Ishlab chiqaruvchi bahosi asosiy baho bilan mahsulotlar uchun sof soliqlar yig'indisidan iborat.
Mahsulotlar uchun sof soliqlar ishlab chiqaruvchi birlikning mahsulot uchun to’lagan soliqlaridan shu turdagi subsidiyalarni chegirish natijasida topiladi.
Iste'molchi bahosi ishlab chiqaruvchi bahosi bilan savdo-transport ustamasi yig'indisidan iborat.
Savdo-transport ustamasi savdo va transport tashkilotlarining tovarni iste'molchiga yetkazishdagi \izmatlari uchun oladigan qiymat miqdoridan iborat.
Kapital transfertlar va ularning shakllari
76
Kapital transfertlar mamlakat sektorlari o'rtasidagi o'zaro qayta taqsimlash operatsiyalari va tashqi dunyo sektori birliklaridan olingan va ularga berilgan kapital xarakterdagi operatsiyalar natijalaridan iborat.
Kapital transfertlar 3 turga bo'linadi: kapital uchun soliq; investitsiya subsidiyalari; boshqa kapital transfertlar.
Kapital uchun soliqlar tarkibiga ishlab chiqarishda foydalanilmaydigan mulklari uchun aholi va institutsion birliklar tomonidan to'lanadigan soliqlar, mulklarini bir- birlariga bepul berganliklari uchun to'lanadigan to'lovlar, meros uchun qoldiriladigan yoki beriladigan uy-joy yoki boshqa mol-mulk uchun to'lanadigan to'lovlar kiradi.
Investitsiya subsidiyalariga davlat byudjetidan rezident yoki norezident birliklarga asosiy fondlarni sotib olish uchun beriladigan moliya resurslari va natura holidagi (ish joylari, transport vositalari, qurilmalar va h.k.) transfertlar kiradi.
Bunga misol sifatida davlat byudjeti tomonidan korxonalarga kapital xarakterdagi xarajatlar (ish maydonlarini kengaytirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ma'lum bir loyihalarni to'laligicha yoki qisman moliyalashtirishda qatnashish va h.k.)ni qoplash uchun beriladigan mablag'larni va davlat tomonidan korxonalarga bepul beriladigan ish joylari, avtomobillar, stanoklar va qurilmalar, komp'yuterlar kabi asosiy vositalarni keltirish mumkin. Bu misolda davlat boshqaruv idoralari sektori uchun resursda transfertlar berilgan deb yoziladi. Korxonalar sektori uchun resursda transfertlar olingan deb va ishlatilishida asosiy kapitalning yig'ilmasida yozib qo'yiladi.
Boshqa kapital transfertlarga kapital uchun soliqlar va investitsiya subsidiyalariga kiritilmagan boshqa kapital transfertlar kiradi. Bunga misol tariqasida davlat tomonidan korxonalarga va quyi bo'g'in boshqaruv idoralariga asosiy kapital uchun qarzlarini yopib yuborish yoki to'lab qo'yish, korxonalar va uy xo'jaliklarining boshqa tashkilotlarga uy-joylarni yoki kapital xarakterdagi mahsulotlarni xadya etish yoki meros qoldirish operatsiyalarini keltirish mumkin.
Asosiy kapitalning yalpi yig'ilmasi ko'rsatkichi yangitdan (kuzatilayotgan davrda) qurilgan uy-joy va inshootlarning, sotib olingan mashinalar, qurilmalar, transport vositalari, stanoklar va va shularga o'xshash asosiy ishlab chiqarish vositalarining qiymatlarining yig'indisidan iborat.
Moddiy aylanma mablag'lar zaxirasining o'zgarishi ko'rsatkichi orqali xom ashyo va butlovchi materiallar, yoqilg'i, asbob-uskunalar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor (sotilmagan) mahsulotlarning hisobot boshidan oxiriga qadar miqdorlarining o'zgarishlari (ko'paygan bo'lsa +(plyus), aks holda -(minus)) yoziladi.
Sotib olingan qimmatbaho buyumlar sof miqdori ko'rsatkichi barcha sotib olingan qimmatbaho buyumlar miqdoridan sotilganini ayirib topiladi. Bunday qimmatbaho buyumlar qatoriga qimmatbaho esdalik sovg'alari, zebi-ziynatlar, san'at
77
asarlari, oltin va kumush kabi metallar, boshqa o'z qiymatini uzoq vaqt yo'qotmaydigan buyumlar kiradi.
Sof olingan er va boshqa aktivlarga sof olingan er qiymati va nomoddiy ishlab chiqarilmagan aktivlar (patentlar, litsenziyalar, mualliflik huquqlari) qiymati kiradi. Bu ko'rsatkich sof holda yoki sotib olingan er va boshqa aktivlar qiymatidan sotilganlari qiymatini chegirib tashlagan holda hisoblanadi.
Sof kreditlash yoki qarzlar (qarz olish) bu schyotning muvozanatlashtiruvchi ko'rsatkichi hisoblanadi. Bu ko'rsatkich u yoki bu sektorning boshqa sektorlarga kapital xarajatlarini moliyalashtirish uchun resurslarini berib turganligini yoki olganligini bildiradi.
Kapital xarajatlar schyotini iqtisodiyot sektorlari kesimida tuzish iqtisodiy tahlil va mamlakat iqtisodiyotini rivojlanish istiqbollarini bilish uchun juda muhim ma'lumotlarni beradi. Shu sababli, iqtisodiyot sektorlari kapital xarajatlar schyotlarini tuzilish sxemasini yoritishga harakat qilamiz.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |