33
Toshkent yaqinidagi Hojikent qishlog‘ida, Farg‘ona vodiysidagi Takatosh deb
atalgan joylarda xuddi shunday mazmundagi suratlar bor.
Mazkur suratlarga ijodiy asar sifatida qaraladigan bo‘lsa, ularning metodi
ibtidoiy realizm sifatida belgilanishi mumkin. Mezolit davriga xos suratlar ijodiy
metodini magik simvolizm deb qarash to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki bu davrda yaratilgan
suratlarda magik mavzular ustunlik qiladi.
Dumli odamlar, hayvon skletlari
tasvirlari ma’lum magik tushunchaning ramzi, simvoli bo‘lib xizmat qila
boshlagan. Tasvirlardagi bu murakkablashuvni
tafakkurda ijodiy takomil
kechayotgani sifatida baholashga ham imkon beradi. Bunday tasvirlar
simvollarning so‘zdagi shakllari: aytimlar, duolar bo‘lganiga ishora qiladi.
Samarqand yaqinidagi Talibarzu va Afrosiyobda bir xildagi bir necha
bo‘ydor, boshiga atrofi qalin konussimon kiyim, egniga chakmon, oyog‘ida uzun
qo‘njli etik kiygan, bo‘yniga oltin va kumushdan marjonlar taqqan arxaik figuralar
topilgan. Uni olimlar quyosh xudosi Mitraning qiyofasi deb taxmin qilganlar.
Bunday kult va ilohalar tasviri oldida ham aytiladigan ibodat kalimalari bo‘lganini
taxmin qilish mumkin.
Bulardan tashqari, shohlar saroyidagi bazmlar, ziynatlangan oq fillar, xanjar,
qalqon, sirtmoq tutgan jangchilar,
shoh huzuridagi elchilar, qadah ko‘targan
ayonlar, ovchilar va turli jonivorlarning tasviri tushirilgan oltin, kumush va bronza
metallariga hamda devorlarga tushirilgan rasmlar juda ko‘p topilgan. Termiz
yaqinidagi Ayritomdan topilgan musiqa chalayotgan uch ayol va Tuproqqal’adan
topilgan arfa chalayotgan ayol tasviri tushirilgan frizlar tasviriy san’at yodgorligi
bo‘lib qolmasdan xalqning badiiy tafakkuri rivoj topayotganiga ham dalildir.
Arxeolog S.P.Tolstov Xorazm zaminida tekshirishlar olib borib, miloddan
avvalgi IV ming yillikka oid madaniy yodgorliklarni
aniqladi va ularni
“Kaltaminor madaniyati” nomi bilan e’lon qildi. Xususan, Jonbosqal’aga tegishli
ma’lumotlar katta ahamiyatli. Qal’ada asosiy markaz olov yonib turgan otashkada
hisoblangan. Qal’a ahli tosh va suyakdan ishlangan qurollarga, san’atkorona
ishlangan idish-tovoqlarga hamda bezak marjonlarga ega bo‘lishgan. Gulxandan
34
xoli joylarda jamoa marosim o‘yinlari maydonlari bo‘lib, ularda o‘yinlar ijro
etilganidan dalolat beradi. O‘yinlar musiqani talab qilganidek, bunday tadbirlarda
musiqa ham she’rsiz mukammal bo‘la olmaydi. Uzoqroq davom etadigan o‘yin-
raqs tadbirlari qo‘shiqsiz bo‘lmaydi. Demak, Jonbosqal’a yodgorliklari u mansub
bo‘gan davrlarda ham ijodiy tafakkurning mavjud bo‘lganini
tasavvur qilishga
imkon beradi.
III asrda Xorazm shohlarining poytaxti bo‘lgan Tuproqqal’a yodgorligi
arxitekturasi o‘zining mukammalligi bilan qadimshunoslarning e’tiborini
qozongan. Uning loyihasidan boshlab devorlariga berilgan bezaklarigacha san’at
darajasida bajarilgan.
Biroq bu o‘lkalarning arablar tomonidan bosib olinishi keyinchalik qanchalik
ijobiy hodisalar ro‘yobga chiqishiga xizmat qilgan bo‘lmasin, dastlabki davrda na
faqat iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotni, balki madaniy va adabiy rivojlanishni ham
butkul izdan chiqardi. Turkiy xalqlar madaniyati va adabiyoti IX – X asrlarda arab-
islom mezonlari asosida qayta shakllanish jarayonini boshdan kechirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: