1-LABORATORIYA ISHI
RAQAMLI, ELEKTRON VOLTMETRLARNI VA AMPERMETRLARNI O‘RGANISH HAMDA QO‘LLASH
Ishdan maqsad: raqamli voltmetrlar va ampermetrlar hamda bunday o‘lchash asboblarining ishlash prinsiplari bilan tanishish.
Vazifa: Turli xildagi raqamli voltmetrlar va ampermetrlar yordamida o‘lchashlar olib borish.
Asbob va uskunalar: Xar xil diapazondagi o‘lchash uchun mo‘ljallangan raqamli va elektron voltmetr va ampermetrlar.
Nazariy qism
Raqamli elektr o‘lchash asboblari o‘zlarining tuzilishining soddaligi, qulayligi va xossalariga ko‘ra radioelektronika soxasida keng tarqalgan o‘lchash asboblaridan hisoblanadi. Raqamli o‘lchagichlarni qo‘llanish doirasi juda ham turli-tuman. Ular tok kuchini, doimiy va o‘zgaruvchan kuchlanishlarni, o‘zgaruvchan tok chastotasini, quvvatlar va elektr energiyasini o‘lchashlarda qo‘llaniladi. O‘ziga xos ravishda o‘lchagichlar sifatida ampermetrlar, voltmetrlar, chastotomerlar va vattmetrlardan foydalaniladi. Ular o‘zlarining gabaritlari, bajarish uslublari, o‘lchash oraliqlari va aniqlik sinflari bo‘yicha farqlanadilar. Raqamli elektr o‘lchash asboblarini qo‘llash xavfsizligi va ularni ortiqcha yuklanishlardan himoyalashga ham katta e’tibor qaratiladi.
Raqamli voltmetrlar va ampermetrlarni amal qilish prinsiplari analog bo‘lgan signallarni raqamli kod impulsiga qayta hosil qilishdan iborat bo‘lib, u tabloda aks etgan o‘nlik kodga aylanadi. Analogli signalni qayta o‘zgartirsh uchun analogli-raqamli qayta hosil qiluvchidan foydalaniladi. U o‘zida raqamli mikrosxemalardan to‘plangan murakkab elektron sxemani hosil qiladi.
Raqamli voltmetr, ampermetr va boshqa o‘lchash asboblari bir qancha afzaliiklarga ega bo‘lib, shu qulayliklari va afzalliklari tufayli ular vaqti kelib strelkali o‘lchash asboblarini to‘lik o‘rnini egallaydi (8.1- va 8.2-rasmlar).
Bunday afzalliklariga ularni ixchamligi, kichik massaliligi va mexanik harakatlanuvchi detallarni mavjud emasligi kiradi, hamda ular mexanik silkinishlar va kuchli vibratsiya sharoitlaridagi elektrik kattaliklarni o‘lchashlarda raqamli asboblardan foydalanishga imkon beradi. SHuningdek, milli asboblarni mexanik ta’sirdan extiyotlash zarur bo‘lgan holatda, elektron asboblar uncha kuchli bo‘lmagan zarbalarga kam ta’sirchan. Masalan, mexanik tizimdagi tebranishalar chastotasini o‘lchovchi raqamli chastotomerni mexanizmga bevosita yaqin joyga joylashtirish mumkin.
7.1-rasm. Universal turdagi raqamli voltmetr.
7.2-rasm. Universal turdagi raqamli ampermetr.