Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma


 -§. Qatlamlararo yer osti suvlari



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/77
Sana01.04.2023
Hajmi6,24 Mb.
#924108
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА (1)

 
7.4. -§. Qatlamlararo yer osti suvlari 
Qatlamlararo suvlar ikkita suv o‘tkazmaydigan qatlam ichida 
joylashgan bo‘lib, yuqoridagisi uning tomi va pastki qatlam asosi bo‘lib 
hisoblanadi. Bunday suvlar bosimli va bosimsiz bo‘lishi mumkin. Bosimli 
suvlar suv o‘tkazuvchi qatlamning hammasini to‘ldirib turadi. Ularning 
to‘yinish 
sohasi 
suvli 
qatlamning yer yuzasiga 
chiqqan joyi hisoblanadi. 
Suvning 
bosimligi 
p’ezometrik 
sath 
bilan 
haraktyerlanadi. 
Bosimli 
suvlarning to‘yinish sohasi 
tarqalish sohasi bilan mos 


119 
kelmaydi. SHuning uchun bosimli suv qatlamlariga suv yer yuzasiga 
chiqadigan maydondan ko‘pincha o‘nlab va hatto yuzlab kilometr 
uzoqdan sizib keladi. 
Bosimli suvlar ikki turga ajratilishi mumkin: fontan bo‘lib otilib 
chiqadigan bosimli suvlar (7.7-rasm) va otilmasdan chiqadigan bosimli 
suvlar (7.8-rasm), otilmasdan chiqadigan bosimli suvlar subartezian 
suvlari deb ataladi.
Artezian tyermini Frantsiyadagi Artua viloyatining nomidan kelib 
chiqib, qadimda bu viloyat Arteziya deb atalar edi. 1126 yilda bu 
viloyatda kovlangan quduqdan katta bosimli suv otilib chiqqan edi. 
SHundan buyon otilib chiquvchi suv olish uchun kovlanadigan quduqlar 
artezian quduqlari deb ataladi. 
Artezian suvlari to‘yinadigan soha bu yerlardan foydalaniladigan 
joyga nisbatan tamomila boshqacha balandlikka bo‘lishi mumkin (7.8-
rasm). 
Artezian havzasining 
suv bilan to‘lib turadigan 
qismi manbaa deb ataladi. 
Quduq kovlanganda havza 
suvining 
sathi 
quduq 
og‘zidan 
ham 
yuqori 
ko‘tariladigan qismi bosimli 
qism deyiladi. Artezian bosimli suv resurslari sarf bo‘ladigan qismi 
bo‘shaluvchi qism deb ataladi. Artezian suvlari to‘yinadigan, 
yig‘iladigan, shuningdek oqib chiqadigan joylar artezian suvlari havzasini 
tashkil qiladi. (7.9-rasm). 
Bizning Respublikamizdagi 
Sirdaryo, 
Amudaryo 
va 
Ustyurt artezian havzalari va 
boshqalari bunga misol bo‘la 
oladi. 
Sirdaryo 
artezian 
havzasi Farg‘ona, Toshkent 
oldi, CHimkent, Qizilqum, 
Orol yaqini havzalari va 
boshqalarga bo‘linadi.


120 
Bu artezian havzalari atrofida suvli bir qancha gorizont bo‘lib, ular 
o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir -biri bilan farq qiladi. Masalan, 
Farg‘ona artezian havzasi atrofida yigirmaga yaqin suvli gorizont borligi 
aniqlangan. SHu bilan birga, suvli gorizontlar katta (3500 m gacha) 
chuqurlikda joylashgan bo‘lishiga qaramay bosim kuchi nihoyatda katta 
bo‘lganligidan murakkab nasos qurilmalar ishlatishni talab etmaydi, 
chunki ko‘p hollarda suv quduqdan o‘zi otilib chiqib, fontanlar hosil 
qiladi. Burg‘ quduqlar orqali suvli gorizont ochilganda suvning sathi 
ko‘tariladi. Suvning bosimli ekanligini p’ezometrik sath belgilaydi. 
P’ezometrik sathning doimiy va nisbiy balandligi bo‘ladi. 
Bir xil nisbiy balandlikka ega bo‘lgan p’ezometrik sathlarni 
birlashtiruvchi chiziq gidroizop’ezlar deyiladi. 
Bosimli suvlar to‘yinish sohasidan uzoq yo‘lni o‘tib, tog‘ jinslari 
bilan uzoq vaqt tutashuvda bo‘lganligi sababli, grunt suvlariga qaraganda 
ko‘proq minerallashgan bo‘ladi. 
O‘zbekiston mineral suvlarining shifobaxshlik xususiyatlarini 
o‘rganish, ulardan juda ko‘p kasalliklarni davolashda muvaffaqiyat bilan 
qo‘llanilmoqda. Hozirgi vaqtda mineral suv manbalari bazasida bir necha 
sihatgohlar qurilgandir. Andijon viloyatidagi Janubiy Olamushuk va 
Polvontosh shifoxonalari, Surxondar’yo viloyatidagi Jayronxona 
ishfoxonalari, Farg‘ona viloyatidagi CHimyon shifoxonasi, Namangan 
viloyatidagi CHortoq shifoxonalari shular jumlasidandir. Toshkent 
yaqinidagi artezian havzasining mineral suvlaridan oshqozon, ichak, jigar 
kasalliklarini, moddalar almashinuviga xos va boshqa kasalliklarni 
davolashda muvaffaqiyat bilan foydalanilmoqda. Toshkent va Farg‘ona 
mineral suvlari Respublikamizdagi eng yaxshi ichiladigan suv sifatida 
hammaga manzur bo‘lmoqda. 

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish