Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi


Milliy iftixor va xalqchillik



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Milliy iftixor va xalqchillik 
mezoni milliy qadriyatlardan faxrlanish va 
g‘urur tuyg‘ularini rivojlantirishga, shuningdek, milliy qadriyatlarning qiyofasini 
saqlab qolishga, ularni yanada sayqal toptirishga, bu orqali xalqni jipslashtiruvchi, 
milliy hamjihatlikni ta’minlovchi, ma’naviy umumiylikni, turmush tarzidagi 
mushtaraklikni, intilish, xohish-irodani aks ettiruvchi va mustahkamlovchi 
an’analar, badiiy obrazlar, vositalar hamda axloqiy g‘oyalarga amal qilinishini 
anglatadi. 
Insonparvarlik 
mezonida manbaning inson ruhiy ehtiyojlarini qondirishga 
qay darajada muvofiqligini aniqlash, jumladan, unda yuksak fazilatlarning 
tarannum etilishi va komil shaxsiyatni shakllantirishga, tarbiyalashga xizmat 
qiluvchi g‘oyalarning aks etishi tushuniladi.


20 
Adabiy asar 
taraqqiyparvarlik 
mezonida tahlil qilinib, o‘z bahosini olishi 
lozim. Bunda tadqiqotchi talqinining ahamiyati katta. Agar adabiy manba 
kelajakka qaratilmagan, o‘tmishni ideallashtirgan bo‘lsa va uni boshqacha talqin 
qilishning iloji ham bo‘lmasa, adabiyot tarixiga doir tadqiqotlarda uning nomigina 
sanoqda qolishi mumkin, xolos. Uning ommaviy o‘qilishi yoki o‘rganilishi 
imkonsiz bo‘lib qoladi.
Lekin 
shuni 
unutmaslik 
lozimki, 
taraqqiyparvarlik 
faqat 
moddiy 
o‘lchamlardagina mavjud emas. Axloqiy komillikka xizmat qilishi ham 
tarqqiyparvarlikdir. 
Manbaning 
badiiy-estetik tarbiya
da qimmatga egaligi, ya’ni 
badiiy 
mukammallik 
darajasi uni o‘rganishda eng muhim xususiyatlaridan biri sanaladi. 
O‘zbek adabiyoti manbalarining qadimiyligi va ko‘pligi jihatidan jahondagi har 
qanday qadimiy adabiyot bilan bellasha oladi. Tabiiyki, bunday qadimiy va boy 
adabiyot manbalarining hammasini ham yuksak badiiy darajada yaratilgan deb, 
bo‘lmaydi. Bir qator asarlar borki, ularning ayrimlari ma’lum guruh va tabaqalar 
manfaatini himoya qiluvchi g‘oyalarga bag‘ishlanib, ibtidoiy badiiyat 
unsurlarigagina ega bo‘lsa, ayrimlari taqlid darajasidan o‘ta olmagan. Adabiyot 
tarixi fanida ular muayyan davr badiiy darajasiga baho berish, adabiy jarayon va 
harakatlar tadrijini aniqlash maqsadidagina, ya’ni fanning ma’lum masalalasiga 
oydinlik kiritish uchun o‘rganilishi mumkin. 
Uchinchidan
, asarning adabiy manba sifatidagi darajasi yuqoriligi va muallif 
ijodini kompleks o‘rganishda ahamiyat kasb etishi. 
Asarning yuqorida keltirilgan mezonlarga muvofiq talqinlar uchun asoslarga 
egaligi uning adabiy manba sifatidagi darajasi yuqoriligini ta’minlaydi. Bunday 
asarlar adabiyotshunoslik qonuniyatlari asosida yangi nazariy xulosalar olish 
uchun asos bo‘la oladi va ularni badiiy adabiyotni yanada rivojlantirishni ko‘zda 
tutuvchi tadqiqotlar doirasiga tortish mumkin.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, bunday asarlar muallif ijodini kompleks 
o‘rganishda va uning ijodiy jarayonga ta’sirini aniqlashda ham alohida ahamiyatga 


21 
ega. Pirovardida manbaning ilmiy tadqiqotlar taraqqiyotiga xizmat qilish darajasi 
ham belgilanadi. 
O‘zbek adabiyoti tarixi ming-minglab jildlardagi adabiy va badiiy asrlarga 
ega. Ular turli davrlarda, turli xatlarda, har xil saviya va darajadagi ijodkorlar 
tomonidan yaratilgan. Ularning hammasini ham bugungi tamoyillarga asosan 
o‘rganish imkonsiz. Lekin bu manbalar orasida badiiy ijodning nodir namunalari, 
durdona asarlar ham borki, ular xalqimiz tarixining barcha zamonlarida ardoqlanib, 
o‘rganilib keladi. Ular bugungi talab va tamoyillarga ham to‘la-to‘kis javob beradi. 
Asrlar sinovidan o‘tgan, milliy taraqqiyotimizga xizmat qiluvchi bunday asarlar 
majmui 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish