Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi


O’zbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasining vazifalari



Download 2,77 Mb.
bet84/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

11.3. O’zbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasining vazifalari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi “O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2935-sonli qaroriga muvofiq mavjud “Milliy etalonlar markazi” davlat muassasasi, “Metrologiya xizmatlari ko’rsatish markazi” davlat korxonasi va “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasining metrologik bo’linmalari negizida “O’zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi (“O’zMMI” DK) tashkil etildi.
Yuqoridagi qarorga asosan “O’zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasining faoliyatining asosiy vazifalari va yo’nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • O’zbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini takomillashtirish va rivojlantirish bo’yicha choralarni amalga oshirish;

  • etalonlar, eng yuqori aniqlikdagi o’lchov vositalarini saqlab turishi, ularni xalqaro darajada solishtirishi, shuningdek, o’lchov birliklarini saqlashi va uzatishi;

  • o’lchovlarning yagona birlikda bo’lishini ta’minlash bo’yicha normativ xujjatlarni ishlab chiqishi, metrologik nazorat natijalarini o’zaro tan olish bo’yicha xalqaro shartnomalarni amalga oshirishi;

  • metrologik tekshiruvni va metrologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi.

“O’zbekiston milliy metrologiya instituti” DK​ ga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, biriktirilgan hududlarda va o’lchash turlari bo’yicha o’lchashlar birligi va ishonchliligini ta’minlash;

  • yuqori aniqlikdagi chiquvchi va namunaviy o’lchash vositalarini saqlash va tegishli darajada saqlab turish;

  • davlat metrologiya xizmatini rivojlantirish;

  • mavjud yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalari va usullarini takomillashtirish, yangilarini yaratish, o’lchash, nazorat va sinash vositalarini standartlashtirish;

  • o’lchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida davlat sinovlari bo’yicha ishlarni tashkil qilish;

  • o’lchash vositalarini metrologik attestatsiyalash, qiyoslash va kalibrlash ishlarini tashkil qilish;

  • yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini o’lchash vositalarini kalibrlash va ta’mirlash huquqiga akkreditlash.

Ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Metrologiya xizmatlari ko’rsatish markazining qiyoslash laboratoriyalari yuqori aniqlikdagi qiyoslash asbob-uskunalari hamda namunaviy o’lchash vositalariga ega.



Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish