Jizzax viloyatidagi tarixiy obidalar va ularning o‘rganilishi I jizzax viloyatidagi arxeologik yodgorliklarning umumiy tavsifi



Download 19,3 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi19,3 Kb.
#496857
Bog'liq
Gadoev Mahmud


JIZZAX VILOYATIDAGI TARIXIY OBIDALAR VA ULARNING O‘RGANILISHI

I.1. Jizzax viloyatidagi arxeologik yodgorliklarning umumiy tavsifi

Jizzax viloyati O‘zbekistonning markaziy qismida joylashgan bo‘lib, uning katta qismi cho‘l va dashtliklardan iborat. Viloyatning re’lefi o‘ziga xos bo‘lib, tog‘, tog‘ oldi, dasht va tekislik (cho‘l) zonalarining tutashib ketishi uning o‘ziga xosligini tashkil etadi. Viloyatning katta qismini er tuzilishi tekisliklardan iborat bo‘lgan Mirzacho‘l egallagan1. Viloyatning iqlimi keskin kontinental. Tekislik qismida yillik yog‘in miqdori 200-350 mm atrofida bo‘ladi. Mintaqaning tekislikdan iborat ekanligi, shimol tomoni ochiqligi, janub tomonida esa tog‘lar mavjudligi sababli, bu erda Arktika va Sibirdan keladigan sovuq havo massalari turib qoladi. Quruq va issiq iqlimga ega bo‘lgan vohada yashovchi aholining xo‘jalik faoliyati va yashash tarzida buloq va chashmalarning o‘rni katta bo‘lgan.


O‘lkada cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalariga xos o‘simliklar mavjud. CHo‘l hududlari sho‘ro‘zak, qorabosh, burgan, lolaqizg‘aldoq kabi efemerlar va kurg‘oqchilikka chidamli shuvoq, yantoq, chalov, sho‘ra, yulg‘un va tuyaqorin kabi o‘simliklarga boy. Tog‘ etaklari va undan yuqorida irg‘ay, zirk, pista, yovvoyi bodom, na’matak, olma, olcha, saksovul kabi buta va daraxtlar o‘sadi. Turkiston tog‘ tizmasining 1500-2500m dan balandlik qismida archazorlar uchraydi. 2800-3000 m dan balandda qo‘ng‘irbosh, rang, yovvoyi arpa kabi o‘tlar o‘suvchi yaylov mintaqasi boshlanadi. Sirdaryo bo‘yidagi to‘qaylarda yulg‘un, tol, turong‘il, jiyda kabi butalar o‘sadi.
Xullas, o‘rganilayotgan mintaqaning geografik qulayliklari tufayli bu erda tarixiy yodgorliklar va obidalarning shakllanishi uzoq o‘tmish bilan bog‘liq. Dastlabki urug‘ jamoalar chorvador hamda o‘troq dehqonlar uchun qulay tabiiy shart-sharoit va unumdor erlar, ayniqsa oqar suv manbalari mavjudligi vohada inson faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy jarayonlarning o‘zaro moddiy va boshqa madaniy turlarning baravj rivojlanishiga asosiy sabab bo‘lgan. Bir paytning o‘zida chorvani mavsumiy tarzda qishda – cho‘lli mintaqada, yozda esa–tog‘ o‘tloq yaylovlari mintaqasida boqish imkoniyati chorvachilik xo‘jaligining o‘troq dehqonchilik madaniyati bilan hamohang tarzda taraqqiy etishiga sabab bo‘lgan.
Jizzax vohasiga xos tarixiy obidalarni geografik va tarixiy kelib chiqishiga ko‘ra tavsiflash mumkin. SHu bilan bir qatorda, ayrim hususiy holatlar ham borki, bularni inobatga olmaslik muqaddas qadamjolarning vohaga xos ko‘rinishlarini ochib berish imkonini cheklaydi. Muammoni joy nomi bilan, muqaddaslashtirilgan xayvonlar bilan bog‘liq tomonlari ham mavjud. Bundan tashqari voha ziyoratgohlarini xalq qarashlari, tasavvurlari, joylashgan o‘rni va funksiyasidan kelib chiqib, muqaddas sanalgan buloqlar, daraxtlar, toshlar va g‘orlar bilan bog‘liq yana bir qancha kichik guruhlarga ham bo‘lish mumkin. SHuningdek, mavjud ziyoratgohlarning xalq orasidagi ahamiyatidan kelib chiqib, respublika, viloyat, tuman va mahalliy kabi shakllarga ajratish ham mumkin. YUqorida keltirilgan sababalar va boshqa omillarni hisobga olgan holda Jizzax vohasi hududidagi tarixiy obidalar va ziyoratgohlarni quyidagicha tasniflashni maqsadga muvofiq deb bildik:
Arxeologik ob’ekt sifatida o‘rganilgan yoki o‘rganilayotgan arxeologik yodgorliklar, Avliyolar va diniy ulamolar bilan bog‘liq ziyoratgohlar, Tabiat mo‘‘jizaci va geografik ob’ektlar bilan bog‘liq ziyoratgohlar, Hayvon kulti va ularni muqaddaslashtirish bilan bog‘liq ziyortgohlar.
Arxeologik ob’ekt sifatidagi yodgorliklar O‘tgan asrning 80-90 yillarida Jizzax vohasida o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar o‘zining xajmi, qamrovi, doimiyligi jihatidan katta ko‘lamga ega bo‘lmasa-da, voha xalqlari tarixining qadim va o‘rta asrlar davriga ma’lum darajada aniqliklar kiritildi2. Ma’lum bo‘lishicha O‘rta Osiyoning markaziy qismida joylashgan Jizzax vohasi qadimgi tarixiy va madaniy o‘lkalardan biri sifatida turon xalqlari sivilizatsiyasida munosib o‘rin egallagan. Tog‘, tog‘oldi, daryo vodiysi va cho‘l dasht hududlaridan tarkib topgan ushbu mintaqa dastlab ho‘jaligi ovchilikka ixtisoslashgan urug‘lar, so‘ngra ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar tomonidan o‘zlashtirilgan. Vohada qadimgi ajdodlarning o‘troqlashuv jarayonlari Sangzor va Zominsuv daryolari, o‘nlab tog‘ soylari suviga asoslangan bo‘lib, bu tarixiy voqelik mil. avv. VI-IV asrlarda sodir bo‘lgan. Sangzorning quyi oqimi va Tuzkon ko‘li atrofidan topilgan neolit davri, bronza asriga oid makonlar, Sayhonsoy, Takatosh daralari qoyalariga chizilgan suratlar, majusiy ajdodlarning kamida 2000 ming yillik tarixidan ma’lumot beruvchi Qulpisar qurbongohi (dolmen) Jizzax zamini va uning tegrasidagi mavzelarni O‘zbekistonning ibtidoiy davr tarixi va madaniyatida o‘ziga xos o‘rni borligini isbotlaydi.
Ustrushona hududida so‘nggi bronza va ilk temir davriga kelib o‘zida shahar belgilarini mujassam qiluvchi yirik manzilgohlar barpo etila boshlanadi. Inson faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy jarayonlar tufayli Ustrushonada ham ilk temir davri, xususan, mil. avv.gi VII-VI asrlarda shahar qurilishiga asos solinib, fanda “Nurtepa madaniyati” nomi bilan qayd etilgan, ilk shaharmonand manziloh Nurtepa vujudga kelgan. O‘rta Sirdaryo havzasida o‘troq turmush tarziga o‘ta boshlagan ko‘chmanchi qabilalar, vaqt o‘tishi bilan esa Ustrushona hududining boshqa qismlariga, xususan tog‘ oldi hududlariga (Xontepa, Qo‘rg‘ontepa) ham yoyila boshlagan. Hududda joylashgan arxeologik yodgorliklarda (Nurtepa, Xontepa, Qaliyatepa va boshqalar) aniqlangan me’moriy inshootlar: erto‘la, yarim erto‘la va er usti inshootlari ham so‘nggi bronza, ilk temir davrlarida bu erda ko‘chmanchi aholining o‘troqlashuv jarayoni boshlanganligidan dalolat beradi. Nurtepa madaniyatning ta’siri ostida Kiropol deb e’tirof etilgan, mil. avv.gi VI asr boshlarida asos solingan Mug‘tepa, Aleksandr Makedonskiyga qarshi qo‘zolon ko‘targan shaharlar sifatida qayd etilgan, Kurkatdagi SHirin, Savatdagi Xontepa, Sog‘anoqtepa I, II kabi ilk shahar yodgorliklari bunyod etilgan3. Tabiiyki, qadimdan voha va uning atrofidagi dashtliklarda yashovchi chorvador aholining Ustrushonadagi madaniy taraqqiyot jarayonlariga ta’siri katta bo‘lgan. Bu aholi avvalo, Evro Osiyoning bepoyon kengliklari va bu ulkan hududlarda yashovchi ko‘chmanchilar olami bilan kuchli bog‘langan edi. Mavsumiy tarzda ko‘chuvchi chorvadorlar uzoq shimol o‘lkalarigacha borar, qishda esa qishlovlariga qaytib, Ustrushonaning dehqonchilik vohalari va hatto janubiy mintaqalar bilan ham bog‘lanib turardi.
Antik davrda kechgan ijtimoiy siyosiy va ekologik vaziyat bilan bog‘liq ulkan migratsiya jarayonlari ko‘plab ko‘chmanchi chorvador aholining voha va uning atroflariga kirib kelishi va o‘troqlashishini yanada tezlashtirgan. Bu mavzuda arxeolog M.H. Pardaevning ta’kidlashicha, “ilk antik davrda Ustrushonada aholining shaharlashuvi, demografik o‘sish jarayonlari natijasida, yangi shaharlarning paydo bo‘lishi mamlakatning shimoliy, shimoliy-g‘arbiy qismida – Zominsuv va Sangzor daryolari havzasida izchil suratda amalga oshgan. Mil. avv. IV-III, II-I asrlarda eski Xovos, O‘rdatepa, Qaliyatepa, Oydinsoytepa, Qo‘rg‘ontepa shahar yodgorliklari vujudga kelgan”4. Ta’kidlash lozimki, bu paytda, nafaqat, Sangzor yoki Zominsuv kabi vohalar balki, dehqonchilik uchun sharoit mavjud bo‘lgan mikrovohalarda ham aholining yanada gavjumlashuvi, yangi erlarning jadal o‘zlashtirilishi va bu erlarda mustahkamlangan jamoa manzilgohlari – qishloq makonlari soni tezlik bilan ko‘payib borgan. Viloyat hududida qayd etilgan Qaliyatepa, O‘rda (Jizzax), Oq tepa, Qo‘rg‘ontepa (Zomin), Oydinsoytepa, Qo‘rg‘ontepa (G‘allaorol), Jaroydinsoytepa, Qo‘rg‘on (Baxmal), Ko‘ktepa, Maslahattepa (Zarbdor), Qulpisar, Dunyotepa (Forish) kabi qo‘hna qishloq va shahar yodgorliklari Jizzax vohasida ham qishloq qurilishi, shaharsozlik madaniyati tarixi qadim o‘tmishga ega ekanligini bu jarayonlar qo‘shni Samarqand, Buxoro, Toshkent vohasida bo‘lgani kabi yagona qonuniyat asosida shakllanganligini isbotlaydi.
Jizzax vohasi xalqlari milodiy II asrdan boshlab so‘nggi o‘rta asrlargacha davom etgan qit’alararo iqtisodiy va madaniy aloqa «Buyuk Ipak Yo‘li» munosabatlarida alohida mavqega, geografik qulaylikka ega bo‘lgan. Movarounnaxr bo‘ylab sharqdan g‘arbga, g‘arbdan sharqga yo‘nalgan karvon albatta Jizzax vohasidagi Ilono‘tti darasi orqali o‘tgan. Arxeologik qazuv ishlarida qayd etilayotgan arab, ajam, xitoy eksport maxsulotlari, yozma manbalardagi ma’lumotlar «Buyuk Ipak Yo‘li» savdosida voha aholisini faol ishtirok etganligini ta’kidlaydi.
Ustrushona va uning rustoqlari hakidagi batafsil malumotlarni o‘rta asr arab geograf va tarixchilarining asarlarida uchratish mumkin. Ular Ustrushonada Bunjikat (O‘ratepa), Arsubonikat, Kurkat (SHirin), Fankon – Fag‘non (mavjud zamonaviy manbalarda Fag‘non deyilmoqda) (Dizak), Zomin, Sarsanda, Susanda (Zomin), Xarqona, YAngiqo‘rg‘on ( G‘allaorol), Burnamad (Baxmal), Sabat (Kultepa–Savat), Nujket (Nushkent), Marsmanda, Mink nomi bilan ataluvchi rustoqlar, ularning obod markaziy shaharlari, o‘nlab rabod, qa’la, karvonsaroylar mavjud bo‘lganligini o‘z asarlarida yozib qoldirishgan5. Mazkur shahar va qa’la rabodlarning ko‘pchiligining o‘rni hozirgi kunda arxeologik tadqiqotlar orqali aniqlangan, ma’lum tarixiy yodgorlik bilan bog‘langan6.
SHimoliy-g‘arbiy Ustrushonaga geograflar tomonidan tekis, cho‘lliklarga tutash rustoqlarga ega bo‘lgan dehqonchilik vohalari sifatida ta’rif berilgan. Ibn Havqalning yozishicha, “Ustrushonada kema yursa bo‘ladigan daryo ham ko‘l ham yo‘q, lekin uning ekinzorlari, yaylovlari va qishloqlari obod hosildor va (turli-tuman) mahsulotlarga boy7 ... Uning yirik shahri ustrushonaliklar tilida Bunjikat deb ataladi. Unga quyidagi shaharlar qarashli: Arsubonikat, Kurkat, G‘azak, Fag‘kat, Sobot, Zomin, Dizak, Nujkat, Xarqona. Bular Ustrushonaning shaharlaridir.
Qadimdan Jizzax vohasidagi hayot, shahar va qishloq qurilishi aholining dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikka asoslangan turmush tarzi sohibqiron Amir Temur va temuriylar zamonida, O‘rta Osiyo xonliklari davrida ham uzviy davom etgan, rivojlangan. Sangzor va Zominsuv vodiysida joylashgan Qaliyatepa, O‘rda, Oqtepa, Qo‘rg‘ontepa qadimgi shahar yodgorliklari M.H. Pardaev tadqiqotlari asosida o‘rganilmoqda.
Jizzax shahar yodgorliklari atrofidagi YOqubbobotepa, Dunyotepa, To‘rtko‘ltepa, Ko‘k ravot, Qizlartepa qal’a-qo‘rg‘onlari mavjud. SHimoliy – g‘arbiy Ustrushonada antik davrda bunyod etilgan Qaliyatepa, Qo‘rg‘ontepa shahar maskanlari, ilk o‘rta asrlarda faoliyat ko‘rsatgan Qing‘irtepa, Almantepa, Pardaqultepa kabi qishloq makonlari, rivojlangan o‘rta asrlarda vujudga kelgan O‘rda, Qizlartepa, Bo‘ztepa kabi turar-joy manzillari, Sarboztepa, To‘rtkultepa, Ko‘k gumbaz singari karvonsaroylar mazkur vohada kamida ilk antik davrdan buyon inson istiqomati va faoliyati uzluksiz tarzda davom etganligidan shahodat beradi.

1 Алибеков Л.А., Нишанов C.A. Природные условия и ресурсы Джизакской области. –Ташкент: Узбекистан, 1978. – Б. 6-8.

2 Пардаев М.Ҳ. Жиззах воҳаси қадим ва ўрта асрлар тарихини ўрганишнинг истиқболлари ва муаммолари. Самарқанд, 2006. Б. 29.



3 Пардаев М.Ҳ., Тўйчибоев Б.Б. Уструшона қадимда ва илк ўрта асрларда. Тошкент, 2017. Б. 42.

4 Пардаев М.Х. К вопросу об эволюции планировки замков- рабатов в Северо-Западной Уструшане // Тез, докл.науч.конф. посвящ.80-летию акад. Я.Г.Гулямова,-Т.: 1988. -С.72.

5 Ибн Ҳавқал. Китоб сурат ал –ард (Араб тилидан таржима ва изоҳлар муаллифи Ш.С. Камолиддин). Тошент: ”Узбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2011. –Б: 68-70

6Пардаев М.Ҳ., Тўйчибоев Б.Б. Уструшона қадимда ва илк ўрта асрларда. Тошкент, 2017. Б. 60.

7 Ибн Ҳавқал. Китоб сурат ал –ард... –Б: 70.

Download 19,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish