Namangan davlat universiteti kenjayev erkinjon habibullayevich


Feodal tarqoqlik davrida xalqaro munosabatlar



Download 254,42 Kb.
bet18/50
Sana23.04.2022
Hajmi254,42 Kb.
#575999
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA TARIXI LOTIN yangi

Feodal tarqoqlik davrida xalqaro munosabatlar. Buyuk Karl imperatorligining so‘nggi-yillarida franklar davlati zaiflashib borgan. Inqiroz Karlning o‘g‘li Lyudovik Xudojo‘y (814-840-yy.) davrida yanada avj olgan. Lyudovik, o‘zida oliy hokimiyatni saqlab qolib, imperiyani o‘z o‘g‘illariga bo‘lib bergan. Farzandlar esa otasiga qarshi urush boshlaganlar. Uning o‘limidan (840-y.) so‘ng o‘g‘illar o‘rtasida avj olgan. Karl Yaltiroqbosh va Lyudovik Nemis Strasburg shahrida o‘zaro bitim imzolab, Lyudovikning qonuniy meros’ho‘ri hisoblangan katta aka - Lotarga qarshi urush boshlaganlar. "Strasburg qasami" - bu lotin yoki yunon tilida emas, balki Fransuz va nemis tillarida tuzilgan birinchi diplomatik hujjatdir. Mag‘lubiyatga uchragan Lotar yon bergan va 843-yilda Verden shahrida imzolangan shartnomaga ko‘ra imperiya yerlari uch aka - uka o‘rtasida bo‘lib olingan. Imperiyaning g‘arbiy yerlari - "g‘arbiy franklar qirolligi"(keyinchalik bu yerlar “Fransiya” nomini olgan) Karl Yaltiroqboshga, sharqiy qismi -"sharqiy franklar qirolligi" (keyinchalik Germaniya deb nomlangan) Lyudovik Nemisga berilgan. Karl va Lyudovikniag yerlari oralig‘idagi hududlar va Italiya Lotar qo‘l ostida saqlanib qolgan. Verden shartnomasidan so‘ng to‘qnashuvlar davom etgan va ko‘plab yangi bitimlar imzolangan. Bu shartnomalarning amalda hech qanday qadri bo‘lmagan. Buyuk Karl imperiyasi o‘rnida paydo bo‘lgan Fransiya, Germaniya, Itaiiya, Burgundiya, Arelat nomigagina davlatlar edi xolos. IX - XI asrlarda G‘arbiy Yevropada siyosiy tarqoqlik yanada kuchaygan. Mahalliy hukmdorlar o‘zlarini davlat rahbarlaridek tuta boshlaganlar. Hokimiyatni boshqarish bilan birga, sud vazifalarini ham o‘zlari bajarganlar. Ular mustaqil ravishda tanga pullar zarb etganlar, soliqlar joriy etganlar va shu bilan birga boshqa mulkdorlar, davlat rahbarlari bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yganlar. Bunday mulkdorlar qo‘l ostida shaxsiy elchiliklar mavjud bo‘lib, ular orqali turli ittifoqlarga a'zo bo‘lganlar hamda urushlarda ishtirok etganlar. Yirik zamindor hukmdorga, davlat esa votchinaga (merosiy yer - mulkiga) aylangan.
Barcha joylarda shaxsiy urush huquqi o‘rnatilgan, shaxsiy diplomatiya xalqaro munosabatlarda yetakchi rol o‘ynay boshlagan. Ikki feodal senor mustaqil davlatlar rahbarlari kabi muzokaralar olib borganlar. Topshiriqlarni og‘zaki yoki ramziy harakatlar yordamida etkazib beruvchi maxsus jarchilar (yoki xabarchilar, darakchilar) orqali urush e'lon qilish yoki tinchlik tuzishning rasmiy usullari ishlab chiqilgan. Ushbu jarchilar geroldlar deb nomlangan. Ular o‘z sen'orlarining gerblarini (tamg‘alarini) taqib yurganlar, ularning shaxslari elchilar kabi daxlsiz hisoblangan.
XIV – XV asrlarda Yevropada xalqaro munosabatlarning muayyan tizimi shakllanib borgan, asta - sekin ayrim diplomatik mezonlar va an'analar ishlab chiqila boshlangan.
Ammo ushbu davrdagi xalqaro munosabatlar qonuniy va huquqiy jihatdan mustahkam bo‘lmagan. Doimiy elchiliklar va diplomatik vakolatxonalar yo‘q edi, xalqaro huquq ham hali shakllanmagandi.
Mustaqil shaharlarning paydo bo‘lishi, ichki va tashqi savdoning rivojlanishi hisobiga Yevropa davlatlarining iqtisodiy o‘sishi, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga bo‘lgan intilishlar halqaro munosabatlarda yangi davr boshlanayotganligidan darak berib turgan.



Download 254,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish