11.1. O’lchovlarga bo’lgan extiyojni paydo bo’lishi
Metrologiya o’lchash bilan bog’liq bo’lgan muammolarni o’z ichiga oladi. Metrologiya so’zi - grek tilidan olingan bulib, “metro” - o’lchov /mera/, “logos” - so’z, ilm, fan ya’ni ta’limot degan ma’noni anglatadi. Metrologiya - bu o’lchovlar uni ta’minlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo’llari xaqidagi fandir. O’lchov deganda keng tarqalgan o’lchov birligi tushuniladi. Ming yillar davomida faqat uzunlik, maydon, xajm, og’irlik va vaqt o’lchovlari qabul qilingan. Metrologiya tarixi xaqidagi asarlar ana shu o’lchovlarni, shuningdek, narx-navoga oid tavsifnomalarni ko’rib chiqish bilan cheklanadi.
O’lchovlarga bo’lgan ehtiyoj juda qadim zamonlardan paydo bo’lgan. Qimmatbaho toshlar og’irligi o’lchangan karat birligi xozirgi kunga xam yetib kelgan. Uning ma’nosi janubiy sharqiy tillarda dukkakli don urug’i, nuxat degan ma’noni bildiradi.
Kiev rusida uzunlik birligi sifatida xalq orasida vershok ishlatilgan bo’lib, u ko’rsatkich barmoqning oxirgi bug’in uzunligiga teng bo’lgan.
Pyadь uzunlik birligi, “pyaternya”, “pyatь” so’zlaridan olingan bo’lib, kerilgan bosh va ko’rsatkich barmoqlar orasidagi masofaga teng bo’lgan. SHu bilan birga tabiiy o’lchovlar ham o’zining kelib chiqish tarixiga ega. Ular hozirgi vaqtda keng tarqalgan vaqt o’lchov birliklaridir. Astronomik kuzatishlar asosida qadimgi vavilonliklar yil, soat, oy birliklarini topishgan.
Er sharining o’z o’qi atrofida aylanish davri ulushining 1/86400 qismiga teng kattalik sekund deb nom olgan.
Eramizdan oldingi II asrda Vavilonda vaqt mina birligida o’lchangan. Mina bu suv soatidan oqib tushgan vaqtga teng bo’lgan, suvning og’irligi 500gr. bo’lgan.
SHundan so’ng minut so’zi kelib chiqqan. 1824 yilda uzunlik birligi sifatida yard qabul qilingan.
Savdo sotiqning rivojlanishi nafaqat o’lchovlarni aniqlashtirishni, balki ularni dengiz orti o’lchovlari bilan moslashtirish, nazorat tekshiruv faoliyatini kuchaytirishni ham taqozo etadi.
XVII asrda Frantsiyada yashab o’tgan astronom Mutan 10 lik asosda o’lchov tizimini qurish g’oyasini taklif qilgan. O’sha davrda feodallar o’zlarining o’lchov birliklaridan foydalanish huquqiga ega bo’lgan. Frantsiyada soliqlar yig’ish va boj to’lovlarini undirishda yakdillikka erishish dolzarb masalalardan biri bo’lgan. 1790 yil 8 mayda Frantsiya Ta’sis yig’ini o’lchov tizimini isloh qilish haqida dekret qabul qiladi va Parij fanlar akademiyasiga mos takliflar ishlab chiqishni topshiradi.
Lagranj rahbarlik qilgan akademiya komissiyasi o’lchov birliklarining o’nlik tizimini taklif qiladi, tarkibiga Laplas kirgan boshqa bir komissiya uzunlik o’lchovi birligi sifatida yer meridianining milliondan bir qismini qabul qilishni taklif qiladi. Ana shu yagona birlik metr asosida metrik sistema shakllandi.
Maydon- m 2, hajm - m3, massa - kg (4oS temperaturada toza suvning 1 dm3 dagi massasi) ushbu metrik tizim asosida qabul qilingan.
1799 yil bu ish xalqaro komissiya nazorati ostida kuzatilib Frantsiya arxiviga topshirilgan.
O’zining afzalliklariga qaramasdan metrik sistema qiyinchilik bilan joriy qilinadi.
Metrologiyaning rivojisiz zamonaviy o’lchov texnikasini yaratish va undan samarali foydalanish imkoniyati yo’q. X1X asr boshida uzunlik, yuza, xajm va massa o’lchangan bo’lsa, xozirgi paytda texnika va texnologiyalarda o’lchanadigan fizik kattaliklarning turlari ortib, ularning o’lchov diapazoni chegaralari kengayib bormoqda. Bu esa o’z navbatida o’lchash uslublari va texnikasining bir xilligini ta’minlash, o’lchash natijalarining aniqligi yuqori bo’lishiga erishish va jarayonni tezkor usulda amalga oshirishni talab etadi.
Xozirgi kundagi murakkab jarayonlarni va zamonaviy texnikani aniq va tez ishlovchi o’lchash komplekslarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Masalan, kosmik ob’ektlarni boshqarish, atom reaktorlarining ishini tashkil etish, yuqori bosim va harorat ostida ishlovchi texnologik ob’ektlardan masofada turib ma’lumot olish va shu asosda ularni samarali ishlatish va boshqalar.
1993 yilning 28 dekabrida ketma-ket uchta, ya’ni “Standartlashtirish to’g’risida”gi, “Metrologiya to’g’risida”gi va “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi. Bu qonunlarning xayotga tadbiq etilishi respublikamizdagi mavjud metrologiya xizmatini yangi rivojlanish bosqichiga ko’tarilishiga asos bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi “Metrologiya to’g’risida”gi qonuni respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik ta’miinot masalalarini xal etishning mutlaqo yangi bosqichga olib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |