Namangan davlat universiteti kenjayev erkinjon habibullayevich



Download 254,42 Kb.
bet19/50
Sana23.04.2022
Hajmi254,42 Kb.
#575999
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Bog'liq
XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA TARIXI LOTIN yangi

Nazorat uchun savollar
1. Ilk o‘rta asrlar Vizantiya diplomatiyasidagi umumiy sifatlar nimadan iborat?
2. Strasburg qasami haqida ma'lumot bering!
3. Papa nunsiylarining faoliyati nimadan iborat?
4. Papaning o‘rta asrlar davridagi elchilarni qabul qilish tartibi haqida aytib bering!
5. Vizantiya diplomatiyasida elchining vakolatlari haqida ma'lumot bering!
6. Feodal tarqoqlik davridagi Yevropa diplomatiyasining o‘ziga xosligi nimada?
5-mavzu. O‘rta asrlarda Yevropada xalqaro munosabatlar va diplomatiya.


Reja: 1. O‘rta asrlar italyan diplomatiyasi
2. O‘rta asrlar fransuz diplomatiyasi
3. XV-XVI asrlarda diplomatik tartiblar va diplomatiyaga oid bilimlarining rivojlanishi.


Tayanch iboralar: bayyulo, yuz-yillik urush, levant savdo yo‘li, Alberiko Jentelini, Baltazar Ayala, Gugo Grotsiy.


O‘rta asrlar italyan diplomatiyasi. XI - XIII asrlarda Evropa va Sharq mamlakatlari o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar kengayib, mustahkamlanib borgan. Salib yurishlari bilan birga Genuya, Piza, Venetsiya, Florensiya kabi ital'yan respublikalarining savdo faoliyati hamda Vizantiyaning vositachilik roli bunday aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Ayniqsa, Italiya shahar-davlatlari diplomatiya va xalqaro munosabatlarning rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatgan. Ko‘plab zamonaviy tadqiqotchilar Italiyani zamonaviy diplomatiyaning vatani deb hisoblaydilar.
Italiya shahar-davlatlari qolgan Yevropa davlatlariga nisbatan yertaroq rivoj topgan bo‘lishiga qaramasdan, ushbu mamlakat tarqoq bo‘lib qolavergan. Venetsiya, Genuya, Milan, Florensiya kabi shaharlar haqiqiy siyosiy markazlarga aylangan bo‘lsalarda, ularning birortasi ham Italiyani birlashtiradigan darajada kuchli emasdi. Mamalakatni birlashtirishdan uning markazida joylashgan Papa davlati ham manfaatdor emasdi.
Yaqin Sharq va Yevropa o‘rtasidagi savdo-sotiqda asosiy vositachi hisoblangan Italiya shaharlari qo‘shni davlatlar hamda Sharq mamlakatlarida o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida konsullik hizmatlarini yo‘lga qo‘yganlar. Quddus qirolligi davrida salib yurishlarida homiylik qilgan italyan shaharlari savdogarlariga katta imtiyozlar berilgan. Bundan tashqari, salibchilar egallagan joylardan Venetsiya, Genuya, Piza kabi shahar-davlatlarga koloniyalar ajratib berilgan. Ushbu koloniyalar keng vakolatlarga ega bo‘lgan vikontlar tomonidan boshqarilgan. XII asr oxirida Quddus qirolligi hududidagi barcha Venetsiya koloniyalarini boshqaruvchi “bayyulo” lavozimi joriy etilgan bo‘lsa, Genuya koloniyalarini ikki nafar konsul boshqargan. Piza koloniyalarini boshqarish uchun esa uch nafar konsul tayinlangan. Bu kabi amaldorlar poytahtdagi hashamatli saroylarda istiqomat qilganlar. Italiya shahar-davlatlarining manfaatlari Papa tomonidan ham himoya qilingan. Salibchilar haydab chiqarilgunga qadar Levant savdo yo‘li italiyaliklarga behisob foyda keltirgan. Konstantinopol turklar tomonidan istilo etilgandan keyin ham Venetsiya Kichik Osiyodagi koloniyalarini saqlab qolishga yerishgan. Turk sultoni saroyida bayyulo lavozimida Venetsiyaning doimiy vakili faoliyat olib borgan.
Italiya shahar davlatlari orasida Florensiya, hattoki horijiy mamlakatlar uchun diplomatlar yetkazib bergan. Butun dunyoga mashhur florensiyalik diplomatlar qatorida Dante, Petrarka, Bokachcho, Makiavelli va Gvichchardinini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Milan gersogligiga boshchilik qilgan Franchesko Sforsa yoki Venetsiya doji Enriko Dandolo ham yorqin diplomatlar bo‘lishgan.
Venetsiya esa alohida diplomatlari bilan emas, balki butun bir diplomatik xizmatning tashkil etilishi bilan tavsiflanadiki, bunday holat Venetsiyani butun jahon uchun "diplomatiya maktabi”, “diplomatiya ustaxonasi"ga aylantirgan. Venetsiyaliklar diplomatiya oid bilimlarni Vizantiyadan o‘rganganlar, biroq ularni yangi bilimlar bilan boyitib, yanada yuksakroq bosqichga ko‘tara olganlar.
Italiya diplomatik usullari Yevropada shakllanib borayotgan absolyut monarxiyalarning diplomatiyasiga juda kuchii ta'sir ko‘rsatgan.



Download 254,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish