O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
O’ZBEK TILI YO’NALISHI
4-kurs 403 - guruh bitiruvchisi
Mamadjanova Malika Valijon qizi
ning
bakalavr darajasini olish uchun
”
”
O
O
’
’
z
z
b
b
e
e
k
k
h
h
a
a
j
j
v
v
c
c
h
h
i
i
l
l
i
i
g
g
i
i
r
r
i
i
v
v
o
o
j
j
i
i
d
d
a
a
M
M
u
u
q
q
i
i
m
m
i
i
y
y
i
i
j
j
o
o
d
d
i
i
n
n
i
i
n
n
g
g
o
o
’
’
r
r
n
n
i
i
”
”
mavzusida yozgan
BITIRUV - MALAKAVIY
ISHI
Ilmiy rahbar:
f.f.n., dots. O. Karimov
Namangan – 2016-yil
2
MUNDARIJA
Kirish.
Yurtboshimiz I. A. Karimovning adabiyot haqidagi fikrlari……. 3
I bob. Muqimiy – Qo’qon adabiy muhitining yirik vakili……………
8
1.1. Yurtboshimiz I. A. Karimovning adabiyot haqidagi fikrlari……….. 8
1.2. Muqimiyning hayot va ijod yo’li haqida……………………………. 11
1.3. Muqimiyning adabiy merosi, yetakchi g’oyalari va janrlari………... 16
II bob. Ustozlardan bahra olib.................................................
31
2.1. Muqimiy hajvlarining janr xususiyatlari............................................. 31
2.2. Muqimiy ijodida ijtimoiy satira va yumor va badiiy mahorat
masalalari....................................................................................................
36
2.3. Muqimiy asarlarining o’ziga xosligi, didaktik ahamiyati va bizning
zamon. .......................................................................................................
50
Xulosa.........................................................................................
58
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
................................................ 61
3
K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi.
Mustaqil O’zbekistonning kelajagi ko’p jihatdan
barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalashga bog’liq. Ana shunday vazifani amalga
oshirish uchun Vataniga, xalqiga sadoqatli fikrlaydigan erkin ijodkor shaxsni
shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib turibdi.
Mustaqilligimiz tobora mustahkamlanib, o’zining ijobiy samaralarini bera
boshlagan bugungi kunda xalqimiz oldida hayotning moddiy va ma’naviy
asoslaridan kelib chiqadigan yangidan-yangi vazifalar turibdiki, ularni amalga
oshirishda adabiyot va san’at, umuman, ma’naviyatning ahamiyati kattadir.
O’zbekistom mustaqil bo’lgach, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy, madaniy-
adabiy sohalarda keskin o’zgarishlar yuz berdi. Adabiyotga e’tibor kuchaydi.
Istiqlol yillarida hayotimizning barcha sohalari qatori milliy adabiyotimiz ham tom
ma’noda yangilanish va yuksalish jarayonlarini boshdan kechirmoqda.
O’zbekona qadriyatlarimizni yosh avlod ongu-shuuriga singdirishda Milliy
uyg’onish davri adabiyotimiz vakillari ijodiy merosi katta ahamiyat kasb etadi. Shu
jumladan, Qo’qon adabiy muhitida yetishib chiqqan, o’z sozi va ovoziga ega shoir
Muhammad Aminxo’ja o’g’li – Muqimiyning hayoti va ijodi haqida iliq fikrlar
aytishga haqlimiz.
O’zbek adabiyoti tarixining ma’rifatchilik davriga mansub shoirlar orasida
shoir Muqimiyning ham munosib o’rni bor.
Muqimiy juda murakkab, tarixiy voqealarga boy bo’lgan bir davrda yashab
o’tdi. O’sha davrda shoir Qo’qon xonligining rus armiyasi tomonidan istilo
qilinishini o’z ko’zi bilan ko’rdi. Musulmon yurtni g’ayridin chor Rossiyasiga
qaram bo’lib qolishi yuragida og’ir dard bo’lib yotganligi ham tabiiy. Ammo
shunday og’ir damda xon huzurida yashab ijod qilib,xalq manfaatini himoya qilish
oson bo’lmagan. Sobiq sho’rolar davrida yaratilgan darsliklarda va bir qator
qo’llanmalarda Qo’qon xoni bilan shoir bir-biriga qarama-qarshi qo’yilgan. Aslida
bunday bo’lmagan. Muqimiy olib borayotgan ishlar xonga ma’qul keladi, saroyda
ishlash jarayonida Muqimiy ko’plab nohaqliklarni o’z ko’zi bilan ko’radi. Oddiy
4
xalqning ahvoliga qattiq achinadi. Davr ziddiyatlari shoirning turli janrlarda
yozilgan asarlarida o’z ifodasini topib bordi.
Prezidentimiz o’tmishda yaratilgan moddiy va ma’naviy yodgorliklarni
asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazish haqida mulohaza yuritar ekan,yana
shularni ham ta’kidlab o’tgan edi: ”
Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning,
davlatimiz hududining xolis va haqiqiy tarixini tiklash, milliy o’zlikni anglashni,
ta’bir joiz bo’lsa, milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin
tutadi”
2
.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, Muqimiy ijodini tarixiy davrdagi hayot
bilan bog’liq holda o’rganish davr talabiga aylanib qoldi, deyish mumkin. Shoir
badiiy merosini atroflicha o’rganish ana shu xayrli ishning bir qismidir. Shu
jihatlarga ko’ra ushbu bitiruv-malakaviy ishimizning mavzusi dolzarbdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |