18
Yaltiroqligi
– Minerallar sirtiga tushgan yorug‘likni ma’lum
darajada qaytaradi va ularning ko‘rinishi, shunga ko‘ra, sirtlari xira,
boshqalariniki esa yaltirab turadi. Minerallar yaltiroqligi bo‘yicha
quyidagi ko‘rinishlarga ega:
Metallsimon, shishasimon, sadafsimon, yog‘li va och kul rangli.
Rangi
– Tabiatdagi minerallarning rangi turli xil ko‘rinishda
uchraydi. Masalan, misning hamma suvli birikmalari yashil yoki ko‘k
rangda bo‘ladi (malaxit, azurit). Minerallarning rangi ba’zan ikki xil
rangni qo‘shilishidan hosil bo‘lgan rangda ham tovlanishi mumkin.
Ularning rangiga tarkibida qo‘shilgan begona aralashma ham ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Bularga Fe, Ni, Ti, Ca, Cu va boshqalar bo‘lib, oz
miqdorda bo‘lsa ham, mineral rangini o‘zgartirishi mumkin.
2.4-§. Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi asosiy minerallar
Ko‘pchilik minerallar tarkibida asosan kislorod, qumtuproq,
alyuminiy, temir, kal’tsiy va boshqa kimyoviy elementlar uchraydi.
Minerallarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linishi
mumkin;
1. Oksidlar-eng ko‘p tarqalgani-kvartsdir (SiO
2
). Kvartsdan
tashqari-gematit
(yashirin
kristallangani-qizil
temirtosh,
yaxshi
kristallangan ko‘rinishi-temir yaltirog‘i) Fe
2
O
3
,
magnetit Fe
2
O
4
, korund
(qizil ranglisi-yoqut, mayda donador qora ranglisi jilvir) Al
2
O
3
.
2. Silikatlar-yer qobig‘ida eng ko‘p tarqalgan minerallar bo‘lib
(85%), ular magmalarning oqib chiqish natijasida hosil bo‘ladi. Bu
minerallar guruhining aksariyati-panjarasimon kristallidir. Silikatlardan
umumiy tuzilish va tarkibiga ega bo‘lgan dala shpatlari, piroksenlar,
amfibolalar,
slyudalar, shuningdek olivin, tal’k, xloritlar, gilli
minerallarni ko‘rsatish mumkin.
Karbonatlar-bu guruh minerallariga uncha yuqori bo‘lmagan
mustahkamlik,
kichik zichlik, nometall yaltiroqlik (kal’tsit, dolomit)
xususiyati xosdir. Tabiatda ko‘p uchraydiganlaridan; kal’tsit (ohak shpati,
tiniqlari-island shpati) CaCO
3
, dolomit CaMg(CO
3
)
2
va sidyeritdir (temir
shpati) FeCO
3
.
Sul’fatlar-sul’fat kislota tuzlari birikmasi ko‘rinishidadir. Ular suvli
va suvsiz bo‘lishi mumkin. Suvsiz sul’fatlarga, barit BaSO
4
(og‘ir shpat),
19
angidrit CaSO
4
(gips uchun xom ashyo) kiradi. Suvlilarga-gipstosh CaSO
4
2H
2
O, mirabilit Na
2
SO
4
10 H
2
O, alunit Kal
3
OH
6
(SO
4
)
2
larni kiritish
mumkin.
Galoidlar-galoidvodorod kislotaning tuzlaridir (HCl, HF, HBr).
Eng ko‘p tarqalgan galoid minerallaridan xlorid kislota birikmalari
bo‘lgan-osh tuzi (NaCl) va sil’vindir (KCl). Yuqorida nomlari qayd
etilgan minerallar yumshoq, katta zichlikka ega emas, ko‘pincha oq rang
ko‘rinishida, lekin begona aralashmalar ta’siri tufayli rangi o‘zgarishi
mumkin, suvda oson yeruvchan bo‘ladi.
Fosfatlar-fosfat kislotaning tuzlaridir. Eng ko‘p tarqalgan apatit va
uning gilli va qumli aralashmasi- fosforitdir. Guruh minerallari ko‘p
tarqalgan emas, ular turfa rangda bo‘lib, qattiq sanaladi.
Sul’fidlar-yer qobig‘ida
rudali minerallar, sul’fidlar, oksidlar va
gidrooksidlar ko‘p uchraydi.
Maxsus guruhni, sof holda tabiatda uchraydigan yerkin atomdan
tashkil etilgan kristalli metallar va nometallar-sof mis, oltingugurt, oltin,
qumush, platina, olmos, grafitlar tashkil etadi.
Muhandislik geologiyasida gilli minerallarga alohida o‘rin
byerilgan. Ularga suvli silikatlar va alyumosilikatlar kiradi.
Gilli
minerallar soni 40 ta gacha yetib boradi. Jins tashkil etuvchilarga kaolinit,
montmorillonit, poligorokit, suvli slyudalar va boshqalar kiradi. Gilli
minerallar zarralari kristall yoki amorf ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bu
minerallarni suvda qorilganda plastiklik holiga o‘tadi, quritilganda
suvsizlanadi, kuydirilganda esa toshga aylanib qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: