Namangan davlat universiteti kenjayev erkinjon habibullayevich



Download 254,42 Kb.
bet13/50
Sana23.04.2022
Hajmi254,42 Kb.
#575999
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
Bog'liq
XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA TARIXI LOTIN yangi

3-mavzu. Qadimgi Rimda xalqaro munosabatlar va diplomatiya.


Reja:
1. Fetsiallar Kengashi
2. Respublika va imperiya davrida elchilik tartiblari
3. Rimning Karfagen, Makedoniya va ellin davlatlari bilan xalqaro aloqalari


Tayanch iboralar: fetsial, magistr fetsialum, pater patrius, fetsiallar kengashi, nominatsio, kooptatsio, innaguratsio, legadiya, legatlar, Puni urushlari, Makedoniya urushlari


Fetsiallar Kengashi. Rim kuchli quldorlik davlatiga aylanishida uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Miloddan avvalgi VI asrda faqatgina qo‘shni qabilalar bilangina aloqalar olib borgan Rim, qabilaviy munosabatlar yemirilishi natijasida, o‘z ta'sirini asta-sekin kengaytirib borgan. Eng dastlabki davrlardan to Rim qulagunga qadar qabilalararo hamda xalqaro munosabatlarda oqsoqollar kengashi (Senat) muhim rol o‘ynagan.
Fetsiallar – qadimgi Rimda ruhoniylar kengashi bo‘lib, qabilalararo va xalqaro shartnomalarni tuzishda ishtirok etganlar. Ular urush e'lon qilish va sulh tuzish huquqiga ham ega bo‘lganlar.
Fetsial so‘zining aniq lug‘aviy ma'nosi hozirgacha aniqlanmagan. Varron (mil. avv. I asrda Rimda yashagan ensiklopedist olim va yozuvchi) tomonidan ilgari surilgan taxminga ko‘ra ushbu termin lotincha “ferire yoki foedus” so‘zidan olingan va “orator” ma'nosiga sinonim xisoblanadi. Ayrim Yevropalik olimlarning fikriga ko‘ra, ushbu termin “Yupiter fretrius” so‘zi bilan bevosita bog‘liq deb xisoblashadi.
“Fetsiallar instituti” faqat Rimgagina aloqador emas balki, albanlar, ardeylar, semnitlarda xam xuddi shunday tashkilot mavjud edi. Biroq qadimgi Rimliklarning yuksak madaniyati unga huquqiy va siyosiy maqomi berilishiga sabab bo‘lgan.
Fetsiallar 20 kishidan iborat bo‘lib, kelib chiqishi patritsiy bo‘lgan oliy ruhoniylar orasidan umrbodlikka saylangan.
Fetsiallikka o‘tish 3 bosqichda amalga oshirilgan:
1) Nominatsio – ko‘rsatilgan nomzod qasamyod qabul qilgan va o‘z qasamida fetsiallar kengashiga munosib bo‘lishga va'da bergan.
2) Kooptatsio – nomzodlar orasidan munosibi Senat tomonidan tanlab olingan.
3) Innaguratsio – fetsiallikka saylangan ruhoniy alohida qasamyod qabul qilgan.
Fetsiallar kengashi boshlig‘i “magistr fetsialum” (fetsiallar boshlig‘i) deb nomlangan. Keyinchalik “Pater Patratus” (ulug‘ otaxon) deb nomlash urf bo‘lgan. Pater Patratus nafaqat fetsiallar, shu bilan birga butun Rim xalqi nomidan ish olib borishga xaqli xisoblangan.
Fetsiallar turlicha vazifalarni bajarganlar:
1) Qabilalararo munosabatlardagi ruxoniylik ya'ni diniy vazifasi shundan iborat ediki, urush e'lon qilinganda yoki sulh tuzilganda duolar o‘qiganlar, shartnomalar tuzish jarayonida qurbonliklar keltirganlar. Odatda, qurbonlik sifatida cho‘chqa bolasini “muqaddas tosh” bilan urib o‘ldirganlar.
Biror qabila yoki shaharga urush e'lon qilishdan avval, fetsiallar ushbu davlat chegarasiga kelib faqat o‘zlarigagina ma'lum bo‘lgan so‘zlar bilan tavqi-la'nat o‘qiganlar. Shu bilan birga ularga o‘z talablarini ham yetkazganlar. Agar 33 kun ichida talablar bajarilmasa, fetsiallar yana o‘sha qabila chegarasiga kelib, ular xududiga kuygan to‘nka uloqtirganlar. Bu odat urush e'lon qilinganligini bildilgan.
2) Elchilik sohasida esa ularga katta imtiyozlar berilgan. Urush e'lon qilish, sulh tuzishdan tashqari, Senat va Rim xalqining xoxish-istagi, talabini boshqa xalqlarga yetkazganlar, shartnomalarni bajarilishini nazorat qilganlar.
3) Sudya sifatida esa boshqa davlatlardan Rim jinoyatchilarini tutib berishni talab qilganlar yoki boshqa davlat jinoyatchilari Rimda yashiringan bo‘lsa, ularni tutib tegishli davlatga jo‘natilishini nazorat qilganlar. Shuningdek, shartnomalarni buzganlarni, elchilarni xaqorat qilgan yoki tajavvuz qilganlarni ham jazolash ular vakolati ostida bo‘lgan.
Bunday huquq va vakolatlar Rimda imperiya o‘rnatilgunga qadar davom etgan. Biroq imperiya davrida ham, garchi vakolatlar ancha cheklangan bo‘lishiga qaramay, fetsiallar shartomalar imzolashda ishtirok etganlar. Ayrim imperatorlar esa fetsiallar vazifalarini shaxsan o‘zlari ado etganlar.



Download 254,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish