Namangan davlat universiteti pedagogika psixologiya fakulteti



Download 47,62 Kb.
bet2/13
Sana16.03.2022
Hajmi47,62 Kb.
#497109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Logopsixalogiya va psixologik korreksiya metodlari

Tadqiqot maqsadi :
Nutqida nuqsoni bor bolalarning diqqat xususiyatlarini o’rganish.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni belgilab oldim;
1.Ilmiy adabiyotlarda muammoning yoritilish holatini o’rganish;
2.Nutqida nuqsoni bor bolalarning diqqat xususiyatlarini eksprimental o’rganish;
3.Nutqida nuqsoni bor bolalar diqqatining o’ziga xosligini hisobga olgan holda korreksion rivojlantirish bo’yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
Tadqiqot obyekti:
Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar diqqati
Tadqiqot predmeti:
Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar diqqatini o’rganish jarayoni.
Tadqiqot metodlari:
-mavzuga doir ilmiy-pedagogik –psixologik adabiyotlarni o’rganish;
-bolalarni o’yin, mehnat jarayonida kuzatish;
-bolalarning tibbiy-pedagogik hujjatlarini o’rganish;
-ota-onalar bilan suhbatlashish;
-tajriba-sinov natijalarini son va sifat jihatdan tahlil qilish.
Tadqiqotning metodologik asosi: Mustaqilligimiz asoschisi, birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning asarlaridagi ta’lim to’g’risida ilgari surilgan fikrlar, ”Ta’lim to’g’risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Maxsus ta’lim konsepsiyasi”, “Bolalarni himoya qilish konvensiyasi”, hukumatimizning xalq ta’limi hamda O’zbekiston Respublikasining Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirliklarining me’yoriy hujjatlari, sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari tashkil etadi.
Kurs loyiha ishim kirish, 2ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. Muammoni o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari.
1.1.Muammoni pedagogik-psixologik va metodik adabiyotlarda o’rganilishi.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov: ”Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O’zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz” deb ta’kidlagan edilar.
Nutq nuqsonlarini o’rganib kelayotgan olimlar L.R.Muminova, M,Y.Ayupova, X.M.Polatova, D.A.Nurkeldiyeva M.P.Xamidova, Z.Axmedova, Y.Y.CHecherina va boshqalar o’z tadqiqotlarida nutq nuqsonlarining mexanizmlari, sabablari, alomatlari va bartaraf etish usullarining ilmiy-metodik asoslarini yaratdilar.
Nutqiy buzilishlari jarayonida nutqiy buzilishlar va bilish faoliyatining o’zaro munosabatlarini Y.M.Mastyukova tadqiq etgan.
O.N.Usanova, Y.F.Garkusha, N.T.Senyakova kabi olimlar nutqiy patologiyasi mavjud bolalar diqqati xususiyatini tadqiq etganlar. Ularning fikricha, bolalar diqqatining beqarorligi o’z xarakatlarini rejalashtirishda o’ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
O.N.Usanova va O.A Slenkoning ta’kidlashicha, nutqiy nuqsonga ega bolalar uchun o’quv faoliyatining o’ziga xosliklari xarakterli.Masalan duduqlanuvchi bolalar uchun odatiy shart-sharoitlarning o’zgarishi faoliyat turg’unligining pasayishiga, diqqatning tarqoqligiga olib keladi.Bir faoliyat turidan ikkinchi bir faoliyat turiga ko’chish bilan bog’liq topshiriqlar qiyinchilik tug’diradi. Aqliy va iroda zo’riqishini talab etuvchi topshiriqlarni bajarishda topshirilgan ish turidan nisbatan odatiy, avval egallangan ish turiga o’tish kuzatiladi. Ba’zi bolalarda shaxsiy singari, o’zgalar faoliyati natijalarini ham mustaqil nazorat eta olmaslik kuzatiladi. Mazkur bolalar mashg’ulotlar davomida shaxsiy javoblarni fikrlab, tegishli misollarni tayyorlash, do’stlari javoblarini tenglash, qiyinchiliklar tug’ilganda ularga yordam berish, noto’g’ri javoblarni to’g’rilashda qiyinchiliklarni sezadilar. O’qish davomida ular o’z shaxsiy xatolarini, o’rtoqlarining xatolarini sezmaydilar, dialoglarni “rollarga” bo’lingan holda o’qish davomida “o’z” so’zlarini o’z vaqtida talaffuz etmaydilar, ba’zan har ikki kishi so’zini bir vaqtda o’qiydilar. Darslarga tayyorgarlik ko’rish davomida mazkur bolalar topshiriqlarni bajarishning mexanik usullariga murojat etib o’qilganlarni anglab tushunib yetishni emas, balki yod olishni ma’qul ko’radilar.
Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar uchun diqqat-e’tiborning o’zgaruvchanligi, ixtiyoriy diqqatning pastligi, o’z harakatlarini rejalashtirishdagi qiyinchiliklar kabi bir qator xususiyatlar xosdir.
Diqqat ta’sir etuvchi analizatorlarning (ko’rish yoki eshitish) ishtirokiga ko’ra farqlanadi: nutqida kamchiligi bor bolalarda diqqatni to’plash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Masalan nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda rang, shakl, figuralarning fazoviy joylashishini farqlashda xatolar ko’p uchraydi. Bunday bolalar diqqatining tarqoqligi tufayli biror bir ishni oxiriga yetkaza olmaydi.
Motor alalik bolalar bilan o’tkazilgan eksprimental tadqiqotlar natijalari asosida quyidagi xulosalarga kelindi:
-motor-alalik bolalarda ixtiyoriy diqqatning miqdor ko’rsatkichlari darajasi nutqi me’yorda rivojlangan bolalarga nisbatan ancha past;
-motor-alalik bolalarda ixtiyoriy diqqatning xarakteri ko’rish va eshitish qo’zg’atuvchilarining ta’siriga bog’liq bo’ladi:bunda nutq kamchikilariga ega bo’lgan bolalar uchun berilgan vazifalarni bajarishda so’z bilan ifodalangan og’zaki ko’rsatmalardan ko’ra ko’rish orqali berilgan ko’rsatmalarga o’z diqqatini jamlash osonroq kechadi;
-motor-alalik bolalar uchun faoliyatning reproduktiv turi (normada-produktiv) ko’roq hosil bo’ladi, ularda biror vazifani bajarishda mustaqil izlanish, har-xil variantlarni sinab ko’rish qobliyati sust bo’ladi;
-o’yin faoliyatida esa motor alalik bolalar vazifani bajarishda normal bolalar bilan bir qatorda faoliyat ko’rsatishlari mumkin, bu ularning aynan o’yin sharoitida ko’nikmalarni yuqoriroq darajada qo’llay olishlaridan, ya’ni faolroq faoliyat ko’rsata olishlaridan darak beradi, demak alalik bolalar faoliyatining sifati logoped ularning diqqatini qay darajada jamlay olishiga bog’liq;
-motor alalik bolalarda ixtiyoriy diqqat past darajada rivojlangan bo’ladi va bu ularda ruhiy jarayonlarning shakllanishiga tusqinlik qiladi yoki faoliyat tuzilishining buzilishiga olib keladi.
Bunda: a) yo’l-yo’riqlarni bolalar aniq emas, balki uzuq-yuluq idrok etadilar; ular berilayotgan vazifa shartlariga diqqatlarini jamlashga, uni bajarish usullari va vositalarini izlashga qiynaladilar; yo’l-yo’riqlarni aniqlashtirib olish maqsadida odatda nutqdan foydalanmaydilar;
b) motor alalik bolalar berilgan vazifalarni xatolar bilan bajaradilar, bunda xatolar xarakteri va vazifaning bajarilish vaqti me’yordagi bolalarnikidan sifat jihatdan ancha farq qiladi;
d) vazifalarni bajarishda barcha o’z-o’zini nazorat qilish turlari (oldingi, joriy va keyingi) shakllanmagan yoki ancha buzilgan bo’ladi (O.N.Usanova, Y.F.Garkusha, 1985).
Shunday qilib, har qanday nutq buzilishlariga ega bo’lgan bolalarning ixtiyoriy diqqatini shakllantirish uchun uni faoliyat jarayonida muntazam va tizimli rivojlantirib borish kerak. Bunda diqqat buzilishining xar bir nutq kamchiligida (alaliya, dizartriya, rinolaliya, duduqlanish va hokazo) o’ziga xos namoyon bo’lish xususiyatlari hisobga olinishi va bu ish boshqa oliy psixik funksiyalarning rivojlanishi bilan yaqin aloqada olib borilishi shart.

Download 47,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish