Laboratoriya ishi -2
Suvning umumiy qattiqligini aniqlash.
Ishning maqsadi: Kompleksonometriya usulida suvning umumiy qattiqligini aniqlash
Kerakli jihozlar va reagentlar: Konussimon 250 ml hajmli kolba, 100 ml hajmli byuretka 100 ml li pipetka, 25 ml hajmli tsilindr, 0,05 mol/l konsentratsiyali trilon B eritmasi, bufer eritma indikator kuk yoki kora xromogen, natriy sulfidi, 1% li gidroksilaminxlorid eritmasi.
Ishning bajarilishi
Kolbaga tekshiriladigan suvdan 100 ml solinadi. Uning ustiga 5 ml bufer eritma (ammiakli aralashma) va 5-7 tomchi indikator (kora yoki kuk xromogen) tomiziladi. So’ngra darxol trilon B eritmasi bilan aralashtirib turilgan holda titrlanadi. Titrlash kizil-binafsha rangdan kuk binafsha rang hosil bulguncha ya’ni ekvivalent nuktasigacha davom ettiriladi.
Agar titrlashga 10 ml dan kup trilon B sarflansa, olingan suvda Sa2+ va Mg2+ ionlarining birgalikdagi miqdori 5 mol/l dan ortik ekanligini ko’satadi. U holda tekshiriladigan suvdan kamgina olib uni ustiga 100ml distillangan suv quyib boshqadan titrlanadi.
Suvning tarkibida mis, rux, marganets ionlari xamda kup miqdorda korbonatli va gidrokarbonatli tuzlar bo’lsa umumiy qattiqlikni aniqlashga xalakit beradi. Agar titrlaganda ekvivalent nuktada rangning o’zgarishi aniq ravshan bulmasa bu suv tarkibida rux va mis ionlari borligidan dalolat beradi. Ularni yuqotish uchun tekshiriladigan suvga 1-2 ml natriy sulfid eritmasidan kushib yuqorida aytilgandek titrlanadi. Agar tekshiriladigan suvga bufer eritma va indikator kushilgach eritma sekinlik bilan rangsizlanib kul rang holatga utsa, suvda marganets ioni bor bo’ladi. U holda tekshiriladigan suvga avval 5 tomchi gidroksilaminxlorid eritmasidan tomiziladi va so’ngra reaktivlar kushib yuqorida aytilganidek titrlanadi. Agar titrlash qiyin bo’lsa chuzilib ketsa ekvivalent nuktada aniq rang hosil bulmasa rang bekaror tez o’zgaruvchan bo’lsa bu xolat tekshiriladigan suvning ishqoriylik darajasi yuqoriligini kursatadi Ishqoriylikni yuqotish uchun tekshiriladigan suvga 0,1 mol/l konsentratsiyali xlorid kislota eritmasidan ozgina qo’shiladi, so’ngra eritmaga 5 minut mobaynida havo puflab turiladi. SHundan so’ng bufer eritma va indikator kushib titrlanadi.
Umumiy qattiqlik quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Bunda: KU –suvning umumiy qattiqligi, V1 – trilon B ning titrlash uchun ketgan hajmi, ml; S- trilon B ning konsentratsiyasi, mol/l; V2 – tekshirish uchun olingan suv hajmi, ml.
1. Trilon B eritmasini tayyorlash.
2,3125 g trilon B o’lchab olinib 1l. li kolbaga solib ustiga distillangan suv quyib eritiladi va hajmini 1 l ga yetkaziladi.
2. Indikator eritmasini tayyorlash.
Indikator- qora yoki kuk erioxromdan 0,5g o’lchab olinadi va 10 ml ammiakli bufer aralashmada eritiladi, so’ngra eritma hajmi 100 ml ga yetguncha etanol bilan suyultiriladi. (indikatorni 10-12 kundan kup saqlab bo’lmaydi, uni kora shisha idishda saklash kerak).
3. Ammiakli bufer eritmasini tayyorlash.
100 ml ammiak (20% li) va 100 ml ammoniy xlorid (20% li) eritmalari aralashtiriladi va aralashma 100 ml etanol bilan yoki 800 ml distillangan suv kushib suyultiriladi. (distillangan suv tuz saklamasligi kerak, uni aniqlash uchun 100 ml suvga 1 ml bufer eritmasi va 6-7 tomchi indikator tomiziladi bunda kuk rang hosil bo’lsa suv yumshok hisoblanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |