4
tahlillarga zo‘r berilib, badiiy tahlillarga kamroq e’tibor qaratish, tahlillar
xulosasining hukm
darajasiga olib chiqilishi, boshqacha fikrlar bo‘lishi va
bildirilishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi uslublar tanlanishi mualliflar xohishi bilan
emas, balki mafkuraviy prinsiplarga ko‘ra amalga oshirilgan edi. Xuddi mana shu
jihatlar istiqlol yillarida mumtoz adabiyotimiz tarixini o‘rganuvchilar uchun darslik
va o‘quv qo‘llanmalarini qayta yozish zaruratini kun tartibiga qo‘ydi. Bu zaruratni
anglagan bir guruh olimlarimiz o‘zlarining dastlabki urinishlarini e’lon qilishga
ham ulgurdilar. Darslik va qo‘llanmalarning keyingi namunalari hozircha keng
doirada e’tibor qozonmadi.
Bu holni, bizningcha, hozirgi darsliklarda
mavzularning nisbatan qisqa va ma’lumotlarning torligidan
tashqari, ularning
yaratilish uslubida ham o‘ziga xos yangilik ko‘zga tashlanmayotgani bilan izohlash
mumkin.
Bundan tashqari, zamonaviy texnologiyalar rivojlangan sharoitda badiiy ijod
namunalari tadqiqi va talqinlarini yuksak darajaga olib chiqmasdan ko‘zlangan
maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. Ushbu qo‘llanmada uslubni ham, ma’lumotlar
tartibini ham yangilashga, shuningdek, tahlillar qatorida
nazariy tushunchalardan
saboq berishga harakat qilingani sababi shunda.
Fanni turli bosqichlarda o‘qish va o‘qitishning o‘ziga xos talablari borligi
yaxshi ma’lum. Binobarin, adabiyot tarixini maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’limda
o‘rganishning farqini talabaga uqtirish birinchi galdagi vazifalardan. Maktab va
o‘rta maxsus ta’limda o‘quvchi taqdim qilingan ma’lumotni o‘zlashtirish
qobiliyatiga ega bo‘lishi yetarli. Oliy ta’limda esa taqdim qilinayotgan ma’lumot
va materiallarga mutaxassis sifatida yondashuv, nuqtai nazar shakllanishi lozim.
Bu talabadan badiiy matn tahliliga zamon talablaridan kelib chiqib yondashuvni
taqozo etadi. Milliy ta’limimiz tarixida bunday talab shakli bo‘lgan, uni
“ma’nododlig‘” deb ataganlar. Ya’ni talaba berilgan
matnni sharoit taqozosidan
kelib chiqib sharhlash, izohlash va talqin qilish layoqatiga ega ekaniga ko‘ra
baholangan. Adabiyotimiz tarixida bu uslub keng amalda bo‘lib, katta ijobiy
hodisalarning yuzaga chiqishida muhim rol o‘ynadi. Xususan, “Xamsa”dagi,
5
shuningdek “Lisonu-t-tayr” dostonlarining yaratilishida bu hol ko‘zga yaqqol
tashlanadi. Zamonaviy pedagogikada u “mustaqil yondashuv” degan, ma’nosi
unchalik ochiq bo‘lmagan istiloh bilan yuritilmoqda. Demak, oliy ta’limda tahsil
oluvchi bo‘lajak mutaxassis sohaning dastlabki muhim ko‘nikmasi –
ma’nododlikni o‘zida shakllantirishi uchun unga
foydalanish uchun taqdim
qilingan darslik yoki o‘quv qo‘llanmasi yordam berishi zarur. Ushbu qo‘llanmada
bu borada ham tajriba tariqasida tavsiyalar kiritildi.
Qo‘llanmani yaratishda o‘z maslahatlarini ayamagan O‘zbekiston Milliy
universiteti va Qarshi davlat universitetlarining adabiyotshunos olimlariga samimiy
minnatdorlik bildiramiz. Shuningdek, qo‘llanmaga uni takomillashtirish uchun
bildiriladigan xolis fikrlarni mamnuniyat bilan qabul qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: