MAVZU. JAMG'ARISH HISOBLAMALARI
Reja:
Sarmoya bilan operatsiyalar hisoblamasi va uning ko 'rsatkichlari.
Kapital transfertlar va ularning shakllari
Moliya hisoblamasi va uning ko'rsatkichlari.
Moliya aktivlari va ularning turlari.
Aktivlar hajmidagi boshqa o'zgarishlarni hisoblamasi va uning ko'rsatkichlari.
Qayta baholash hisoblamasi va uning ko'rsatkichlari.
Xolding foydasi (zarari) va uni statistik o'rganish ahamiyati.
Sarmoya biian operatsiyaiar hisobiamasi va uning ko'rsatkichiari.
Schyotni tuzishda har bir birlik uchun aktivlar nima, majburiyatlar nima ekanligini aniq bilib olish kerak. Odatda, bir birlik uchun aktiv bo'lgan operatsiya boshqa birlik uchun passiv yoki majburiyat sodir bo'ladi. Rezident birlik ega bo'lgan chet el valyutalari rezident uchun aktiv bo'lsa, norezident uchun majburiyat bo'ladi. Milliy valyutani norezident qo'liga o'tishi valyuta egasi bo'lgan mamlakat uchun majburiyat hosil qiladi. Boshqa birlik tomonidan kiritilgan investitsiyalar olgan birlik uchun majburiyat bo'ladi, bergan birlik uchun aktiv bo'ladi. Kreditorlik qarzlari qarzdor uchun majburiyat, qarz beruvchi uchun aktiv bo'ladi. Barter operatsiyalarida mahsulotni birliklar bir-birlariga yetkazish bir hisobot davriga to'g'ri kelmay qolishi mumkin. Buning natijasida, mahsulotni to'laligicha yetkazmagan birlikda majburiyat va qarshi tomonda talab (debitorlik) yuzaga keladi. SHuni e'tiborga olish lozimki, faqat monetar oltin egasi uchun aktiv bo'ladi va boshqa birlik uchun majburiyat hosil qilmaydi. Odatda, monetar oltin bilan bo'ladigan operatsiyalar mamlakatlar markaziy banklari o'rtasida amalga oshiriladi va mamlakat miqyosida moliya schyotida qayd etiladi.
Operatsiyalar ular sodir bo'lgan davrdagi bozor baholarida qayd etiladi. Bozor baholari talab va taklifdan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Iqtisodiyotda bo'layotgan iqtisodiy jarayonlar keng qamrovli bo'lib, unda bir qancha ishtirokchilar ishlab chiqaruvchi yoki iste'molchi sifatida qatnashadilar. Tovarni ishlab chiqarishdan to iste'molchiga etib borguncha uning ishlab chiqaruvchidagi, sotuvchidagi va sotib oluvchidagi baholari turlicha bo'lishi mumkin. Chunki, mahsulot ishlab chiqaruvchidan boshqa birliklarga sotilayotganda mahsulot narxiga keyinchalik, mahsulot uchun soliqlar, transport va savdo ustamalari qo'shilib, mahsulot iste'molchiga yetib borguncha uning narxi o'zgarib boradi.
Shu sababli, bu jarayonlarni hisobga olishda qayta hisoblarga yo'l qo'ymaslik va ularni o'zaro muvofiqlashtirish yagona baholash tizimini ishlab chiqishni talab etadi.
MHTda iqtisodiy jarayonlarni hisobga olishda, omil bahosidan, asosiy bahodan, ishlab chiqaruvchining bahosidan va sotib oluvchi (iste'molchi) bahosidan
75
foydalanish mumkin. Bu baholarning tarkibi va biridan ikkinchisini keltirib chiqarish tartibi quyidagi sхemada keltirilgan:
|
Do'stlaringiz bilan baham: |