14
2-BOB. MINERALLAR
Tayanch so`z va iboralar:
mineral, kvarts, dala shpati, slyuda,
kal’tsit, mineralogiya, kristallarining geometrik shakli, minerallarning
asosiy fizik xossalari,
minerallarning qattiqligi, minerallarning zichligi,
minerallarning birikkanligi, minerallarning sinishi, minerallarning
yaltiroqligi.
2.1-§. Minerallar haqida umumiy tushuncha
Yer qobig‘ida, gidrosferada, atmosferada bo‘lib turadigan xilma-xil
fizik-kimyoviy jarayonlar tufayli vujudga kelgan tabiiy kimyoviy
birikmalar yoki sof elementlar minerallar deb ataladi. Minerallar tabiatda
qattiq, suyuq va gaz holatda uchraydi. Hozirgi
davrga kelib tabiatda
minerallarning 3000 dan ko‘proq turi mavjud. Lekin tabiatdagi tog‘
jinslari tarkibida hamma minerallar ham uchrayvyermaydi. Tog‘ jinslari
tarkibiga kiruvchi minerallarni jins tashkil etuvchi minerallar deb ataladi.
Tabiatda ko‘pchilik minerallar litosferada tarqalgan qattiq tog‘ jinslarini
tashkil qiladi. Kvarts, dala shpati, slyuda, kal’tsit, shular jumlasidandir.
Suv, neft va tabiatda juda ko‘p uchraydigan sof simob kabi tabiiy suyuq
moddalar ham minerallar qatoriga kiradi. Nihoyat vulqon sodir
bo‘ladigan xududlarda yerning yoriqlaridan chiqadigan tabiiy gazlar,
masalan, karbonat angidrid, sul’fat angidrid va boshqalarni ham mineral
deb atash mumkin.
Tog‘ jinsi hosil qiluvchi minerallarni paydo bo‘lishi, belgilarini,
tarkib va xossalarini bilmasdan turib, tog‘ jinslarini o‘rganib bo‘lmaydi.
2.2-§. Minerallarning kristall tuzilishi
Minerallarni o‘rganish bilan mineralogiya fani shug‘ullanadi,
kristall va kristalli birikmalarni-kristallografiya fani asosida o‘rganilib,
kristallarning
simmetriyasi, shakli va tuzilishi geometriyasi bilan
shug‘ullanadi. Qattiq minerallar tabiatda kristall moddalar ko‘rinishida,
nomuntazam, donador, ko‘p yoqli shakllarda, yohud yaxlit ko‘rinishda
uchraydi. Kamdan - kam hollarda esa minerallar amorf holida uchrab,
shaklsiz massalarni hosil qiladi. Kristall ko‘rinishdagi moddalarning
(minerallarning) asosiy xususiyati, ular tarkibidagi
atom va ionlarning
15
qat’iy guruhlar bo‘yicha fazoda joylashib, kristall to‘rlarni hosil qiladi.
Geometrik kristall to‘r, bir-biri bilan zich bog‘langan ko‘p yoqlilar
(kublar, oktaedrlar, parallelopipedlar, romblar) dan iborat bo‘lib, ularning
uchlari, markazlari yoki tomonlarining o‘rta qismida aniq masofada
atomlar (ionlar) joylashgan bo‘ladi. Kristall to‘rining tuzilishidan
minerallar kristallarining geometrik shakli kelib chiqadi. Masalan: osh
tuzi (galit)-kub shaklida, tog‘ xrustali-prizma shaklida (2.1-rasm).
Kristallarda yoqlari, qirralari va uchlari bo‘ladi (2.2-rasm).
A *Na * Cl B
D
2.1 – rasm. Ayrim minerallarning kristall turlari. A – osh tuzi, B – olmos, D -
grafit
Kristallarda o’qlari, qirralari va uchlari
soni hamma kristallarda turlicha bo‘ladi.
Kristallarda simmetriya o‘qlari bo‘lib, uni
o‘q bo‘yicha aylantirilganda,
qirralarini bir-
biriga mos tushishidir.
Masalan, 6 qirrali muntazam prizmani
o‘z o‘qi atrofida 60
0
ga aylantirilsa uning
qirralari, o’qlari va uchlari dastlabki
holatiga mos tushadi. Demak, bu kristall simmetrik tuzilgandir.
Simmetriya
tekisligi
esa
kristallarning teng ikkiga bo‘luvchi
xayoliy tekislik bilan ifodalanib, R-
harfi bilan belgilanadi va nihoyat
simmetriya markazi bo‘lib,
kristall
ichidagi nuqta bilan belgilanib, -
to‘rning
cheklangan
elementlari
(parallel qirralar, uchlar) dan baravar
16
uzoqlikda joylashgan bo‘ladi (2.3 -rasm).
O‘q tekisliklari va simmetriya markazlari simmetriya elementi deb
ataladi. Kristallarda simmetriyaning 32 xil ko‘rinishi bo‘lib, 7 guruhga
yoki kristallografik singoniyalarga ajraladi.
Ular triklinik, monoklinik,
rombik, trigonal, tetrogonal, gegsogonal, kub singoniyalardir. Ular
murakkablik jihatidan quyi, o‘rta va yuqori singoniyalarga bo‘linadi. Bu
singoniyalarga kiruvchi minerallar
kristallarida yoqlar, tekislik, markaz
va o‘qlar soni ifodalangan va bir mineral ikkinchisidan shu bilan farq
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: