Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi


Yusuf Ulug‘ Xos Hojibning hayoti va adabiy faoliyati



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Yusuf Ulug‘ Xos Hojibning hayoti va adabiy faoliyati. 
Yusuf Ulug‘ Xos 
Hojib bizga “Qutadg‘u bilig” dostonining muallifi sifatidagina ma’lum.
11
Uning 
hayoti va faoliyatiga doir boshqa manbalar saqlanib qolmagan. Dostonda shoir o‘zi 
haqida qisqacha ma’lumotlar bergan. Lekin bu uning tarjimai holini to‘la tasavvur 
qilishga kamlik qiladi. Shunday bo‘lsa-da, asarda muallifning bilimi
dunyoqarashi, e’tiqodi va g‘oyalarining aks etishiga qarab, shoir biografiyasini 
nisbatan to‘ldirish mumkin. 
Buning uchun dastlab asarda keltirilgan aniq ma’lumotlarni inobatga olish va 
ularni tarixiy faktlar bilan solishtirish kerak. Dostonda tarjimai holga doir quyidagi 
ma’lumotlargina mavjud: u hijriy 462 (m.1069-1070) yili yozilgan, bu vaqtda shoir 
50 yoshlardan o‘tgan (taxminan 1019-1020 yillarda tug‘ilgan), muallifning ismi 
Yusuf, u Balasog‘un (Dostonda uning nomi Balosog‘un, Quzo‘rdu (Hirot nusxasi), 
Qut urdi (Qohira nusxasi) shakllarida beriladi) shahrida tug‘ilgan, “parhez sohibi” 
(taqvodor) bo‘lgan, doston “Qutadg‘u bilig” deb ataladi, u Qoraxoniylar 
davlatining hukmdori Tavg‘ochxon
12
ulug‘ Bug‘ro Qoraxon abo Ali Hasan binni 
Arslonxonga bag‘ishlangan va uning iltifotiga sazovor bo‘lib, muallifga Ulug‘ Xos 
Hojiblik martabasini keltirgan. 
Doston bilan to‘la tanishib chiqish uning Qoraxoniylar davlati 
zodagonlaridan, ehtimol, dindor ruhoniylar xonadonidan birida tug‘ilgan, degan 
xulosani keltirib chiqaradi. Asarda O‘gdulmish tilidan O‘zg‘urmishga beglarga 
11
Hozirgacha yaratilgan ilmiy adabiyotlarda u Yusuf Xos Hojib nomi bilan mashhur. Dostonda shoir bu nom 
orasiga Ulug‘ so‘zini ham qo‘shib qo‘llaydi. Bu xos hojiblarning ko‘p bo‘lgani va ular orasida ulug‘i birgina 
bo‘lganini ta’kidlash uchundir. Ba’zan “xos” so‘zi tushirib qoldiriladi. Shuning uchun bu unvonni muallifning 
taqdimiga mos qo‘llash tarafdorimiz.
12
Arab yozuvidagi matnlarga ko‘ra bu ism “Tafg‘ochxon” shaklida o‘qiladi. 


134 
(hukmdorlarga) xizmat qilish qoidalari va avom (ilmsiz omma) bilan munosabatda 
bo‘lish qoidalari haqidagi fasllarda aytilgan so‘zlardan buni anglab olish mumkin. 
Muallif beglar saroyida xizmat qiluvchilar ikki toifa bo‘lishini ta’kidlaydi: biri – 
kichikligidan (bolaligidan) xizmat qiluvchilar; ikkinchisi – katta yoshli bo‘lganda 
xizmatga kiruvchilar. Kichikligidan xizmat qiluvchilarga saroy qoidalarini o‘rgatib 
o‘tirish shart emas. Chunki ular bu qoidalarni ko‘ra-ko‘ra o‘zlashtirib oladilar. 
Katta yoshda xizmatga kiruvchilar uchun esa bu qoidalarni tezda o‘zlashtirish bir 
oz qiyin kechadi. Buning uchun ular ma’lum tayyorgarlikdan o‘tishi kerak, deydi 
shoir. Bu so‘zlar Oyto‘ldi tilidan emas, balki O‘gdulmish, ya’ni saroy 
xizmatchisining farzandi tilidan aytiladi. Uni aytishda muallifning yoshlikdan 
xizmatda bo‘lganini anglatuvchi botiniy iftixor, ko‘tarinki kayfiyati sezilib turadi. 
Avom bilan munosabat bobida esa O‘gdulmish o‘zini ularga mutlaqo aloqasiz 
tutadi. Avomning biror fazilati tilga olinmaydi. Asarning mavzusi jamiyatning 
axloqiy tamoyillari asoslari, mezonlarini muvofiqlashtirish, ijtimoiy-ma’naviy 
tushunchalarni takomillashtirishdan iborat bo‘lib, ular ko‘proq diniy vositalar
pand-nasihatlar orqali talqin qilinishi shoirning ruhoniy qiyofasini yorqin namoyon 
qilib turadi. To‘g‘ri, asarda tarix, astronomiya, tibbiyot, tabiatshunoslik kabi 
fanlarga doir materiallardan ham ko‘p va o‘rinli foydalanilgan. Bu uning 
mukammal ta’lim olganini ko‘rsatadi. 
Yusuf Ulug‘ Xos Hojib yoshlikdan turkiy, arab va fors tillarini hamda badiiy 
adabiyot, xalq ijodiga jiddiy qiziqib o‘rgangani shubha uyg‘otmaydi. Uning turkiy 
dostonini yaratishdan avval arab va fors tillarida, ayniqsa, ona tilida badiiy ijod 
bilan ancha-muncha shug‘ullanganini taxmin qilish mumkin. Asarning deyarli har 
bir faslida iqtibos usulida yozilgan satrlar borki, ular shoirning katta tajribasidan 
nishonalardir. Shoir bir o‘rinda shunday deydi: 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish