109
Mazmuni: Turli chechaklar ochildi, (Yerga xuddi) chiroyli gilamlar
to‘shalganday. Jannat yeri ko‘rindi, Sovuq qaytmas bo‘lib ketdi. Hamma qush va
qurtlar tirildi... Endi ular qorong‘i inlariga qaytib kirmaydi.
Mavsum qo‘shiqlari ko‘pincha o‘yinga tushib ijro etilgan.
Shuning uchun
qo‘shiq matnlarining ba’zilarida musiqiy sozlar nomi ham uchraydi:
Ko‘klar qamug‘ tuzuldi,
Ivriq idish tizildi,
Sansiz o‘zum uzaldi,
Kalgil amul o‘ynalim.
Mazmuni: Hamma sozlar sozlandi, May kosalar tizildi, Sensiz ko‘nglim
buzildi, Kel, yayrab-yashnab o‘ynaylik.
Ishqiy intim qo‘shiqlar.
“Devon”dagi ba’zi she’rlar ishqiy intim mazmunga
ega. Kitobda ularning mualliflari haqida so‘zlanmasa-da, ular Mahmud Koshg‘ariy
va uning zamondoshlariga yaxshi ma’lum bo‘lgan shoirlar tomonidan yozilganini
taxmin qilish mumkin:
Bulnar meni ulas ko‘z,
Qara mengiz, qizil yuz,
Andin tamar tukal tuz,
Bulnap yana ul qachar,
Mazmuni: Bu mast ko‘zli (seviklim), Qora xoli va qizil yuzi bilan (meni asir
qildi). Yonoqlaridan shirinlik tomib,
meni asir qiladi-yu, Lekin keyin (tutqich
bermay), mendan qochib ketadi.
Qo‘shiq va lirik she’rlarda turli xil voqea va kayfiyatlar ifodalanda. Ular turli
badiiy vositalar asosida shakllanadi. Eng ko‘p qo‘llangan badiiy vositalarga
mubolag‘a, o‘xshatish, sifatlash va tazod kabilarni kiritish mumkin. Shuningdek,
ravonlik, ohangdorlik va jo‘qinlik kabi xususiyatlar ularning muhim poetik
xususiyatlari sifatida e’tirofga loyiq:
Яғмур яғиб сачилди,
Турлук чачак сучулди,
110
Инжу қоби ачилди,
Чиндан йипор югрушур.
Mazmuni: Yomg‘ir tomchilari to‘kila
boshladi, Turli chechaklar undi, Inju
qutichalari (g‘unchalar) ochildi, Har tomonda shifobaxsh atir hidlar gurkiradi.
Avlab mani qo‘ymangiz,
Ayiq ayib qaymangiz,
Aqar ko‘zum ush tangiz,
Tagra yura qush uchar.
Mazmuni: Ko‘nglimni ovlagach, tashlab ketmangiz, Aytilgan so‘zdan
qaytmangiz. Ko‘z yoshim oqib dengiz bo‘ldi, Uning atrofida qushlar uchayotir.
“Devon”da she’r keltirilmasa-da, boshqa turli
irim-sirimlarga doir xalq
qo‘shiqlari, she’rlari ham borligi ta’kidlanadi. Bir o‘rinda turkiylardan bo‘lgan
Qomlar qor va yomg‘ir yog‘dirish sehrini egallashgani va u qo‘shiq bilan ado
etilishi haqida gap boradi. Mahmud Koshg‘ariy bu voqeaga o‘zi guvoh bo‘lganini
eslaydi: «Bir tosh (yat-yada) bilan kohinlik qilinadi, shamol va yomg‘ir chaqiriladi.
Bu hol turklarda juda keng tarqalgan bo‘lib, men ham uning shohidi bo‘ldim.
Yozda katta bir yong‘in chiqqan edi. Uni o‘chirish maqsadida Ollohning izni bilan
qor chaqirildi va u yog‘ib, yong‘in so‘ndi».
“Devon”dagi she’rlarni o‘rgangan olimlar ularning, asosan, 2 yoki 4 misrali
bandlardan iboratligini, misralar 7 va 8 bo‘g‘inli bo‘lib, a-a-a-b, v-v-v-b, g-g-g-b
tarzida qofiyalanganini ta’kidlaydilar. Ularning barmoq
yoki aruzda yozilgani
borasida bir-biriga zid fikrlar uchraydi. Bir guruh olimlar (K.Brokkelman,
F.Kuprulizoda, A.Fitrat, T.Jalolov, S.Mutallibov, A.Qayumov, Q.Karimov va
boshqalar) bu she’rlarni qadimiy turk she’riyati uchun xos barmoq vaznida
yozilganini ta’kidlaydilar. Ba’zi olimlar, jumladan tadqiqotchi I.V.Stebleva
ularning hammasini ham yozma adabiyot bisotiga kiritib, aruz vazniga mansub
ekanini aytadi. T.Ganjiy ularning ko‘pchiligi barmoq vaznida va ba’zilari
aruzda
yozilganini ko‘rsatadi. Mana shu fikr to‘g‘ridir. Mahmud Koshg‘ariy yashagan
davrda yaratilgan yok uning o‘zi tahrir qilgan she’rlar aruz vaznida bo‘lishi
111
ehtimolga yaqin. Chunki xuddi shu davrda aruz turkiy adabiyotga ham kirib
kelayotgan edi.
«Devonu lug‘oti-t-turk»da
Do'stlaringiz bilan baham: