O‘zgarmas elektr toki qonunlari……………………………...33
Elektr o`lchov asboblari………………………………………....41
XULOSA...................................................................................................71
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..................................................73
ILOVALAR...............................................................................................75
KIRISH
Kadrlar tayyorlash, uzluksiz tizimli isloh qilishning jahonda tan olingan, tajribada isbotlangan 4 ta modeli mavjud. Bular AQSh, Fransiya, Germaniya va Yaponiya. Bular qatoriga 2012 yilda O’zbekiston ham qo’shildi.
“Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart” – degan prezidentimizning davatlari nihoyat darajada katta ahamiyat kasb etadi.
Kecha kim edigu bugun kim bo’ldik?- deb savol beradigan bo’lsak, mustaqillikdan oldin o’quvchi-yoshlar o’rtasida fan olimpiadalari xo’jako’rsinga o’tkazilar g’olib o’quvchilar rag’batlantirilmas, shogirdi yaxshi natijaga erishgai pedagogning mehnati e’tirof etilmas edi. Amalda bolaning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishi ko’zda tutilgan maktabdan tashqari ta’lim tizimi juda nochor ahvolda edi.“Pionerlar saroyi”, keyinchalik “Bolalar ijodiyot markazi” sifatida faoliyat ko’rsatgan dargohlar pana - pastkam, moslashtirilgan ko’rimsiz binolarda joylashgan. O’quvchi-yoshlar iqtidori va qobiliyatini ruyobga chiqarish mexanizmiga ta’lim-tarbiya jarayonining alohida yo’nalishi sifatida qaralmagan. Bola ko’pincha bo’sh vaqtini ko’cha- kuyda o’tkazgan [7].
Hozirgi kunda respublikada 9698 ta umumta’lim maktabi mavjud bo’lib, ularda 4 520 826 nafar o’quvchi ta’lim-tarbiya oladi. Iqtidorli, zukko, bilimdon, o’z tengqurlaridan alohida iste’dodi bilan ajralib turadigan o’quvchilar avvalo, davlatimiz tomonidan qo’llab- quvvatlanmoqda. Har yili umumta’lim maktablarining 5-8- sinf o’quvchilari o’rtasida bilimlar bellashuvi o’tkaziladi. Uning natijasi ta’lim muassalarining reytingini aniqlashda asosiy mezon hisoblanadi. Umumta’lim maktablarining 9-sinf o’quvchilari hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida fan olimpiadalarining tuman, shahar, viloyat va respublika bosqichi o’tkazilib, iqtidorlilar munosib rag’batlantirilayotgani, faxrli o’rinni egallagan litsey va kollej o’quvchilari oliy o’quv yurtlariga test sinovlarisiz qabul qilinayotgani iste’dodli yoshlar safi ko’payishiga turtki bo’lmoqda.
Istiqlol yillarida xalqaro fan olimpiadalarida 275 nafar o’quvchi ishtirok etib, 22 ta oltin, 53 ta kumush, 99 ta bronza medalini qo’lga kiritgani bilan haqli ravishda faxrlanamiz [2].
Istiqlol sharofati bilan butunlay yangi maqomga ega bo’lgan «Barkamol avlod» bolalar markazlari faoliyati yo’lga qo’yildi.
Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 fevraldagi «Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga[7] ko’ra, mamlakatimiz bo’yicha 211 ta shunday markaz tashkil etilib, o’quvchi o’z hoxish-irodasi bilan ana shu maskanlarga qatnay boshladi. Bu yerda bola bir vaqtning o’zida bir nechta kasb- hunar bo’yicha ilk kasbiy ko’nikmani egallaydi. Uchta yo’nalish - badiiy ijodiyot, texnik ijodkorlik, ekologiya va o’lkashunoslik bo’yicha tashkil etilgan to’garaklar faoliyati sifat va samaradorligi oshdi[8].
Do'stlaringiz bilan baham: |