Elektrodinamik mexanizmli elektr o’lchash asboblarining afzallik va kamchilik tomonlari. G’altaklarning magnit oqimlari havo orqali tutashganligi uchun kuchsizdir. Elektrodinamik mexanizmli asboblarning tashqi magnit maydon ta’siriga berilishi ularning kamchiligi hisoblanadi. Elektrodinamik mexanizmlarni tashqi magnit maydon ta’siridan himoyalash uchun ular permalloy bilan ikki qavat qilib niqoblanadi. Elektrodinamik mexanizmli asboblari, elektromagnit asboblari kabi enargiyani ancha ko’p oladi.
Elektrodinamik mexanizmli asboblarning sezgirligi juda yuqori bo’lganligidan ular asosan, ko’chma laboratoriya asboblari (aniqlik sinfi 0,1-0,5) hisoblanib, ampermetrlar va voltьmetrlar sifatida ishlatiladi. O’zgarmas va o’zgaruvchan tok zanjirlarida quvvatlarni o’lchash uchun elektrodinamik vattmetrlar keng qo’llaniladi. Asbobda ikkita tok zanjiri borligi ularni ampermetrlar, volьtmetrlar, vattmetrlar, fazometrlar va chastotametrlar sifatida ishlatishga imkon beradi.
Vattmetrning qo’zg’almas g’altagi 1 tok g’altagi deb atalib, nagruzka zanjiriga ketma-ket ulanadi SHunday qilib, tok nazorat qilib turilgan qurilmaning toki ga teng. Qo’zg’aluvchan g’altak 2 qo’shimcha rezistor bilan birgalikda parallel zanjirni yoki kuchlanish zanjirini tashkil qiladi. Bunday g’altakdagi tok
.
Aylanuvchi moment va strelkaning burilish burchagi avval ko’rganimizdek,
va .
Parallel zanjir o’zgarmas va reaktivsiz qarshiliklardan iborat bo’lsa, bunday g’altakdagi tok kuchlanish bilan bir xil fazada bo’ladi. Aktiv-induktiv nagruzkaning vektor diagrammasi 6.12-rasmda ko’rsatilgandek bo’ladi.
B
unday holda burchak tok va kuchlanish orasidagi faza siljish burchagiga teng bo’ladi.
.
deb qabul qilsak, ni hosil qilamiz, ya’ni aylanuvchi moment aktiv quvvatga proportsionaldir va bo’ladi.
Elektrodinamik vattmetr “qutbli” asbob hisoblanadi, chunki chulg’amlarning birortasidagi tok yo’nalishi o’zgarganda strelka teskari tomonga buriladi. Vattmetrni to’g’ri ulashni ta’minlash uchun chulg’amning ikkala “uchlari”sxemada yulduzcha (*) yoki nuqta (∙) bilan belgilanadi. Yulduzcha bilan elgilangan ikkala zanjirning qisqichlari generator (boshlang’ich) qisqichlar deb ataladi.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan vattmetrlarning chulg’am klemmalari kuchlanish chulg’amiga, o’rtadagilari tok chulg’amiga tegishli. Generator qismalari va harflari bilan belgilangan.
Elektrodinamik vattmetrlar tok va kuchlanish bo’yicha, odatda, bir nechta o’lchash chegaralaridan iborat (masalan, tok bo’yicha chegara-30, 150 va 300 V). Bunday asboblar shartli shkalali bo’lib, vattmetrda o’lchangan kattalikning haqiqiy qiymatini topish uchun strelka ko’rsatayotgan bo’laklar soni asbobning diomiyligi s (har bir bo’lakka mos kelgan quvvat) ga ko’paytiriladi. U quyidagi formula bilan aniqlanadi:
,
Bunda N-asbob shkalasining bo’laklar soni ( , agar strelka 10 bo’lakka teng bo’lgan burchakka burilsa, vattmetr o’lchayotgan quvvat bo’ladi). Uch fazali zanjirlardagi quvvatni o’lchash uchun uch fazali, ikki elementli vattmetrlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |