Iqtisodiyot sektorlari daromadlarni ishlatilishi schyotini tuzish. Daromadlarni ishlatilishi schyotini nomoliya va moliya korxonalari sektorlari uchun tuzish zarurati bo'lmaydi. Chunki, bu sektorlarda pirovard iste'mol bo'lmaydi. Bu korxonalarning ishlab chiqarish uchun sarf etgan tovar va xizmatlar xarajatlari oraliq iste'mol hisoblanadi. Garchi bu korxonalar o'z ishchi - xizmatchilari uchun tovar va xizmatlarni pirovard iste'mol uchun bergan bo'lsalar ham, bu tovar va xizmatlar miqdori ishchi - xizmatchilarga berilgan natura holidagi ish haqi deb ta'riflanadi. Bu sektorlarning ixtiyordagi daramadlari jamg'armaga teng bo'ladi.
Davlat boshqaruv idoralari sektori tuzatilgan ixtiyordagi daromadga egaligi oldingi mavzulardan bizga ma'lum. Shu sababli, bu sektor uchun tuzatilgan ixtiyordagi daromadni ishlatilishi schyoti tuziladi. Schyotni tuzish sxemasi quyidagicha:
Davlat bоshqaruv idоralari sеktоrining tuzatilgan iхtiyordagi darоmadni
ishhitilishi schyoti
Ishlatilishi
Resurslar
2. Mamlakat aholisiga bepul ko'rsatilgan kollektiv xizmatlar (yakuniy iste'mol), hammasi
Shu jumladan:
Boshqaruv xizmatlari
Bundan avvalgi mavzularda (Natura holidagi daromadlarni qayta taqsimlash schyoti) davlat boshqaruv idoralari sektori o'ziga tegishli ixtiyordagi daromadning bir qismini (individual ko'rsatilgan xizmatlar va tovarlar) uy xo'jaligi sektorining yakuniy iste'moli uchun natura holidagi sotsial transfert sifatida uy xo'jaligi sektoriga
63
berganligi aytib o'tgan edik. Shu sababli, bu schyotda Davlat boshqaruv idoralari sektori tomonidan hisobot davrida aholiga ko'rsatilgan kollektiv xizmatlar va saldo ko'rsatkich bo'lgan jamg'arma miqdori ifoda etiladi.
Davlat boshqaruv idoralari sektori tomonidan aholiga ko'rsatilgan kollektiv xizmatlar uning yakuniy iste'moli hisoblanadi.
Kollektiv xizmatlar mamlakat aholisining hammasiga birvarakayiga va bir vaqtda bepul ko'rsatilgan xizmatlardan iborat. Bu xizmat bilvosita ko'rsatiladi va uning ko'rsatilishida aholining roziligi talab qilinmaydi. Bundan tashqari, bu xizmatlar bir birlik va aholi guruhlari tomonidan iste'mol qilinishi boshqa aholining bu xizmatlardan foydalanishiga to'sqinlik qilmaydi.
Davlat boshqaruv idoralarining yalpi jamg'arma ko'rsatkichi bu sektorning ishlab chiqarish vositalarini tiklash va yangilashga sarflagan xarajatlari miqdorini ifodalaydi. Bu miqdor manfiy yoki musbat bo'lishi mumkin. Bu miqdorning manfiy bo'lishi hisobot davrida sektorning asosiy kapitali emirilganligini bildiradi. Asosiy vositalarni tiklash va yangilashga sarflangan xarajatlar davlat boshqaruv idoralari sektorining kapital xarajatlar schyotida qayd etiladi.
Uy xo'jalirlarinig xarajatlari.
MHTda xarajatlar ikki turga ajratiladi: oraliq iste'mol va birlamchi xarajatlar. Oraliq iste'mol korxonaning tovar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun boshqa institutsion birliklardan sotib olgan tovar va xizmatlar(xom ashyo, butlovchi materiallar, auditorlik xizmati, ijara to'lovlari va h.k.) miqdoridan iborat. Birlamchi xarajatlar tarkibiga ishlab chiqarishda birlamchi omillarga bo'ladigan xarajatlar kiradi. Ular tarkibiga ish haqi (ijtimoiy sug'urta bilan birga), ishlab chiqarish soliqlari, asosiy kapitalning iste'moli kiradi. Birlamchi xarajatlar va oraliq iste'molning umumiy yig'indisi yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng bo'ladi.
Buxgalteriya hisobida xarajatlar moddalar va elementlar bo'yicha guruhlanadi. Albatta, bu guruhlanish MHT prinsiplaridan tubdan farq qiladi. Bu guruhlanish korxonaning u yoki bu mahsulotni yetkazishga ketgan xarajatlari miqdorini aniqlash, mahsulot tannarxini bilish va foydadan soliq olish bazasini aniqlashga qaratilgan. Bu ko'rsatkichlardan MHTda to'g'ridan-to'g'ri foydalanish ancha mushkul. Bu ko'rsatkichlardan foydalanib MHT ko'rsatkichlarini hisoblash uchun bir qancha qo'shimcha hisob-kitoblarni bajarish kerak bo'ladi. Bundan tashqari, buxgalteriya hisobida xarajatlarni baholash vaqti va uslubi MHTdagidan ancha farq qiladi. MHTda tovar va xizmatlarning qiymati ishlab chiqarishda ishlatilayotgan vaqtdagi baholarda baholash tavsiya etiladi. Buxgalteriya hisobida esa, bu tovar va xizmatlarning qiymati sotib olingan vaqtdagi baholarda qayd etiladi. Buxgalteriya hisobida inflyatsiya jarayonlari natijasida va tovarning turib qolishi natijasida ularning baholaridagi o'zgarishlar hisobga olinmaydi.