Namangan davlat universiteti kenjayev erkinjon habibullayevich


Rimning Karfagen, Makedoniya va ellin davlatlari bilan xalqaro aloqalari



Download 254,42 Kb.
bet15/50
Sana23.04.2022
Hajmi254,42 Kb.
#575999
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
Bog'liq
XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA TARIXI LOTIN yangi

Rimning Karfagen, Makedoniya va ellin davlatlari bilan xalqaro aloqalari. Rim davlatining keng miqyosdagi xalqaro aloqalari miloddan avvalgi VI asrlarda boshlangan. Dastlabki yirik shartnomalar Karfagen bilan imzolangan. Shartnomalar asosan savdo-sotiq, Rim kemalarining Afrika qirg‘oqlaridagi yerkin harakatlarini ta'minlashga qaratilgan. Rim kemalariga faqatgina Karfagen portlariga qadar suzib kelishga ruhsat berilgan, Afrikaning boshqa sohillariga suzib borish esa qat'iy ta'qiqlangan. Agar Rim kemalari bo‘ron tufayli Karfagen qirg‘oqlarida to‘xtashga majbur bo‘lgan hollarda, bo‘ron tingach Italiyaga jo‘nab ketishlari uchun qisqa va qat'iy muhlat belgilangan. Belgilangan muddatda jo‘nab ketishga ulgurmagan kema a'zolari qatl etilgan.
Rimning ellin davlatlari bilan aloqalari miloddan avvalgi III asrda to‘la o‘rnatilgan. Ayniqsa, Ptolomeylar podsholigi bilan aloqalar ayniqsa juda mustahkam bo‘lgan. Xuddi shu davrda Sitsiliya uchun Karfagen bilan, Adriatika dengizi qirg‘oqlaridagi hududlar uchun Makedoniya bilan keskin raqobatlashayotgan Rim uchun Ptolomeylar podsholigidaek kuchli ittifoqchiga ega bo‘lish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. O‘z navbatida, Afrikada Karfagenning kuchayishi Misrga ham xavf solar edi. Makedoniya esa Misrning yana bir jiddiy dushmani hisoblangan Salavkiylarning yaqin ittifoqchisi edi.
Shu tariqa Puni urushlari davrida O‘rta yer dengizi mamlakatlari ikkita katta lagerga ajraganlar:
1) Rim, Ptolemeylar, Pergam va Rodos;
2) Makedoniya, Salavkiylar va Karfagen.
Miloddan avvalgi 216-yilda Gannibal rahbarligidagi Karfagen armiyasi Kann shahri yaqinida Rim armiyasini tor-mor etgach, Gannibal Rimga o‘z elchilarinin jo‘natib, og‘ir shartlar evaziga tinchlik shartnomasini taklif etgan. Senat esa bu taklifni rad etgach, Gannibal Makedoniyaga o‘z elchilarini jo‘natib, uni Rimga qarshi urushga qo‘shilishga da'vat etgan.
Gannibal jo‘natgan elchilarning tashabbusi bilan Kafagen va Makedoniya Rimga qarshi ittifoqqa birlashish to‘g‘risida o‘zaro bitim imzolaganlar va urush vaqtida Rim bilan alohida separat sulh tuzmaslikka o‘zaro va'da berganlar. Ushbu shartnomaga ko‘ra, Rim mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng, Bolqonda joylashgan davlatlar hududlari Makedoniya, Italiya hududlari esa to‘laligicha Karfagen ixtiyorida bo‘lishi belgilab olingan. Yozma shartnomadan tashqari Makedoniya shohi og‘zaki tarzda o‘z qo‘shinlarini zudlik bilan Apeninga yuborishga va'da bergan. Polibiyning yozib qoldirishicha, Rim diplomatlari Yunonistondagi Etoliy ittifoqi davlatlarini Makedoniyaga qarshi urush e'lon qilishga ko‘ndirganlar hamda ularni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va'da berganlar. Yunoniston hududida boshlanib ketgan urush tufayli Makedoniya Apenninga qo‘shin jo‘natish imkoniyatidan maxrum bo‘ldi. Daxshatli natijalarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan katta xajmdagi makedon qo‘shinlarining Rimga yurish boshlash ehtimoli diplomatik xarakatlar tufayli butunlay barham topdi.
Puni urushlari davomida rimliklar bir necha marta dengizda Makedoniyaga qarshi kichik to‘qnashuvlar bilan cheklanganlar..
Makedoniyaning Yunonistondagi urushlar bilan bandligidan foydalangan Rim qo‘shinlari miloddan avvalgi 215-205-yillarda Gannibal armiyasini Italiyadan quvib chiqarishga yerishdi. Karfagenning chekinishi oqibatida Makedoniya podshosi Filipp V o‘zaro shartnomaga xiyonat qilgan holda miloddan avvalgi 205-yilda Rim bilan separat sulh shartnomasi imzolagan. Shundan so‘ng miloddan avvalgi 202-yilda rimliklar Karfagen qo‘shinlarini qattiq mag‘lubiyatga uchratganlar va uni og‘ir shartlar evaziga sulh tuzishga majbur qilganlar. Miloddan avvalgi 200-yilda esa bir vaqtlar Karfagen bilan ittifoq tuzgan Filipp V ni jazolash maqsadida Makedoniyaga qarshi urush e'lon qilingan. Biroq asosiy maqsadni oshkor qilmagan holda Yunonistondagi shahar davlatlarni himoya qilish bahonasida urushga kirishganlar. Urush davomida Rim elchilari Salavkiylar podshosi Antiox III huzuriga yuborilib, uni Makedoniyani qo‘llab-quvvatlamaslikka ko‘ndirganlar. Buning uchun Rim Antiox III ga Suriya, Finikiya va Falastin hududlarini egallashi uchun qarshilik ko‘rsatmaslikka va'da bergan. Urushda og‘ir ahvolga tushib qolgan Filipp V ning qayta-qayta iltimoslari Antiox III tomonidan rad etildib, harbiy yordam ko‘rsatilmagan. Shu tariqa, miloddan avvalgi 197-yilda Makedoniya og‘ir shartlar asosida Rim bilan sulh tuzishga majbur bo‘lgan. Unga ko‘ra, Filipp V Yunonistondagi mayda davlatlarning mustaqilligini tan olgan, Rimga katta miqdorda tovon puli to‘lagan hamda o‘z armiyasi sonini keskin qisqartirishga (5 ming kishiga) rozi bo‘lgan. Yunon davlatlari makedon zulmidan ozod bo‘lib, Rim asoratiga tushganlar va ularni nazorat qilish maqsadida ushbu davlatlar hududlarida katta miqdorda Rim qo‘shinlari o‘rnashib olganlar.
Oradan ko‘p o‘tmay Rim Senati Tiberiy Samproniy Grakx (mashhur aka-uka Grakxlarning otasi) boshchiligidagi elchilarni Makedoniya shohi huzuriga yuborgan. Bundan asosiy maqsad, Rimning Antioxga qarshi boshlashida Makedoniyaning betarafligiga yerishish edi. Salavkiylarga nisbatan yuragida adovat o‘ti uyg‘ongan Filipp V ma'lum yengilliklarga yerishish maqsadida urushda betaraf bo‘lishga ko‘ngan, xattoki Rim armiyasiga Makedoniya hududidan o‘tishga ruxsat bergan. Bundan tashqari, rimliklarga oziq-ovqat borasida ham yordam berishga rozi bo‘lgan.
Miloddan avvalgi 190-yilda Salavkiylar qo‘shinlari Rim tomonidan tor-mor etilib, uning Kichik Osiyodagi mulklari tortib olingan hamda katta miqdorda tovon undirilgan.
Salavkiylarning mag‘lubiyatidang so‘ng Rim Makedoniyaga bergan va'dalaridan voz kechgan. Aldangan Filipp V noiloj qolgan holda o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni ado etishni davom ettirgan.
Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, Rim o‘z diplomatiyasining ayyorligi, ishbilarmonligi evaziga ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan. “Divide et impera” – “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” qoidasi Rimning asosiy quroli bo‘lib xizmat qilgan..


Download 254,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish