Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Ikkinchidan
, asarning adabiy merosga munosabatni belgilovchi mezonlarga 
muvofiqligi. 
Ma’lumki, real gumanizmning talabi jamiyatda amalga oshiriladigan har 
qanday tadbirning oqibat-natijasi inson shaxsini yuksaltirishga, uning hurfikrlilik 
darajasini oshirishga, ruhiy-ma’naviy dunyosini boyitishga, ijodiy imkoniyatlarini 
kengaytirish, qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishidan iborat. Aks holda 
ular jamiyatning ma’naviy inqiroziga sabab bo‘lishi mumkin. Ijodkorning hukmron 
tabaqa buyurtmasiga asosan yaratayotgan asari ana shu real gumanizm g‘oyalariga 
ters bo‘lishi mumkin emas. Adabiy merosni tadqiq etishda ham uning o‘z davri 
ma’naviy hayotida o‘ynagan rolini ustuvor masala sifatida diqqat markazida tutish 
maqsadga muvofiqdir. Chunki u rivojlanuvchan hodisa bo‘lib, biz tushunib yetgan 
narsalar pirovard natija emas, buyuk mumtoz merosning bir qirrasi, xolos. 
Muayyan bir obidaga turli davrlardagi nuqtai nazarlar turlicha bo‘lishi tabiiydir.
Shu o‘rinda yana bir narsani ta’kidlash joiz. Bu adabiy merosga bo‘lgan 
munosabatning eng nozik masalasi – har qanday «madaniy merosga 
bo‘ysunmasdan uni egallab olish» tamoyili bilan yondashish masalasidir. Adabiy 
asar o‘z badiiy ta’sirchanligi bilan o‘quvchiga ma’lum g‘oyaviy mazmunni 
muayyan talqinda yetkazish maqsadini amalga oshiradi. O‘tmish merosimizning 
ma’naviy ideallarimizni boyitishga xizmat qiluvchi g‘oyaviy-axloqiy, badiiy-
estetik jihatlarini o‘zlashtirish jarayonida o‘sha davrning ayrim ijtimoiy-siyosiy 
aqidalariga to‘g‘ri baho berish ham zarur. 


19 
Yuqoridagilardan kelib chiqilib, adabiy manbaga baho berish va o‘rganishda 
quyidagi besh mezonga tayanilishi maqsadga muvofiq:
1.
Vatanparvarlik. 
2.
Milliy iftixor va xalqchillik.
3.
Insonparvarlik.
4.
Taraqqiyparvarlik.
5.
Badiiy-estetik qimmatga egalik, badiiy mukammallik.
Bu mezonlar, bizningcha, adabiy merosimizning har bir namunasiga 
taalluqliligi bilan umumiylik kasb etadi. Biroq ularga tor g‘oyaviy 
chegaralanishlarsiz yondashish maqsadga muvofiqdir. 
Vatan millat tomonidan yaratilgan eng buyuk obidadir. Uning tarixi ham, 
buguni ham, kelajagi ham unga egalik qiluvchi millatning sha’ni, g‘ururi va 
nomusidir. Qadimiy adabiy manbalar ana shu sha’n, g‘urur va nomusni himoya 
qilishda ahamiyatli ekaniga ko‘ra 
vatanparvarlik 
mezoniga muvofiqdir. Ularda 
O‘zbekiston nomi qayd etilmasa-da, hozirda bu yurtda yashayotgan xalqlar 
ajdodlari tomonidan yaratilib, ularning bugungi avlodlari manfaatlariga xizmat 
qiladigan har qanday ijod namunalarida vatanparvarlik namunalarini topish va 
talqinda unga e’tibor qaratish alohida ahamiyatga ega. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish