik tahlil muayyan sanaga natijaviy ko’rsatkichlarga omillarning tahsirini o’rganishda qo’llaniladi. Boshqa ko’rinish sabab-oqibat aloqalarini dinamikada tadqiq qilish metodikasini o’zida aks ettiradi.
Va nihoat, vaqt belgisi bo’yicha omilli tahlil retros’ektiv bo’lishi mumkin, u o’tgan davr va istiqbol uchun xo’jalik faoliyati natijalaridagi o’zgarishlar sababini o’rganib, istiqbolda natijaviy ko’rsatkichlar darajasiga omillar tahsirini tadqiq qiladi.
Omilli tahlilning asosiy bosqichlari:
o’rganilayotgan natijaviy ko’rsatkichlarning tahlili uchun omillarni saralash;
klassifikatsiya va tizimlashtirish omillarning maqsadida tahminlanganiya tizimli yondashuv ularni o’rganish;
omilli va natijaviy ko’rsatkichlar o’rtasida o’zaro aloqalarni modellashtirish;