4-ish. Ion almashinish usulida suvni yumshatish.
Kationit kolonkasi (3-rasm) uzunligi 0,7 m, diametri 0,03 m li shisha nay bo’lib uning ichiga, ostki qismiga shisha paxta quyiladi va u 0,5 m balandligigacha kationit (KU-2 yoki sulfoko’mir kabilar) bilan tulgaziladi. Nayning ostki qismida jo’mragi bo’ladi.
Ishni bajarilishi. Ishni boshlash uchun avvalo kationitni regeneratsiyalash kerak. Buning uchun kation almashinish nayi orqali 8% li 0,7l xlorid kislota 25-30 minut o’tkaziladi. (kationitni yuvish tezligi 4-jo’mrak bilan boshqariladi). So’ngra hosil bo’lgan tuz kationitdan to xlor ioni tulik yukolguncha distillangan suv bilan yuviladi(AgNO3 bilan xlor ionining cho’kma berishiga asoslanadi). SHundan so’ng 200-250ml suvni nay orqali yigib olinadi va uning umumiy qattiqligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |