Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
230
gugurtning aynan galogenlarga qanday bog’liqligini o’ylab, fikrlab ko’radilar. Agar
o’rganuvchilar xlorning kislorodli birikmalaridan KClO
3
-bertole gugurt tayyorlashda
ishlatilishini to’g’ri javob sifatida taqdim etmasalar o’qituvchi tomonidan tahliliy va to’g’ri
javob beriladi.
Taklif etilayotgan usulning muhim tomoni shundaki, bunda o’rganuvchilar
birinchidan matn ustida ishlashni o’rganadi, birgalikda faol harakatda bo’ladi,
hamkorlikda ishlaydi, to’g’ri», «noto’g’ri», «matnda berilmagan» kabilarga ajratib
chiqishni o’rganadi, tezkor va to’g’ri qaror chiqarishni, qaror qabul qilishni va ayniqsa
mustaqil fikrlashni o’rganishida o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
T.V.Cheremuxina. Ximiyadan o’quvchilar bilan individual ish olib borish.
T.O’qituvchi. 1989 y.
G.M.Chernobel’skaya. Osnovi metodiki obucheniya ximii. M.Prosveshenie. 1987 g.
G.R Xamidova. Kimyo o’qitish metodikasi fanidan uslubiy qo’llanma. Toshkent 2000
y.
N. A. Parpiev, H. R. Raximov, A. G. Muftaxov – Anorganik kimyo. Toshkent
“O’zbekiston” 2000.
I.R. Asqarov va boshq. 8- sinf kimyo darsligi. Toshkent «O‘zbekiston” 2019.
KARBOKSIMETILSELLYULOZA XOSSALARIGA ISHQORIY ISHLOV
JARAYONINING TA`SIRI
G.Bustonova, M.Kamalova, T.Saypiyev
Sellyuloza insoniyatga avvaldan ma`lum bo’lgan va tabiatda juda keng tarqalgan
tabiiy polimer xisoblanadi. Sellyuloza ko`plab bir va ko`p yillik o`simliklarni tanasini
asosiy qismini tashkil qiladi oddiy bir ikki va ko`p yillik yuksak o`simliklarda tana,
yog`och, barg, poya, ildiz qismlarida ba’zi o`simliklarning esa xususan paxta, kanop, zig`ir
kabilarning tolasida sellyulozaning miqdori yuqori.
Tabiatda sellyulozaning hosil bo`lishi, sintezlanishi ya’ni biosintez jarayoniga
ko`plab omillar ta’sir qiladi: tuproq, tuproqning holati, namlik, harorat va ishlov
berishning turiga qarab qolaversa pishib yetilganligiga bog`liq ravishda har xil
xomashyolar tarkibida sellyuloza miqdori turlicha bo`ladi. Yog`och, paxtani qayta ishlab
insonlar avvaldan qog`oz olish bilan shu`gullanib kelishgan.
Fan – texnika taraqqiyotining rivojlanib borishi sellyuloza va u asosidagi
mahsulotlarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish hamda hamda xalq xo`jaligining barcha
tarmoqlarida ishlatilishiga olib keldi. Sellyulozaning sanoatda ishlab chiqarilish miqdori
va uning qo’llanilish sohalari barcha sintetik polimerlarning shunday ko’rsatkichlaridan
o’nlab xissa ko’pdir.
Sellyuloza bilan olib boriladigan qator kimyoviy reaksiyalar uning gidroksil guruhi
hisobiga olib boriladi. Uning turli moddalar bilan hosil qilgan mahsulotlari xossalari
quyidagi holatlar bilan tavsiflanadi:
Tegishli moddaning kimyoviy xossasi bilan, polimer molekulasi zanjiridagi
almashinishga uchraydigan funksional guruhlarning molekula bo’yicha joylanishi bilan,
o’rtacha etirifikatsiyalanish darajasi yoki o’rtacha almashinish darajasi bilan, turli
fraksiyalarning bir tekisda etirifikatsiyalanishi va sellyuloza xossalarining kimyoviy bir
Do'stlaringiz bilan baham: |