Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Buddizm yoki burhonlik 
(budda nomidan olingan. sanskritcha buddha – 
nurlangan)
miloddan avvalgi VI–V asrlarda paydo bo‘lgan va jahon xalqlari 
o‘rtasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Buddizmning asoschisi Siddhartta 
Gautama (623-544)dir. Bu din ta’limotiga ko‘ra, ruh ko‘chib yuradi, u qayta 
tug‘iladi, jonli va jonsiz narsalar shakliga kiradi. Qadimgi turkiylar ham budda dini 
aqidalariga ishonishgan. Hozirgacha buryat, qalmoq, tuva va Sibirda yashaydigan 
boshqa turkiy qavmlar o‘rtasida buddaga e’tiqodlilari mavjud.
Moniylik 
ta’limoti xitoylik Moniy ibn Fatak (216-276) nomi bilan 
bog‘lanadi. Uning ta’limoti koinotda nur bilan zulmat o‘rtasida kurash bo‘lishiga 
asoslanadi. Shu sababli ham nur – Quyosh, Oy, ya’ni nur taratuvchi osmon jismlari 


29 
muqaddas sanaladi va ularga sig‘iniladi. Nur va zulmat o‘z mantig‘ini yaxshilik va 
yomonlik kurashida topadi. Moniylik VIII asrda uyg‘urlar o‘rtasida asosiy din 
sifatida tarqalgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Buguxon 762 yilda Chin
(Xitoy)ga safar qiladi. U yerda Moniy rohiblari bilan tanishadi va ularni o‘zi bilan 
birga Qorabolg‘asun shahriga olib keladi. Moniylik turkiy adabiyot rivojiga ta’sir 
ko‘rsatgan dinlardan biridir. Bu oqimning ta’sirida turkiy adabiyotda 
«Xuastuanift» («Moniylar tavbanomasi») asari yuzaga kelgan. Uning qadimgi 
turkiy tildagi uchta nusxasi ma’lum. Ulardan London va Berlin nusxasi moniy, 
Sankt-Peterburg nusxasi esa eski uyg‘ur yozuvida bitilgan. Asarning yaratilish 
davri, V.V.Radlov fikricha, taxminan V asr, S.YE.Malov xulosasiga ko‘ra, VII 
asrga to‘g‘ri keladi. O‘zbek olimlaridan professor N.Rahmonov tadqiqotlarida 
«Xuastuanift»ning g‘oyasi, tuzilishi, ahamiyati keng o‘rganilgan. 
Zardushtiylik 
dini miloddan avvalgi VI-V asrlarda yuzaga kelgan. Bu din 
Zaratushtra (ba’zi manbalarda Zardusht yoki Zardo‘st) nomi bilan bog‘liqdir. 
Zardushtning shaxsiyati to‘g‘risida ikki xil qarash mavjud. Ayrim tadqiqotchilar 
Zardushtni miloddan avvalgi 589-512 yillarda yashagan ilohiyotchi faylasuf
tabiatshunos va shoir deb hisoblaydilar. U Eronda yashagandir. Bunday fikr 
tarafdorlari zardushtiylik qadimgi Eronda keng tarqalgani va bu dinning muqaddas 
kitobi «Avesto» eron-pahlaviy tilida yaratilganligini asos qilib oladilar. Boshqa 
olimlar esa Xorazmni zardushtiylikning vatani deb hisoblaydilar. Ularning 
fikricha, birinchi marta muqaddas olov «Atarxurra» yongan joyning jo‘g‘rofiy 
o‘rni va iqlimining tavsifi Xorazmga to‘g‘ri keladi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish