22
3-BOB. PETROGRAFIYA ASOSLARI
Tayanch so`z va iboralar:
petrografiya, tog‘ jinslari, optik usullar,
kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar, kristaloptika moddalar, izatrop
moddalar,
anizatrop moddalar, magmatic tog‘ jinslar, cho‘kindi tog‘
jinslar, metamorfik tog‘ jinslar, vulqon hodisalari, batolitlar.
3.1-§.
Petrografiya, petrografiyani tekshirish usullari haqida
tushuncha
Tog‘ jinslarini tekshirish katta nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.
Petrografiya, umuman, butun yer po‘stidagi yoki uning ayrim
qismlaridagi tog‘ jinslarining kimyoviy va mineralogik tarkibini hamda
kelib chiqishini o‘rganadi. Binobari, petrografiya
biron bir xududning
geologik tarixini to‘g‘ri tasavvur qilishga ilgari topilgan foydali
qazilmalarni to‘g‘ri baholash va yangi qazilmalarni qidirib topishga
yordam beradi, undan tashqari, tog‘ jinslarini
qurilish hom ashyolari
sifatida ishlatish usullsrini va turlarini to‘g‘ri tanlashga yordam beradi.
To‘g‘ jinslari xilma xil va murakkab bo‘lganlaigi uchun ularning
xususiyati va tarkibi xar xil. Bu tog‘ jinslarining tekshirish usullsri ham
turlicha. Ular 3ta yirik guruhga bo‘linadi:
1. Optik usullari- bu guruhda kiritsalloptika, imyersiya, fedyerov
stolchasi bilan tekshirish usullarini o‘z ichiga oladi.
Bu usullari
minerallarning optika hususiyatlarini mahsus optika asboblari, umuman
polyarizastion mikroskop bilan tekshirishga asoslangan.
2. Kimyoviy va fizik-kimyoviy usullari - bu usulda tog‘ jinslarni va
ularni tashkil etgan ayrim minerallarning tarkibini mukammal o‘rganish
va ularni vujudga kelishini fizik-kimyoviy
qonunlar nuqtqiy nazaridan
talqin etadi va ular quyidagicha:
a)
petrokimyo usuli
b)
mineralogik, geokimyoviy tekshirish usuli
c)
ekspyeriment tajriba usuli
Bularning ichida ekspyerement ya’ni tajriba ishlari alhida o‘rin
tutudi, olimlar katta bosim ostida va yuqori temperaturada tajriba
o‘tkazib, sun’iy yo‘llar bilan turli minerallar va tog‘ jinslarining
birikmasini hosil qiladilar. Bu ishlarning barchasi tog‘ jinslarining paydo
bo‘lishini aniqlashga yordam beradi.
23
Eng muhimi tog‘ jinslarining qurilish san’atiga
yaroqli yoki
yaroqsizligini, texnika protseslariga aloqasini bilish uchun turli aparatlar
yordamida, ularning zichligi, elektr issiqlik hamda seysmik to‘lqinlarini
o‘tkazuvchanligi kabi hususiyatlarini o‘rganadi.
3. Dalada o‘tkaziiladigan tekshirishlar. Bu usulda tog‘ jinslarining
ma’lum maydonga tarqalishi, ularning tabiatda tutgan o‘rni va shakli bir
biriga bo‘lgan munosabati aniqlanadi.
Dalada o‘tkaziiladigan tekshirishlar kesmalar hamda turli to‘g
jinslarining diqqatiga sazovar qismlarini maxsus haritalar tuzish
fatosuratlar olish yoki rasmini chizish bilan qayd etiladi. Shuningdek,
shliflar yasash, analizlar qilosh uchun kerak bo‘lgan miqdorda toshlardan
namunalar olinadi.Kristaloptika, izatrop va
anizatrop moddalar haqida
tushuncha.Petrografiyaning tekshirish usullaridan biri optik usuldir.
Optika usuli o‘zining mukammal va osonligi jihatidan bazi kristllangan
jins va minerallarni o‘rganishda birdan bir usuldir.
Bu usulda minerallarning optik hususiyatlari, polyarisaztion
mikroskop yordamida aniqlanadi.
Minerallarning optik ko‘rsatkichlari
ularning Kristal, shakllari,
tarkibi va simmetriya qonuniyatlariga bog‘liq bo‘lganligi uchun
Do'stlaringiz bilan baham: