104
makedoniyalik Iskandarning turkiylar ustiga bostirib kelishi, Shuning hech kimga
bildirmay Iskandar qo‘shini tomonga xufiya yuborishi va kerakli ma’lumotlarni
olib turishi, shahardan chetga – Chinga borib u bilan kurash olib borishi qiziqarli
lavhalarda hikoya qilinadi. Shaharda 22 oila qolib ketadi. Ular o‘g‘uzlar edi.
Ularga yana ikki oila kelib qo‘shiladi. O‘g‘uzlarning 24 qabilasi ana shulardan
tarqagan emish. 22 qabila o‘sha urush davrida chetda qolib ketgan oilalarning
boshliqlari
ismi bilan, ularga qo‘shilgan ikki oila “qol och” – “och qol” degan
amrga ko‘ra “xalach” degan nom bilan yuritilar ekan.
Rivoyatda ba’zi joy nomlari ham xalqona etimologiga ko‘ra, voqealar
jarayonida aytilgan forcha va turkiy so‘zlar bilan atalishi qayd etiladi. Masalan,
Iskandarning turkiy kamonbozlarning mahoratiga qoyil qolib, “inan xud xo‘rand”
(bular o‘zlari topib yeyuvchilar) degan so‘ziga binoan Xudxo‘r degan viloyat nomi
kelib chiqqan emish. Xuddi shunday jangda turk askari tomonidan Iskandar
askarlaridan biri beligacha chopib tashlanganda uning oltin to‘la
hamyoni ham
kesilib ketadi. Qonga bo‘yalib qolgan oltinlar to‘kilib qoladi. “Altun qan” degan
bir askarning so‘zi Oltin tog‘ nomiga asos bo‘lgan ekan va hokazo.
Rivoyatda etnik nomlar kelib chiqishida ham shunday voqealar sabab
bo‘lgani aytiladi. Iskandar loyga botib, qutula olmay qroganda “In chi gil ast?
Degan va undan chigil nomi kelib chiqqan. Ba’zi
ovqatlar nomi ham xuddi
shunday talqin qilinadi. Masalan, Iskandarning askarlari toliqib, “Bizni och tutma”
degan so‘zlaridan tutmach ovqati nomi kelib chiqqan.
Shoh g‘olib bo‘lib, yirik davlat barpo qilibdi va Shu deb nomlangan tilsimli
shaharni qurdiribdi. Tilsim bu yerga kelayotgan har qanday dushman qo‘shinini
ushlab qolar emish. Hatto, laylaklar ham bu shahar ustidan uchib o‘ta olmas emish.
“Devon”da keltirilgan Alp Er To‘nga – Afrosiyob hamda uning o‘g‘li Borman
haqidagi parchalar ham badiiy qimmati katta rivoyatlar mavjud bo‘lganidan dalolat
beradi.
Mahmud Koshg‘ariy ba’zan juda kichik masallar (sav) ham keltiradiki, ular
kichikligidan qat’i nazar o‘z qimmatiga ega. Masalan,
105
Ashich ayur: tubum altun,
Qamich ayur: men qaydaman?
Mazmuni:
Qozon aytar: tubim oltin,Cho‘mich aytar: men qaydaman?
O‘rta Osiyoning qadimgi aholisi qo‘shiqlaridan namunalar ham «Devonu
lug‘oti-t-turk»da kattagina qismni egallaydi. Unda so‘zlarni izohlash uchun, tabiiy
ravishda, XI asrgacha avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga ko‘chib yurgan qo‘shiq
matnlariga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Ularda o‘ta arxaik elementlarning ko‘pligi
va musulmon e’tiqodiga doir arabiy jumlalarning deyarli uchramasligi
qo‘shiqlarning asosi juda qadim davrlarga mansubligini ko‘rsatadi.
Masalan, yaboqu va basmil qabilalari urushi haqidagi parchalar Urxun-
Enasoy yodgorliklarida ham uchraydi. Shuningdek, Alp Ertunga marsiyasi ham
juda qadimiyligi ma’lum. Lekin «Devonu lug‘oti-t-turk» bilan bir davrda yoki
undan oldin yaratilgan, qiyoslashga arzirli manbalarning yo‘qligi
bois undagi
adabiy parchalar xronologiyasini – qaysi matn qaysi davrda yaratilganini aniqlash
juda qiyin ishdir. Ular aniqlanganda ham, mukammal holda bo‘lmagani uchun,
qadimiy adabiy parchalar sifatidagina qimmatga egaligicha qolaveradi. Mahmud
Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» kitobidan «Yoz o‘yinlari» (6 ta to‘rtlik),
«Ovdan urushqa» (12 ta to‘rtlik)ni ko‘rsatadi.
N.Mallayev “Devon”dagi parchalarni quyidagicha tasnif qilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: