© Namangan davlat universiteti
KIMYO TEXNOLOGIYA FANIDAN LABORATORIYA ISHLARI
Laboratoriya mashg’ulotlari
№
|
Mаvzulаr
|
1
|
Toshko’mirni flotatsiya usulida boyitish
|
2
|
Suvning umumiy qattiqligini aniqlash.
|
3
|
Suvni yumshatish va tuzsizlantirish.
|
4
|
Ammiakli selitra olish
|
5
|
Superfosfat olinishi
|
6
|
Silvinitdan kaliy xlorid olish
|
7
|
Gipsning qotish vaqtini aniqlash
|
8
|
Elektrokimyoviy usulda mis qoplamalarini hosil qilish
|
9
|
Neft mahsulotlarini zichligini aniqlash
|
10
|
Sovun olish.
|
11
|
Yog’ kislotalarning miqdorini aniqlash
|
12
|
Fenolformaldegid smolasini olish
|
13
|
Dixloretan ishlab chiqarishning moddiy balansini tuzish.
|
KIRISH
Qadim zamonlardayoq, ya’ni bundan taxminan 500 ming yillar oldin ibtidoiy odamlar olovdan foydalana boshlagan, olov esa laboratoriya vazifasini bajargan. Qadimgi Misr, Mesopatamiya, Kichik Osiyoda eramizdan 3 - 4 ming yil avval toza misdan buyumlar yasashgan va 3 ming yil avval bronza davri boshlangan.
Qadimgi dunyo (eramizdan 7000- 5000 yillar avval) oltin, kumush, qo’rg’oshin, qalay va misdan foydalanishgan. Simob ma’lum bo’lsa ham undan foydalanishmagan. Usha davrlardayoq hunarmandlar shisha va keramika- chinni tayyorlashni bilishgan. Temir rudalarini olovda eritib temir olish usulidan Misrda eramizdan 2800 yil, Xitoyda 2350 yillar oldin foydalanishgan.
Eramizdan ko’p asrlar oldin oltingugurt, tabiiy soda, mineral bo’yoqlar, o’simlik moylari, smoladan foydalanishgan, charm, kosmetik vositalar va portlovchi moddalar yasashni bilishgan. Bundan 3 ming yil avval odamlarga neft ma’lum edi.
Demak, insoniyat tabiiy boyliklardan foydalanish texnologiyalarini qadimdayoq kashf etishgan. Amaliy ishlar texnologiya nazariyalari yaratilishidan avvalroq boshlangan. Tabiiy xom-ashyodan iste’mol mollari, mehnat qurollari va boshqa narsalar ishlab chiqarish tasodifiy tanlov va tajribalarga asoslangan bo’lib, hunarmandchilik bilimi asta-sekin boyib borgan.
Texnologiya fani xomashyoni iste’mol mollari, ishlab chiqarish vositalari va boshqa zaruriy vositalarga qayta ishlash jarayonlari va usullarini o’rganadi.
Texnologiya so’zi grekcha bo’lib, “texnos”- sanoat yoki hunar, “lotos” - fan, ya’ni hunarlar fani demakdir. Ya’ni texnologiya - tabiiy xomashyodan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari va usullari haqidagi fan. Ishlab chiqarish usuli - mahsulot ishlab chiqarilguncha xom ashyo o’tib boradigan barcha jarayonlar tizimidan iboratdir. Jarayonlar tizimi esa kimyoviy texnologik sistemani (KTS) tashkil etadi. KTS esa xomashyo - tabiiy yoki sun’iy moddalar, boshqa sanoatning yarim mahsulotlaridan maqsadli mahsulot ishlab chiqarish sxemasi holida yoziladi.
Inson faoliyatida ikki yo’nalish asosiy o’rinni egallaydi. Biri insonning ma’naviy dunyosini yuksaltirishga yo’naltirilgan bo’lsa, ikkinchisi esa uning moddiy ehtiyojini qondirish uchun yo’naltiriladi. Demak, texnologiya insoniyatning moddiy ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladigan asosiy ilmiy yo’nalishdir.
Muhim fanlardan matematika, fizika, nazariy kimyo va boshqa fanlar hodisalarning umumiy qonuniyatlarini yaratgan holda, texnologiya bu qonuniyatlar asosida u yoki bu texnologik jarayonlarni mukammal sharoitlarini o’rganish, amaliyotda qo’llashda barcha soha fan yutuqlaridan foydalanadi va hamkorlikda ish olib boradi.
Texnologiya mexanik va kimyoviy yo’nalishga ega.
Mexanik texnologiya - moddalarning kimyoviy tuzilishi, tarkibi va xossalari o’zgarishi bilan boradigan jarayonlarni o’rganadi. Bundan ajratish shartli bo’lib, ko’pincha texnologik jarayonlarda fizik-kimyoviy hodisalar ro’y beradi.
Shuning uchun kimyoviy texnologiya fizikaviy va kimyoviy jarayonlarning barchasini qamragan holda o’rganadi va ularni sanoat miqyosida amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |