Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi


O’zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi (“UzTest”) davlat korxonasining asosiy vazifalari



Download 2,77 Mb.
bet78/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

10.5. O’zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi (“UzTest”) davlat korxonasining asosiy vazifalari
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini va eksporti hajmlarini oshirish, ularning xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilishini ta’minlash hamda mavjud sinov va kalibrlash laboratoriyalarini modernizatsiya qilish, shuningdek aholiga sifatli va xavfsiz mahsulotlarni yetkazib berish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Muvofiqlikni baholash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish, idoralararo va innovatsion sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish va mahalliy mahsulotlarni xalqaro standartlarga muvofiq baholash orqali savdodagi texnik to’siqlarni bartaraf etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 avgustdagi PQ-4419-sonli “O’zbekiston respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to’g’risida”gi qaroriga asosan “O’zstandart” agentligining “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasini 2020 yil 1 yanvardan “O’zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat korxonasiga (keyingi o’rinlarda - “UzTest” davlat korxonasi) aylantirildi, hamda uning muassisi etib Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot institutini belgilandi.
“O’zstandart” agentligining “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi vorisi etib “UzTest” davlat korxonasini belgilandi.
“O’zstandart” agentligining hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari davlat korxonalarini tugatilib ular negizida “UzTest” davlat korxonasining hududiy filiallari va “O’zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi hududiy filiallari tashkil etildi.
Korxonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
iste’molchini sifatsiz, shu jumladan fuqarolarning xayoti, sog’ligi va mol-mulkiga xavf tug’diruvchi, atrof muxitga zarar yetkazuvchi o’zaroalmashinuvchanlik va moslashuvchanlik talablarini o’lchash uslublari va yorliqlash qoidalari birliligini ta’minlamaydigan maxsulotlardan ximoyalash;
mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirilishini tashkil etish va uni o’tkazishda respublika standartlari va xalqaro standartlarni qo’llash asosida mahsulot sifatiga qo’yiladigan talablarni uyg’unlashtirish, sifat tizimlarini joriy qilish va ularni muvofiqlashtirish;
xalqaro bozorda maxsulotlarning raqobatbardoshliligiga ko’maklashish;
bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimlarini yaratishda qatnashish, shu xisobda Sertifikatlashtirish Milliy Tizimi doirasida o’tkaziladigan sertifikatlashtirish natijalarini chet elda tan olinishi uchun sharoitlar yaratish;
mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda va xizmatlar ko’rsatadigan idora va tashkilotlarda xalqaro standartlar talablari asosida sifat tizimlarini joriy qilish;
xalqaro standartlar talablari asosida sifat tizimini ishlab chiqish va yo’nalish bo’yicha o’quv kurslarini tashkillashtirish, o’tkazish, respublika va xalqaro miqyosida seminarlar, konferentsiyalar tashkillashtirish xizmatlarini ko’rsatish;
xududiy sinov va sertifikatlashtirish korxonalarida sifat menejmenti tizimi xujjatlari asosida ichki auditni tashkillashtirish va o’tkazish bo’yicha o’quv kurslarini olib borish;
xududiy sinov va sertifikatlashtirish korxonalarining faoliyatiga raxbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish;
Korxonaning laboratoriyalarida sinash tizimini rivojlantirish xamda ularning Setifikatlashtirish Milliy Tizimida akkreditatsiyalanishiga tayyorlanishini ta’minlash, ayrim funktsiyalarni bajarish uchun shartnoma tuzish asosida mutaxassislarni jalb qilish;
me’yoriy xujjatlar talablariga muvofiq maxsulotlarni sinash protseduralarini takomillashtirish va o’tkazish;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sinash masalalari bo’yicha korxonaning kadrlar tarkibini doimiy, tizimli tayyorgarligi va malakasini oshirish chorasini ta’minlash;
Sertifikatlashtirish Milliy Idorasi topshirig’i bo’yicha yuridik shaxslarning sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyalashda qatnashish;
sinash va sertifikatlashtirish bo’yicha ishlar jarayonida olinadigan axborotni sir saqlanishini ta’minlash;
sinash va sertifikatlashtirish bo’yicha xujjatlar va ishchi materiallarning xisobi va saqlanishini ta’minlash;
Asosiy vazifalariga muvofiq korxona quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
sinash va sertifikatlashtirishni tashkil etadi va o’tkazadi, muvofiqlik belgisini qo’llash xuquqini berish uchun kelishuvlarni rasmiylashtiradi;
sertifikatlashtirilgan mahsulotlar va xizmatlar reestrini yuritadi, muvofiqlik sertifikatlarini ruyxatga oladi;
“O’zstandart” agentligiga taqdim etish uchun sinash va sertifikatlashtirish bo’yicha o’tkazilgan ishlar xaqida xisobotlarni tayyorlaydi;
sertifikatlashtirilgan mahsulotlar va xizmatlar ustidan inspektsiya nazoratini o’tkazadi;
mahsulotlarni sertifikatlashtirish va sinash masalalari bo’yicha respublika korxonalari va tashkilotlariga uslubiy va amaliy yordam ko’rsatadi;
Korxonaning tarkibiga kiruvchi sertifikatlashtirish idoralarining va akkreditatsiyalangan labaratoriyalarning ichki auditini tashkil etadi;
sertifikatlashtirish tashkil etilganida uning sxemalarini tanlaydi;
Sertifikatlashtirish Milliy Idorasi topshirig’i bo’yicha akkreditatsiyalangan sertifikatlashtirish idoralari va laboratoriyalarining faoliyatini inspektsiya nazoratidan o’tkazishda qatnashadi;
Korxonaning akkreditatsiyalangan laboratoriyalarida o’lchash vositalarini xisobini olib boradi;
sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilinishi va natijalarini rasmiylashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
O’zbekiston xududida realizatsiya qilinadigan iste’mol tovarlarning davlat tilidagi markilovkalarini tayyorlash xizmatlarini ko’rsatadi;
yuklarni ortishdan va tushirishdan avvalgi inspektsiyani xamda import kontraktlari bo’yicha respublikaga olib kiriladigan tovarlarning baxosi yuzasidan ekspertiza xizmatlarini bajaradi;
ekspert xulosalar berish orqali tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlarni tasniflash TIF TN bo’yicha tovar kodlarini aniqlaydi hamda mahsulotlarning majburiy sertifikatlashtirish ruyxatiga kirish yoki kirmasligi to’g’risida xulosalar rasmiylashtiradi;
tashqi savdo, texnik va boshqa ish yuritish xujjatlar tarjimasini amalga oshiradi;
marketing tadqiqotlar o’tkazadi;
faoliyatiga oid adabiyotlarni nashr etishda va tarqatishda qatnashadi;
fors-major xolatlarni aniqlaydi va ekspert xulosalarini taqdim etadi;
me’yoriy xujjatlar fondini tashkil etish va shakllantirish, uni yuritish va aktuallashtirish ishlarida qatnashadi, shu jumladan ularni takomillashtirish bo’yicha takliflarni tayyorlaydi, ularga bo’lgan qo’shimchalar va o’zgartirishlar loyixalarini tayyorlash, shuningdek xalqaro standartlarining talablarini xisobga olgan xolda yangi xujjatlarni ekspertizasini o’tkazish va ularni kelishish ishlarida qatnashadi;
korxona va tashkilotlarga xalqaro standartlarga muvofiq sifat tizimlarini joriy etish bo’yicha metodik va amaliy yordam ko’rsatadi;
korxona va tashkilotlar bilan birgalikda majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotlar ruyxati bo’yicha takliflar tayyorlaydi va “O’zstandart” agentligiga taqdim etadi;
xujjatlarni nusxa ko’chirish yo’li bilan ko’paytirish xizmatini amalga oshiradi;
O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun xujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiradi.



Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish