Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/34
Sana30.03.2022
Hajmi0,51 Mb.
#517573
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Bog'liq
ozbek hajvchiligi rivojida muqimiy ijodining orni

Муқимий. 
Боғ аро. Шеърлар. – Т., “Akademnashr”, 2010. 154-бет. 


15 
Muqimiyning hayot va ijod yo’li, lirikasining yetakchi g’oyalari haqida 
akademik shoir G’afur G’ulomning fikrlari xarakterlidir
20
.
“Muqimiy boylar, qozilar,hokimlr, mahalliy amaldorlarni g’oyat yomon 
ko’rar edi. Ularni o’zining o’tkir hajvlarida tuproqqa teng qilib so’kar edi. Ular 
haqidagi butun haqiqatni fosh qilar edi: 
Gar qilich boshimga ham kelsa degayman rostin, 
 
 
 
So’zki haq bo’lsa, savolimga javobim kim desun. 
Muqimiy umrini g’oyat faqirlikda o’tkazdi, bularni kulgili tarzda yozdi. 
Muqiyning tili ravon, mavzulari kundalik, ayniqsa alamzada, ezilgan kosib 
ommasining ko’nglidagini topib yozgani uchun she’rlari juda tez ommalashar edi. 
Butun she’rlarining yarmidan ko’pi turli kuylarda qo’shiq qilib aytilar, qo’llardan-
qo’llarga nusxa ko’chirilib, qimmatbaho hujjatday qadrlanar edi. Hozir ham uning 
she’rlari qo’shiq qilib aytib kelinadi… bo’sh vaqtlarida Qo’qon, Andijon, 
Namangan, Toshken taraflarida aylanib yurar edi. U xatni rasm darajasida go’zal 
yozar edi. Forscha, arabcha mukammal bilar edi. Forscha yozilgan yaxshi she’rlari 
bor. U juda yomon hayot kechirgan. Uni o’z davrida anglayolmadilar. U 
xo’rlangan. Chunki o’z davrining butun marazlarini fosh qilib turgan shoir o’sha 
vaqtdagi amaldorlarning barchasiga kerak emas edi. Bu har taraflama siqiq, zulm 
ostida ozmuncha ham talantlar yer bilan yakson bo’lmadilar. Muqimiy o’z 
boshidan kechirgan kulfatlarini kuylar ekan, yeti boshli ajdarning luqmasi bo’lib 
ketganini: 
Ajdari g’am komiga mat’umdurmen ayrilib, – 
deb to’g’ri aytadi. Uni Furqat kabi, o’z vatanidan ham haydamoqchi bo’ladilar.u 
shu muhitda tug’ilganidan afsus yeb: 
Mulki Hindu Marvdin kelsam topardim e’tibor, 
 
 
Shul erur aybim, Muqimiy, mardumi Farg’onaman, – 
deydi. To’g’risi ham uning yashab-o’sgan muhitida hech qanday talantning 
bo’lishi mumkin emas edi. Qanchadan qancha buyuk kishilarning qismati 
Muqimiynikidan yaxshi bo’lmagan… G’.G’ buni 1938-yilda yozgan. Muqimiy 
20
Ғафур Ғулом. 
Асарлар. Ўн томлик. 8-том. Т., Адабиёт ва санъат нашриёти, 1978. 


16 
umrini asosan Qo’qon va uning atrofida o’tkazgan. Shuning uchun ham taxallusini 
“turg’un” ma’nosida “Muqimiy” deb qo’ydi. O’zi ham bir she’rida: 
Bir vatandan dil uzib hijrat qilolmay dog’man, – 
deydi.
Muqimiy hajvchilikda ustozlari – Navoiy, Turdi, Gulxaniy va Maxmurning 
ilg’or an’analarini davom ettirdi.
Shoirning ko’plab asarlari mehnatkash xalqning rahmsiz ravishda ezilishi
talanishi, uning qashshoq va huquqsiz turmushinibadiiy bo’yoqlar bilan 
ko’rsatishga bag’ishlangan. U o’zining bu kabi asarlarida ezilgan xalqning 
zolimlarga bo’lgan keskin noroziligini va nafratini yaqqol ifodalaydi. Muqimiy 
satirasining xalqchilligi va badiiy kuchi xuddi shu bilan belgilanadi. 
Muqimiy o’zining qator asarlarida xalqni og’ir ahvolga slogan amaldorlari 
satiric obrazlarining qiyofasini yaratadi. “Zavodchi boy ta’rifida” she’rida tarixiy 
haqiqat – bir zavoddagi ishchilarning o’z xo’jayinlaridan noroziligi va O’rta 
Osiyoda kapitalistik munosabatlar vujudga kelishi natijasida paydo bo’lgan yangi 
tipdagi boy larning ochko’zliklari, zolimliklari realistic chiziqlarda ko’rsatilgan. 
Muqimiy yerli savdogarlar, boylar, chor amaldorlarini, ularning laganbardor, 
poraxo’r, tilyog’lamachi ekanliklarini o’tkir badiiy mahorat bilan qalamga oladi”
21
.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish