2.2. Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar diqqatining o’ziga xosligi.
Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqatni nutq va amaliy harakat o’rtasida bo’lish amalda bajarib bo’lmaydigan qiyin vazifa hisoblanadi .Bolalar diqqatidagi kamchiliklar butun ish jarayoni davomida kuzatiladi. Ularda diqqatning ko’chishi, ya’ni bir narsadan ikkinchi boshqa narsaga, faoliyatning bir turidan boshqa turiga o’tishi qiyinchiliklar bilan kechadi. Buning sabablaridan biri ketma –ket qilinadigan ish mazmunlari o’rtasida bog’liqlikning borligi yoki yo’qligida. Agar bunday bog’liqlik bo’lsa, diqqat tez va oson ko’chadi. Diqqat ko’chishining yengillik yoki qiyinlik sabablaridan yana biri diqqat qaratilgan narsalarga va bajarilayotgan ishlarga nisbatan bolalarning munosabatlaridadir. Nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarda diqqat ko’chishining qiyinligi ularning o’z nuqsonlariga nisbatan munosabatlari bilan ham belgilanadi. Ba’zi bolalar o’z nuqsonlarini anglab, undan uyaladilar, ba’zilar nuqsonlariga parvo ham qilmaydilar va to’g’rilashga intilmaydilar. Mana shu omillar diqqatni to’plashga va nutq kamchiliklarini yengishga to’sqinlik qiladi.
Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun diqqatni nutq va amaliy faoliyat o’rtasida taqsimlash murakkab, ba’zida bajara olmaydigan vazifaga aylanadi. Faoliyatni nazorat qilishning barcha turlari (boshlang’ich, joriy va yakuniy ) ko’pincha shakillanmagan yoki katta kamchiliklarga ega bo’ladi. Bunda boshlang’ich nazoratning shakllanmaganligi alohida ko’zga tashlanib, u qo’yilgan topshiriq shartlari tahlil qilishdagi qiyinchiliklarda aks etadi. Yakuniy nazorat esa faqat o’qituvchining yordamida amalga oshiriladi. Ihtiyoriy diqqat xususiyatlari chalg’ishning o’ziga xos ravishda namoyon bo’lishida aks etadi. Nutqida nuqoni bo’lgan bolalar faoliyat davomida ya’ni “ derazadan qarash”, “ topshiriqni bajarish bilan bog’liq bo’lmagan xatti-harakatlar “ produktiv bo’lmagan chalg’ish kuzatiladi.
Nutqi rivojlanmagan bolalar uchun diqqat – e’tiborning qator xususiyatlari xarakterli: o’zgaruvchanlik, erkin e’tiborning past darajadagi ko’rsatkichlari, o’z xarakatlarini rejalashtirishdagi qiyinchiliklar. Bolalar masalani hal qilishda turli usul va vositalarni qidirib, shart-sharoit tahlilida qiyinlik bilan diqqat-e’tiborlarini to’playdilar.
Diqqat-e’tiborning erkinligini namoyon qilish farqida ta’sir etuvchining modalligiga bo’y sunishi ma’lum bo’ladi (ko’rish yoki eshitish): Nutqida patologiyasi bor bolalarda ko’rish sharoitiga qaraganda vazifani so’z qo’llanmasi sharoitida bajarish uchun, diqqat-e’tiborni to’plash ancha og’ir. Birinchi marta ranggi, shakli, figuralarning joylashishiga ko’ra farq qilishda qo’pol buzilishlar bilan bog’liq xatolarning soni ko’pligi kuzatiladi.
NTR maktab yoshiga yetmagan bolalarda faoliyat tezligining barqarorligi ish jarayonida intilishni pasayishiga olib keladi.
Nutqida patologiyasi bor bolalarda diqqat-e’tiborni nutq va amaliy xarakat o’rtasida bo’lish, amalda bajarib bo’lmaydigan qiyin vazifa hisoblanar ekan. Shu bilan birga, ularda oydinlashtirish va ta’kidlash felidagi nutq qarshiliklari ustun keladi, unda nutqi sog’ rivojlangan bolalardagi kabi murakkab qarshiliklar kuzatuvidagi fe’lda va shu paytda bajarilayotgan harakatga bog’liq bo’lmagan qarshiliklar kuzatiladi.
NTR li bolalarda diqqat-e’tibor xatolari butun ish davomida qatnashadi va doimo mustaqil e’tibor qilinmaydi va yo’qotilmaydi. Xatolar fe’li va ularning o’z vaqtida bo’linishi me’yordan sifatli farqlanadi.
Faoliyat ustidan nazoratning hamma ko’rinishlari (avvalgi, hozirgi, keying ) tez shakillanmagan yoki ancha buzilgan bo’ladi, shu bilan birga vazifa shartlarini tahlili bilan bog’liq bo’lgani uchun, ko’proq nazoratning hozirgi turi qiynaladi ( vazifani bajarish jarayonida ). Keyingi nazorat ( natijalar bo’yicha nazorat ), uning ayrim belgilari asosan pedagogning qo’shimcha yordami orqali ko’rinadi: qo’llanmani takrorlash talab qilinadi, namunani ko’rsatish, aniq ko’rsatmalar va boshqalar. Nutqi rivojlanmagan bolalarning erkin diqqat –e’tiborining xususiyatlari chalg’itish xarakterida namoyon bo’ladi. Nutqi sog’ bolalar uchun “tajriba o’tkazuvchiga” faoliyati jarayonida chalg’itishga intilish xarakterli ( bolalar tajriba o’tkazuvchiga qarab, u yoki bu vazifani to’g’ri yoki noto’g’ri bajarishganini uning ta’siridan aniqlashga xarakat qilishadi ) , nutqida patologiyasi bor bolalar uchun esa ko’pincha chalg’itishning quyidagi ko’rinishlari bo’ladi: “ derazaga qaradi ( atrofga ) “, “ vazifa bilan bog’liq bo’lmagan harakatlarni amalga oshiradi “ . Nutqi og’ir buzilgan bolalarda erkin diqqat- e’tiborning past darajadaligi ularning shakillanmaganligiga yoki faoliyat tuzilishining buzilishiga olib keladi.
2.3. Nutq kamchiliklariga ega bo’lgan bolalar diqqatini tekshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |