10. Ma’lumot-axborot hujjatlari



Download 14,34 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi14,34 Kb.
#705085
Bog'liq
Hujjat (10


10.Ma’lumot-axborot hujjatlari.
Bu turdagi hujjatlar guruhi anchaginani tashkil qiladi. Bu guruhga kiruvchi hujjatlar, yani ariza, ma'lumotnoma, tushuntirish xati, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taqdimnoma, guvohnoina, taklifnoma. hisobot, tarjimai hoi, tilxat, bildirishnoma, bayonnoma kabilar ish jarayonida juda keng qo'llanadi. Ularing ba’zilariga alohida toxtab otamiz. Tarjimai hol 
Malum bir shaxs tomonidan oz shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimai hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bolishi shart. Tarjimai holning asosiy zaruriy qismlari: 1. Hujjatning nomi (Tarjimai hoi). 2. Matn: 1) muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi; 2) tugilgan yil, kun, oy va tug'ilgan joyi; 3) ota-onasi haqida qisqacha malumot (familiyasi, ismi va ota ismi, ish joyi); 4) malumoti va malumotiga ko'ra mutaxassisligi; 
5) ish faoliyatining turlari; 6) oxirgi ish joyi va lavozimi; 7) mukofot va rag'batlantirishlar; 8) jamoat ishlarida ishtiroki; 9) oilaviy ahvoli va oila azolari; 10) turar joyi; 3. Sana. 4. lmzo. Tarjimai hoi oddiy qog'ozga, ayrim hollarda,yani ishga, oqishga kirishda maxsus bosma ish qog'ozlariga qolda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bolib, birinchi shaxs tilidan yoziladi. Barcha malumotlar davriylik (xronologiya) asosida beriladi. Tarjimai hoi shunday tuzilishi kerak-ki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo'li, ishchanlik mahorati, ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida tasavvurga ega bo'lsin. Ariza Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng kop qollaniladigan va keng tarqalgan ish qogozdir. Maktab oquvchisi va talaba ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs jamiyatning barcha azosi ariza yozishdan holi emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo'llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma xildir. Hajm, uslub va turidan qati nazar, ariza ozining umumiy zaruriy qismlariga ega. 
Shuni eslatib o'tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim ozi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida malumot zarurbolmaydi. Bunday hollarda xodim ozi ishlaydigan bolim (qism, bolim va hokazo) va lavozimini ko'rsatsa kifoya. Shuningaek, ko'pchilik arizalar uchun ilovalarning hujjati bolmaydi. Ariza bir necha sozdan iborat bolishi, yoki keng jamoatchilikni o'ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bolishi ham mumkin. Shu nuqtayi nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bolishi bilan birga, unga ilovalar qilinadigan turlari ham uchraydi. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat arizalari ham boladi. Xizmat arizasifuqarolar yoki tashkilotlarning oz huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlar hisoblanadi. Davo arizalari ana shunday arizalardandir. Iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks ettirgan arizalarga hamda davo arizalariga nisbatan kop qo'llaniladi Arizalarning navbatdagi keng tarqalgan turi o'quv yurtlariga kirish yoki muayyan jamoat tashkilotlariga azo bo'lish haqidadir. Ish jarayonida ham xodimiar o'zlari ishlab turgan muassasasnning rahbariyatiga turli mavzularda arizalar yozadilar. Ular ish sharoitini yaxshilash, boshqa ishga o'tkazish, nafaqa belgilash, qo'shimcha tatil berish, moddiy yordam korsatish, yashash sharoitini yaxshilash haqida iltimos mazmunida yoki ish sharoitini yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish haqida taklif mazmunida yozilishi mumkin. Mehnatkashlar va boshqa toifadagi aholi ish joyidan tashqari ko'plab rasmiy va jamoat tashkilotilariga turli mavzudagi arizalar bilan murojaat etadilar. Bu arizalar vositasida fuqarolar davlat idoralari yoki jamoat 
tashkilotlari orqali ozlariga ega bolgan muayyan haq-huquqlarini amalga oshiradilar, shu bilan birga shikoyat mazmunidagi arizalar fuqarolarning haq- huquqlarini, qonun yoli bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish yoki cheklashlarni bartaraf qilish haqida murojaatlar oz aksini topadi. Arizalar mahalliy (viloyat, tuman, shahar, qishloq) kengashlarning boshliqlariga, ijtimoiy taminot idoralariga, sud va prokuratura idoralariga, notarial idoralarga, fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish va arxiv bolimlariga, qurilish boshqarmalariga va boshqa idoralarga yozilishi mumkin. Davo arizasining matni (mazmuni) matinda nizoning mohiyati, davoga ming nizoni ko'ngilli ravishda hal qilish yo'lidagi chora-tadbirlari va uning natijalari, davogarning javobgarga qoygan talablari, talablaming haqqoniyligiga dalillar aniq va yaqqol bayon qilinadi. 
Download 14,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish