Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Nasroniylik 
ta’limoti Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasiga III asrlardan boshlab 
kirib kelgan. Tolos, Samarqand, Ma’ruf, Hirot, Xorazmda xristianlarning 
ibodatxonalari, bu ta’limotni targ‘ib etuvchi diniy – hududiy jamoalar bo‘lgan. X 
asrda yashagan arab tarixchisi Xovqal Samarqand, Jizzax, Toshkent atroflarida 
xristianlarning qishloqlari bo‘lganligini yozadi. 
IV-VIII asrlarda xristianlik Kavkazdagi xalqlar, xususan, Ozarbayjon va 
Janubiy Dog‘istonda hukmron din hisoblangan. Xristianlik ta’limoti uyg‘urlar 


30 
o‘rtasida ham keng tarqalgan. Bu din mazmuni qadimgi uyg‘ur tilidagi matnlarda 
ham ifodalangan. Ularning ayrim parchalari S.YE.Malovning «Qadimgi turkiy 
yozma yodgorliklar» kitobida keltiriladi. 
Bu ta’limotlar birgina turkiy xalqlarga tegishli emasligi yaxshi ma’lum. Ular 
bu yerda yashagan barcha xalqlar uchun birday ahamiyatli. Bundan tashqari, O‘rta 
Osiyo xalqlarining Gretsiya, Xitoy, Hindiston, Eron va boshqa yurtlar xalqlari 
bilan aloqasi ham mazkur ta’limotlarning boyib va yangilanib borishiga katta ta’sir 
ko‘rsatdi. Masalan, Greklar tomonidan antik davrda yaratilgan ellinizm madaniyati 
izlari O‘rta Osiyo xalqlari tarixida chuqur iz qoldirgan. Bu yerda grek xudolariga 
atab ibodatxonalar qurilgani buni tasdiqlaydi. Greklarning bosh xudosi Zevs bilan 
zardushtiylik xudosi Axura Mazda, Apollon bilan Mitra, Afrodita bilan Anaxita 
to‘g‘risidagi tasavvurlar bir-biriga uyg‘unlashib ketdi. Natijada Grek-Baktriya 
hukmronligi davrida greklar ta’limoti sharqiy ellinizm tusini oldi.
Shuning barobarida, O‘rta Osiyo ham Yevropa antik madaniyati rivojiga 
o‘zining katta ta’sirini ko‘rsatdi. Bunga “tarix otasi” nomi bilan mashhur, antik 
madaniyat namoyandalaridan biri Gerodotning (m.a. V a.) «Tarix» asarini misol 
qilib ko‘rsatish mumkin. Uning to‘rtinchi kitobida skiflar va ularga yaqin 
qavmlarning turmush tarzi, hayoti bilan bog‘langan rivoyat hamda afsonalar 
keltiriladi, skiflarning forslar bilan urushlari ko‘rsatiladi. Shuningdek, bu davrning 
boshqa tarixchilari O‘rta Osiyo turkiy qavmlari – skif, kimmer, sak, massaget 
kabilar haqida o‘z asarlarini yozib qoldirganlar. Qadimgi turkiylarning hayoti 
Kteziy (m.a. V-IV a.), Xares Mitilenskiy (m.a. IV a.), Polien (m.a. II a.), Strabon 
(m.a. I a.), Diodor (m.a. I a.) va boshqa antik tarixchilarning kitoblarida yoritilgan, 
rivoyat hamda afsonalari keltirilgan.
Xitoy, Hindiston, Eron, Suriya, Misr, Mesopotamiya, Ural, Sibir, Volgabo‘yi 
va Bobil (Vavilon) bilan munosabatlar haqida ham xuddi shunday ma’lumotlarni 
keltirish mumkin. Binobarin, manbalar O‘rta Osiyoda qadimiy etnik qavmlardan 
massagetlar, xorazmiylar, sug‘dlar, parfyanlar va boshqalar yashaganidan va ular 


31 
boshqa hududlardan ko‘chib kelgan turkiy xalqlar bilan aralashib, chatishib hozirgi 
millatlarning shakllanishini ta’minlaganidan guvohlik beradi. 
Biz uchun bu xildagi ta’limotlar va davlatlarning paydo bo‘lishi adabiy-badiiy 
tafakkurning toblanib, taraqqiy etib borishini anglatishi bilan ahamiyatli. Zero, 
xalq orasida keng va chuqur ildiz otgan ta’limot badiiy ijod sohalarida mislsiz ko‘p 
va xilma-xil ko‘rinishdagi g‘oyalarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgani ko‘p bor 
kuzatilgan. Turkiy adabiyotda ham bu ta’limotlar ta’sirida benihoya ko‘p og‘zaki 
ijod namunalari – qo‘shiqlar, miflar, afsona va qissalar yaratildi. 
Markaziy Osiyo kengliklarida turkiy xalqlarning istiqomat qilishi juda qadim 
zamonlarga borib taqaladi. Lekin O‘rta Osiyoning janubiy qismida azaldan eron 
tillari gruppasiga kiruvchi lahja va shevalarda so‘zlashuvchi qavm va xalqlar 
yashab kelar edi. Bu yerda vujudga kelgan Grek-Baktriya davlatida davlat tili grek 
tili edi. Xitoy sayyohi Si Ma Syan, shuningdek, grek tarixchisi Strabon kabilar 
Baktriya, Sug‘diyona, Parfiya, Eron va Midiya xalqlarining tillari bir-biriga 
o‘xshashi va ular bir-birlarini yaxshi tushunishlari haqida yozib qoldirishgan. 
Lekin bunday fikrlar bu yerda turkiy xalqlar umuman yashamagan degan 
tushunchani bermaydi. Balki turkiy xalqlar O‘rta Osiyoning bu qismida nisbatan 
ozchilikni tashkil etgani bilan izohlanishi mumkin. 
Miloddan avvalgi II asrda xunnlarning bu hududlarga kirib kelishi, unda 
yashayotgan mahalliy xalqlar bilan chatishib ketishi va ular ham turkiy tilda 
so‘zlay boshlashi O‘rta Osiyoni asosan turkiy xalqlar istiqomat qiluvchi hududga 
aylantirdi. Shuningdek, bu chatishuv turkiylarga O‘rta Osiyoda azalda eroniy tillar 
vakillari tomonidan yaratilgan merosga sheriklik asosida egalik huquqini ham 
berdi. Chunki keyingi turkiylar tomirida xorazmiy, so‘g‘d va massaget kabi eroniy 
tilli xalqlar qoni ham oqa boshladi. Turkiy va eroniy tillar yanada yaqin aloqaga 
kirishda va o‘zaro ta’sir natijasida rivojlanib bordi. 
O‘rta Osiyo xalqlari yozuvlar tarixi ham juda uzoq davrlarga borib taqaladi. 
Fanda oromiy yozuvining miloddan avvalgi birinchi ming yillikda keng yoyilgani, 
Aleksandr Makedonskiy istilosidan keyin grek yozuvi ham rasman qo‘llana 


32 
boshlagani, bulardan tashqari, ma’muriy hujjatlarda forsiy mixxat yozuvidan ham 
foydalanilganligi aniqlangan. Keyinchalik oromiy yozuvi asosida xorazm, so‘g‘d, 
kushon, dulbarjin (run – Urxun–Enasoy) va uyg‘ur yozuvlari yaratilgan. «Avesto» 
yozuvi ham miloddan avvalgi V asrda yaratilgan edi. Adabiyotimiz uchun bu 
yozuv asosida «Avesto»ning, run yozuvida Urxun Enasoy bitiklarining, so‘g‘d 
yozuvida so‘g‘d taqvimining va bizgacha saqlanib qolgan 80 hujjat hamda 
tangalardagi xatlarning, uyg‘ur yozuvidagi hujjatlar, jumladan Amir Temur 
yorliqlarining hamda juda ko‘p badiiy asarlar yaratilishi va ko‘chirilishining 
ahamiyati kattadir. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish