Namangan davlat universiteti kenjayev erkinjon habibullayevich


Ellinizm davrida xalqaro munosabatlar



Download 254,42 Kb.
bet12/50
Sana23.04.2022
Hajmi254,42 Kb.
#575999
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50
Bog'liq
XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA TARIXI LOTIN yangi

Ellinizm davrida xalqaro munosabatlar. Bu davrda Yunonistonning shimolida yangi harbiy-siyosiy kuch sifatida Makedoniya namoyon bo‘lgan. Miloddan avvalgi 346-yilda Makedoniya podshosi Filipp II tomonidan Fessaliya, Fokida, Xalkidika va Frakiya sohili bosib olingan. Afina va Yunonistonning boshqa polislarida Makedoniyaga qarshi va tarafdor partiyalar o‘rtasida kurash avj olgan. Demosfenning harakatlari tufayli yunon shaharlarining Makedoniyaga qarshi ittifoqi tuzilgan, ammo u miloddan avvalgi 338-yilda XEroneya shahri yonidagi jangda to‘la mag‘lubiyatga uchragan. Makedoniyaga qarshi partiya rahbarlaridan biri Likurgning so‘zlariga ko‘ra, "halok bo‘lganlarning tanalari bilan birga yunonlarning erkinligi ham urush maydoniga ko‘mildi". Miloddan avvalgi 337-yilda Filipp II tomonidan Korinfda chaqirilgan kongress Yunonistonning Makedoniyaga bo‘ysunishini rasmiylashtirgan.
Filippning vafot etishi va o‘g‘li Aleksandrning taxtga kelishi Yunoniyatonda yangi davrni boshlab bergan. Aleksandr Makedonskiy (Iskandar) boshchiligidagi yunon-makedonlar armiyasi mil. avv. 334-yilda Eronga qarshi yurishni boshlagan. Granik daryosi yonidagi jang ( mil. avv. 334 y.), Iss yonidagi jang (mil. avv. 333 y.), Gavgamela yonidagi jang (mil. avv. 331 y.)larda erishilgan g‘alabalar Eronning katta qismi egallanishiga sabab bo‘lgan.
Sharq tomon harakatlangan Aleksandr O‘rta Osiyoga, so‘ngra esa G‘arbiy Hindistonga bostirib kirgan hamda ulkan davlatga asos solgan.
Uning o‘limidan so‘ng (mil.avv. 323 y.) sarkardalar o‘rtasidagi kurash natijasida ellin davlatlari shakllangan: Ptolemeylar podsholigi (Misr), Salavkiylar davlati, Makedoniya, Pont, Pergam, Kappadokiya.
Salavkiylar davlati, Ptolemeylar podsholigi hamda Makedoniya O‘rtayer dengizining Sharqiy qismida o‘z hukmronligini o‘rnatish uchun asosiy raqobatchilarga aylanganlar va Yunonistonda faol siyosiy mavqyega erishishga intilganlar.
Nazorat uchun savollar
1. Qadimgi Yunon diplomatiyasida Proksenlarning vazifasi nimadan iborat?
2. Qadimgi Yunonistonda elchining asosiy vazifalarini aytib bering?
3. Fermopil – Demetra ibodatxonasi nechta qabiladan iborat edi?
4. Panellin kongressining tashabbuskori?
5. Yunon diplomatiyasiga oid shartnomalarning nus’halari qaysi ibodatxonalarda bo‘lgan?
6. Xalqaro munosabatlar tarixida yunon elchilarining asosiy vazifasi nimalardan iborat bo‘lgan?
7. Amfiktoniyalarning vazifalari nimalardan iborat?
8. Deloss ittifoqi Lakedemon ittifoqidan qaysi jihatlari bilan ajralib turgan?

Download 254,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish