Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Qahramonlik qo‘shiqlari. 
«Devon»dagi ayrim adabiy parchalar qabilalar 
o‘rtasidagi jang epizodlari va qabila baqodirlarining mardona kurashini tasvirlaydi. 
Bunday qushiqlar, Mahmud Koshg‘ariyning ko‘rsatishicha, rajaz deb atalgan.
 
Tunla bila kuchalim,
Yamar suvin kachalim,
Tarnchuk suvin ichalim,
Yuqg‘a yari ukulsun. 
 
Takra olib akuralim, 
Attin tushib yukaralim,
Arslanlayu kykaralim,
Kuchi anin kavilsun.
Mazmuni: Tuni bilan ko‘chaylik, Yamar suvidan o‘taylik, Tarnchuk 
(chashma) suvidan ichaylnk, Qochayotgan dushman tor-mor bo‘lsin. 
(Dushmanning) atrofini o‘rab, qamal qilamiz, Otdan tushib yuguramiz
Arslondek na’ra tortamiz, Uning kuchini quritamiz. 
Alp aranni uzurdim, 
Bo‘ynin aning qayirdim, 
Altun-kumush yuzurdim, 
Susi qalin kim tutar.
Mazmuni: (Dushmanning) bahodir askarlarini to‘zitib yubordim. Bo‘yinlarini 
egdirdim, (O‘lja) oltin-kumushni orqalatib (keltirdim), Odam o‘tolmas darajada 
askari qalin edi. 
Marosim qo‘shiqlari. 
Bu turkum qo‘shiqlarga asosan marsiya janridagi 
qo‘shiqlardan parchalar keltirilishi kuzatiladi. Ular jang maydonida bahodirlarcha 
kurashib halok bo‘lgan qahramonlarga bag‘ishlanadi, ularning mardligi, jasorati, 


108 
fidokorligi kabi fazilatlari maqtaladi, judolik hasratlari, motam qayg‘usi 
ifodalanadi. Alp Ertungaga bag‘ishlangan marsiya shular jumlasidandir. “Yunon 
va ossuriy tarixchilari skiflarning ulkan sarkardasi sifatida tan olingan Madini 
Prototeyning o‘g‘li deb hisoblashadi. Madi esa uzoq asrlar davomida turkiy 
adabiyotda Alp Er To‘nga, forsiy adabiyotda Afrosiyob nomi bilan tasvirlangan 
qahramonning tarixdagi prototipidir”
10
.
Ulishib eran bo‘rlayu,
Yirtin yaqa urlayu,
Siqrib uni yurlayu,
Sig‘tab ko‘zi o‘rtilur.
Mazmuni: Mardlar yig‘lab, bo‘ridek uvlashdilar, Yoqalarini yirtib 
baqirishdilar, Faryod chekdilar, Qattiq yig‘idan ko‘zlari xiralashib, (go‘yo) parda 
bosdi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish