Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi


Mavsum qo‘shiqlari va peyzaj lirikasi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Mavsum qo‘shiqlari va peyzaj lirikasi. 
“Devon”dagi she’rlar orasida eng 
ko‘pini mavsum qo‘shiqlari va peyzaj lirikasi tashkil etadi. Ularda qadimgi 
xalqlarning tabiat go‘zalliklariga shaydolik, ularga muhabbatlari kuylanadi, tabiiy 
hodisalar o‘z aqida va tushunchalariga mos jihatlari badiiy obraz, majoz sifatida 
foydalaniladi. Masalan, “Qish va Yoz” munozarasida Qish ustidan Yozning 
g‘alaba qilishi bunga misoldir. 
Umuman, yoz va bahor qadimgi she’riyatda imkoniyatlardan to‘liq 
foydalanish, hayot zavqini tuyish mavsumi sifatida talqin qilinadi:
Turli chachak yarildi,
Barchin azim qarildi,
Uchmaq yari ko‘ruldi,
Tumlug‘ yana kalgusuz.
Qush, qurt qamug‘ tirildi...
Yinqa yana kirgusuz.
10
Абдураҳмонов А. Туркий халқлар оғзаки ижоди (Энг қадимдан исломгача бўлган давр). Самарқанд давлат 
университети, 2004. – 10-б. 


109 
Mazmuni: Turli chechaklar ochildi, (Yerga xuddi) chiroyli gilamlar 
to‘shalganday. Jannat yeri ko‘rindi, Sovuq qaytmas bo‘lib ketdi. Hamma qush va 
qurtlar tirildi... Endi ular qorong‘i inlariga qaytib kirmaydi. 
Mavsum qo‘shiqlari ko‘pincha o‘yinga tushib ijro etilgan. Shuning uchun 
qo‘shiq matnlarining ba’zilarida musiqiy sozlar nomi ham uchraydi: 
Ko‘klar qamug‘ tuzuldi,
Ivriq idish tizildi,
Sansiz o‘zum uzaldi,
Kalgil amul o‘ynalim.
Mazmuni: Hamma sozlar sozlandi, May kosalar tizildi, Sensiz ko‘nglim 
buzildi, Kel, yayrab-yashnab o‘ynaylik. 
Ishqiy intim qo‘shiqlar. 
“Devon”dagi ba’zi she’rlar ishqiy intim mazmunga 
ega. Kitobda ularning mualliflari haqida so‘zlanmasa-da, ular Mahmud Koshg‘ariy 
va uning zamondoshlariga yaxshi ma’lum bo‘lgan shoirlar tomonidan yozilganini 
taxmin qilish mumkin: 
Bulnar meni ulas ko‘z,
Qara mengiz, qizil yuz,
Andin tamar tukal tuz,
Bulnap yana ul qachar,
Mazmuni: Bu mast ko‘zli (seviklim), Qora xoli va qizil yuzi bilan (meni asir 
qildi). Yonoqlaridan shirinlik tomib, meni asir qiladi-yu, Lekin keyin (tutqich 
bermay), mendan qochib ketadi. 
Qo‘shiq va lirik she’rlarda turli xil voqea va kayfiyatlar ifodalanda. Ular turli 
badiiy vositalar asosida shakllanadi. Eng ko‘p qo‘llangan badiiy vositalarga 
mubolag‘a, o‘xshatish, sifatlash va tazod kabilarni kiritish mumkin. Shuningdek, 
ravonlik, ohangdorlik va jo‘qinlik kabi xususiyatlar ularning muhim poetik 
xususiyatlari sifatida e’tirofga loyiq: 
Яғмур яғиб сачилди,
Турлук чачак сучулди,


110 
Инжу қоби ачилди, 
Чиндан йипор югрушур.
Mazmuni: Yomg‘ir tomchilari to‘kila boshladi, Turli chechaklar undi, Inju 
qutichalari (g‘unchalar) ochildi, Har tomonda shifobaxsh atir hidlar gurkiradi. 
Avlab mani qo‘ymangiz,
Ayiq ayib qaymangiz,
Aqar ko‘zum ush tangiz,
Tagra yura qush uchar.
Mazmuni: Ko‘nglimni ovlagach, tashlab ketmangiz, Aytilgan so‘zdan 
qaytmangiz. Ko‘z yoshim oqib dengiz bo‘ldi, Uning atrofida qushlar uchayotir. 
“Devon”da she’r keltirilmasa-da, boshqa turli irim-sirimlarga doir xalq 
qo‘shiqlari, she’rlari ham borligi ta’kidlanadi. Bir o‘rinda turkiylardan bo‘lgan 
Qomlar qor va yomg‘ir yog‘dirish sehrini egallashgani va u qo‘shiq bilan ado 
etilishi haqida gap boradi. Mahmud Koshg‘ariy bu voqeaga o‘zi guvoh bo‘lganini 
eslaydi: «Bir tosh (yat-yada) bilan kohinlik qilinadi, shamol va yomg‘ir chaqiriladi. 
Bu hol turklarda juda keng tarqalgan bo‘lib, men ham uning shohidi bo‘ldim. 
Yozda katta bir yong‘in chiqqan edi. Uni o‘chirish maqsadida Ollohning izni bilan 
qor chaqirildi va u yog‘ib, yong‘in so‘ndi». 
“Devon”dagi she’rlarni o‘rgangan olimlar ularning, asosan, 2 yoki 4 misrali 
bandlardan iboratligini, misralar 7 va 8 bo‘g‘inli bo‘lib, a-a-a-b, v-v-v-b, g-g-g-b 
tarzida qofiyalanganini ta’kidlaydilar. Ularning barmoq yoki aruzda yozilgani 
borasida bir-biriga zid fikrlar uchraydi. Bir guruh olimlar (K.Brokkelman, 
F.Kuprulizoda, A.Fitrat, T.Jalolov, S.Mutallibov, A.Qayumov, Q.Karimov va 
boshqalar) bu she’rlarni qadimiy turk she’riyati uchun xos barmoq vaznida 
yozilganini ta’kidlaydilar. Ba’zi olimlar, jumladan tadqiqotchi I.V.Stebleva 
ularning hammasini ham yozma adabiyot bisotiga kiritib, aruz vazniga mansub 
ekanini aytadi. T.Ganjiy ularning ko‘pchiligi barmoq vaznida va ba’zilari aruzda 
yozilganini ko‘rsatadi. Mana shu fikr to‘g‘ridir. Mahmud Koshg‘ariy yashagan 
davrda yaratilgan yok uning o‘zi tahrir qilgan she’rlar aruz vaznida bo‘lishi 


111 
ehtimolga yaqin. Chunki xuddi shu davrda aruz turkiy adabiyotga ham kirib 
kelayotgan edi. 
«Devonu lug‘oti-t-turk»da 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish