O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
FALSAFA
Ma’ruzalar matni
O’quv dasturlari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarini qayta ko’rib chiqish va yangilarini yaratish bo’yicha
Respublika
muvofiqlashtirish komissiyasi tavsiya etgan
Toshkent – 2000
Mas’ul muharrir: f.f.d. Q. Nazarov
Taqrizchilar: f.f.d., prof. B. To’ychiev,
f.f.d., prof. B. Karimov, f.f.d. A. Mo’minov.
Mazkur kitobdan falsafa kursi bo’yicha yangi dastur asosida yozilgan ma’ruzalarning qisqa matnlari o’rin olgan. Ushbu to’plamda
falsafaning asosiy masalalari, baxs mavzulari, falsafiy maktablar, atoqli faylasuflarning ta’limotlari, hozirgi zamon falsafasining oqimlari
to’g’risidagi ma’lumotlar milliy g’oya va istiqlol mafkurasi talablari asosida bayon qilingan.
Ma’ruza matnlari O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining quyidagi a’zolari tomonidan tayyorlangan: Q. Nazarov (Kirish, I bo’lim
1,4; V bo’lim 5,8-mavzular), S. Mamashokirov (I bo’lim 2,3; III bo’lim 5-mavzu), Yo. Toirov (V bo’lim 1,2-mavzu), S. Yo’ldoshev
(II
bo’lim 1,2-mavzu), H.
Aliqulov (II
bo’lim 4,6-mavzu), R.
Nosirov (II
bo’lim 3-mavzu), M.
Usmonov (II
bo’lim 5-mavzu),
A. O’tamurodov va D. Po’latova (II bo’lim 7-mavzu), B. To’raev (III bo’lim 1,2,3-mavzu), J. Ramatov (III bo’lim 4-mavzu), A. Ochildiev
(IV bo’lim 1,2,3-mavzu), Q. Ro’zmatzoda (IV bo’lim 4; V bo’lim 6-mavzu), A. Begmatov (V bo’lim 3-mavzu), A. Ortiqov va S. Choriev
(V bo’lim 4-mavzu), I. Soifnazarov va T. Karimov (V bo’lim 7-mavzu). Kursiv bilan berilgan joylar mas’ul muharrir tomonidan yozilgan.
Ma’ruza matnlari falsafani o’rganishga kirishayotgan talabalar uchun mo’ljallangan.
Bosishga ruxsat etildi ________ Bichimi 60X84
1
/
16
. «TimesUZ» harfida
terilib, ofset usulida bosildi. Bosma tabog’i 19,5. Nashr hisob tabog’i 18,5. Adadi 5000. Buyurtma № ___ Bahosi shartnoma asosida.
Qo’lyozma maket oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
qoshidagi O’AJBNT markazida tayyorlandi
«DITAF» bosmaxonasida chop etildi. Toshkent, Olmazor ko’chasi, 171 uy.
KIRISh
Hurmatli talabalar!
Mana, siz falsafa fanini o’rganishga kirishdingiz. «Bu qanday fan?», «Uni nima uchun o’rganish lozim?» degan
savollar bilan kitobni ochdingiz. Haqiqatan ham, falsafa qanday fan? Keling, birgalikda bu savolga javob topishga harakat
qilaylik.
Inson bor ekan, olam va odam nima, ular qanday paydo bo’lgan, voqelik qanday qonuniyatlar asosida yashaydi,
o’zgaradi va taraqqiy etadi, umrning mazmuni nimadan iborat, avlodlar ortidan avlodlar kelib-ketaverishida qanday
ma’no bor kabi masalalar barchani o’ylantiradi. Ehtimol, o’zingiz ham shu singari bir-biridan murakkab savollarga
javob topa olmay qiynalgandirsiz?
Bu masalalar haqida kim bilandir fikr almashib, bahslashgingiz ham kelar? Falsafa ana shunday masalalar bilan
shug’ullanadi. U nihoyatda qadimiy fan. Olam va odamlar o’rtasidagi munosabatlar, inson qadri va umrning mazmuni,
dunyodagi o’zgarishlar, o’zaro aloqadorlik va bog’liqlik hamda taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari falsafaning asosiy
mavzulari hisoblanadi.
Biz yashayotgan dunyo so’nggi yillarda nihoyatda o’zgarib ketdi. Xususan, Vatanimiz tarixida XX asrning 90-
yillarida olamshumul voqealar yuz berdi: mamlakatimiz mustaqillikka erishib, o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanladi,
rivojlanishning o’zbek modelini amalga oshirishga kirishdi. Xalqimizning huquqiy demokratik jamiyat barpo etish
zarurati dunyoqarashni tubdan o’zgartirish, eski aqidalardan tamoman voz kechish, istiqlol mafkurasini shakllantirish,
xalq ma’naviyatini yuksaltirishni taqozo etmoqda. Bunda ijtimoiy fanlar rivoji ulkan ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz
Islom Karimov to’g’ri ta’kidlaganlari kabi: «Ko’p asrlik tariximiz shuni ko’rsatadiki, inson dunyoqarashi shakllanishida
Do'stlaringiz bilan baham: |