O’V ning o’lchash diapazoni. Xatoligi normallashtirilgan o’lchash kattaligining qiymat diapazoni O’V ningo’lchash diapazoni deyiladi. Ulchash diapazoni eng katta va eng kichik qiymatlar bilan cheklangan bo’ladi.
O’V bo’laklarining qiyma ti O’V ning shkalasida bir-biriga yonma-yon joylashgan belgilar oralig’iga to’g’ri keladigan kattalik bo’limlar qiimatlari deyiladi.
O’V ning kirish va chiqish tula qarshiliklari.O’V ga ulash mumkin bo’lgan nagruzka O’V ning chiqish to’la qarshiligiga bog’liq. O’V ning chiqish to’la qarshiligi qancha kichik bo’lsa, unga ulanishi mumkin bo’lgan nagruzka shuncha katta bo’ladi.
O’V ning o’tkinchi jarayon va tinchlanish vaqtlari. O’lchanayotgan fizik kattalik O’V ga berilganda yoki fizik kattalikning qiymati o’zgarganda O’V ning chiqish kattaligi turg’un qiymatiga erishguncha ma’lum bir vaqt o’tadi. SHu vaqt O’V ning o’tkinchi jarayon vaqti deb ataladi.
O’lchash kattaligining o’lchash momentidan boshlab O’V ning o’lchash natijasini qayd etish holati shkala diapazonining 1 % idan osh-magan vaqt oralig’i O’V ning tinchlanish vaqti deb ataladi. Davlat andozasiga muvofiq elektr o’lchov asboblari (EO’A) ning juda ko’p turlari uchun bu tinchlanish vaqti 4 sekunddan oshmasligi kerak.
O’V larning xatoliklari.O’lchash xatoligi — o’lchash natijala-rining o’lchanayotgan kattaliklarning haqiqiy qiymatlaridan og’ishi-dir. Ba’zan O’V larning xarakteristikasi sifatida O’V lar xatolik-larining nolga yaqin ekanligini ko’rsatuvchi, ularning sifatini aks ettiruvchi O’V lar aniqligi tushunchasi qo’llaniladi.
O’lchash xatoliklari turlari rasmda keltiriladi.
1. O’lchash kattaliklarining vaqt bo’yicha o’zgarishiga qarab, O’V larningxatoliklari statik va dinamik xatoliklargabo’linadi. Vaqt birligi ichida o’zgarmas kattaliklarni o’lchashda yuzaga keladigan xatolik statik xatolik deyiladi. Berilgan vaqg ichida o’lchash kattaligi qiymatiga to’g’ri keladigan statik xatolik bilan dinamik holatdagi xatoliklar orasidagi farq dinamik xatolik deyiladi.
2. O’V larning xatoliklari o’zgarish xususiyatlariga qarab muntazam (doimiy) vatasodifiy xatoliklargaajratiladi. Qayta o’lchashlar paytida o’zgarmaydigan yoki ma’lum qonuniyat bilan o’zgarib turadigan xatoliklar doimiy xatolikyaar hisoblanadi. Vaqg bo’yicha tasodifiy o’zgaradigan xatoliklar esa tasodifiy xatoliklar deb ataladi.
3. Xatoliklar kelib chiqish sharoitlariga qarab asosiy va qo’shimcha xatoliklarga bo’linadi. Mo’’tadil sharoitda qo’llanilgan O’V larning xatoliklari asosiy xatoliklar hisoblansa, ta’sir etuvchi kattalik-
larning yoki ulardan biri qiymatlarining mo’’tadil qiymat chega-rasidan og’ishi natijasida O’V lari xatoliklarining o’zgarishi qushimcha xatoliklar deb ataladi.
4. O’V larning xatoligi absolyut, nisbiy va keltirilgan xatoliklarga bo’linadi. O’lchash kattaligining o’lchov asbobida o’lchab olingan qiymati (x) bilan shu kattalikning namunali asbob yordamida aniqlangan haqiqiy qiymati (xh) orasidagi farq O’A ning absolyut xatoligi deb ataladi:
Absolyut xatolikning teskari ishorasi bilan olingan qiymati
t u z a t m a deb ataladi:
Absolyut xatolik O’V aniqligini yetarli darajada baholamaydi. Absolyut xatolikning o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy yoki o’lcha-nayotgan qiymatiga nisbati nisbiy xatolik deb ataladi:
Nisbiy xatolik EO’A lar aniqligini o’lchash darajasining faqat ma’lum nuqtasidagina baholaydi. O’lchov asbobining hamma shkalasi bo’yicha aniqpigini baholash uchun keltirilgan xatolik tushunchasidan foydalaniladi. Keltirilgan xatolik (uk) deb, absolyut xatolikning o’lchanayotgan kattalikning normallashtirilgan qiymatiga bo’lgan nisbatiga aytiladi: