Elektromagnit mexanizmli elektr o’lchash asboblarining afzallik va kamchilik tomonlari va ishlatilish sohalari.
Strelkaning burilish burchagi tokning kvadratiga proportsional bo’lganligi uchun bu asboblarning shkalasi notekis bo’ladi.
ifodadan ko’rinadiki, qo’zg’aluvchan qism burilish burchagining ishorasi tok yo’nalishiga bog’liq emasdir. Elektromagnit asboblardan o’zgarmas va o’zgaruvchan tok zanjirlarida foydalanish mumkin. Ular o’zgaruvchan tok zanjirida tokning ta’sir etuvchi qiymatini o’lchaydi.
Asbobning qo’zg’aluvchan qismi tinchlanishi uchun odatda havoli tinchlantirgich qo’llaniladi. U egilgan tsilindr 4 dan iborat. Asbobning o’qi tsilindr ichida porshen 5 shtogi bilan bog’langan. TSilindr ikkala qismida bosimlar farqi natijasida qo’zg’aluvchan qismning harakati sekinlashadi.
Shkalasining notekisligi eletromagnit mexanizmli asboblarning kamchiligi hisoblanadi. Asbob shakalasining notekisligini kamaytirish uchun aylantiruvchi moment tok kuchiga proportsional bo’lishi kerak. Elektromagnit mexanizm uchun bu shartga bo’lganda erishiladi. O’zakning shaklini tanlash va uni g’altakka nisbatan joylashtirish yo’li bilan asbobning shkalasini deyarli tekis qilishga erishiladi. SHkalaning boshlang’ich qismi uchun shartni amalga oshirib bo’lmaydi, chunki da bajarilmaydi. SHuning uchun shkalaning 10÷20% qismi siqiq bo’lib, qolgan qismi ancha tekisdir.
Tashqi magnit maydonning ta’siri ham mazkur asboblarning kamchiligi hisoblanadi, chunki g’altakning magnit maydoni havoda tutashganligi uchun ozroq induktsiya bilan xarakterlanadi. Tashqi magnit maydoni ta’sirida vujudga kelgan xatoliklarni kamaytirish uchun elektromagnit mexanizmli asboblar po’lat g’ilof bilan niqoblangan bo’ladi.
Elektromagnit mexanizmli asboblarning yangi konstruktsiyalarida magnit-o’tkazgichli mexanizmlar qo’llaniladi. Bunday mexanizmlarda tashqi magnit maydon ta’siri ancha susaygan bo’ladi. Bunday asboblarning o’zi iste’mol qiladigan quvvat avvalgi konstruktsiyadagi asboblardan 3-4 marta kam bo’lib, sezgirligi nisbatan yuqoridir. G’altak 1 ikkita qutb uchliklari 3 bo’lgan magnit o’tkazgich 2 ga joylashtrilgan. G’altak chulg’amidan tok o’tganda sektor shakldagi qo’zg’aluvchan o’zak 4 o’q (tortqi) atrofida burilib, magnit sistemaning maksimum energiyasiga mos keluvchi holatni egallaydi. Tortqilarga o’rnatilgan qo’zg’aluvchan qismning burilishi teskari ta’sir ko’rsatuvchi momentni hosil qiladi. Dempfer sifatida suyuqlikli tinchlantirgichlarning qo’llanishi mexanizm o’lchamlarini ancha kichraytiradi. Bu ularning boshqa sistemadagi o’lchash asboblaridan afzalligidir.
Elektromagnit mexanizmli asboblar o’zining tuzilishiga ko’ra oddiy, nisbatan arzon, o’ta yuklanishga g’oyat chidamlidir. Chunki o’lchash mexanizmining g’altagi qo’zg’almas bo’lganligidan, u katta tokka (500A gacha) mo’ljallangan bo’lishi mumkin. Asbobsozlikda o’lchash toki 10mA gacha bo’lgan ko’chma E59; 1,5mA gacha bo’lgan shchitli E378 milliampermetrlar; 500A gacha bo’lgan E59/103 va E59/102 ampermetrlar; 600V gacha bo’lgan E59/106 voltmetrlar; tor profilli E390 ampermetrlar va E391 volьtmetrlar ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |