Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


15 
ADABIY MEROSNI MILLIY MAFKURA ASOSIDA O‘RGANISH 
 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Yuksak 
ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida milliy ma’naviyatni yuksaltirish omillari va 
mezonlari haqida shunday deyiladi: «Albatta, har qaysi xalq yoki millatning 
ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy 
qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, 
ma’naviy 
meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar 
eng muhim omillardan 
biri bo‘lib xizmat qiladi»
2
. Darhaqiqat, ko‘rsatib o‘tilgan omillarsiz milliy 
ma’naviyatning yuksalishi emas, shakllanishi haqida ham gap bo‘lishi mumkin 
emas. Ma’naviy meros, madaniy boyliklar va ko‘hna tarixiy yodgorliklar haqida 
so‘zlaganda ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan tarixiy va adabiy mavzudagi 
nodir qo‘lyozma asarlar ustuvor ahamiyat kasb etishini ham unutmaslik lozim. 
Haqiqatan, mamlakatimizning mustaqil davlat sifatida maydonga kelishi bu 
yerda yashayotgan xalqlar moddiy va ma’naviy boyliklarini o‘z taraqqiyotlari 
uchun xizmat qildirish, ularning manfaatlarini himoya qilishdek mas’uliyatni o‘z 
zimmasiga olib faoliyat yuritish siyosatini boshlab berdi. Bu siyosat zamon va 
makon, mavzu va ko‘lam, shakl va mazmun, aqida va dunyoqarashlar nuqtai 
nazaridan nihoyatda xilma-xil, keng qamrovli madaniy merosning tarkibiy qismi 
bo‘lgan adabiy-badiiy merosga bo‘lgan munosabatlarning ham tamomila yangi, 
mustaqillik va taraqqiyot talablariga mos tamoyillarini belgilab bermoqda. Muallif 
qaysi davrda yashamasin yoki kim bo‘lmasin, asar qaysi davrda yaratilmasin 
yoxud qay holatda bo‘lmasin, meros bugunning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga 
xizmat qila olsa, uni tiklash, o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish adabiyot tarixi va 
manbashunoslik fanlarining dolzarb vazifasiga aylanadi. 
2
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat», 2008. – B. 29 – 30. 


16 
Adabiy merosning bugungi ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qila 
olishini aniqlovchi mezonlar haqida bizda eng zarur metodologik dasturilamallar 
yaratilgan. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
asarlarida belgilab berilgan mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda ma’naviy-
ma’rifiy sohalarni takomillashtirish, mafkuraviy bo‘shliqqa barham berish, 
barkamol avlodni tarbiyalash to‘g‘risidagi konsepsiyalar, tarix, ilm-fan, madaniyat 
va san’at namoyandalari bilan uchrashuvlardagi aniq ko‘rsatmalar, shuningdek, 
hukumat qarorlari hamda huquqiy yo‘riqnomalar bunday asoslarni ishlab 
chiqishning zamini vazifasini o‘taydi.
Manbani tahlil etishda mazkur metodologik dasturilamallar va boshqa ilmiy-
falsafiy, nazariy hamda uslubiy bilimlar asosida quyidagi tamoyillarga amal 
qilinishini maqsadga muvofiq: 
Birinchidan
, asarning madaniy siyosatga muvofiqligi va dunyoviy xarakterga 
egaligi.
Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning barcha sohalariga o‘z ta’sirini 
o‘tkazuvchi kuch, tabaqa yoki guruh paydo bo‘lgan ekan, bu tarixiy ehtiyoj, 
zarurat samarasidir. Tarix kishilik jamiyatining har bir bosqichida hokimiyat 
idoralari xalq ruhiga ta’sir o‘tkazuvchi vositalarni, xususan adabiyot va san’atni 
qattiq nazorat ostida saqlab kelganligidan istalgancha guvohlik beradi. Insonning 
go‘zallikka, orzu-havaslarga, axloqiy barkamollikka intilishi ijodkor yashab turgan 
muhit ta’sirida turlicha shakl va mazmun kasb etishi bunday nazoratning asosiy 
sababidir. Jamiyatning eng taraqqiy topgan davrida ham, tanazzulga yuz tutgan 
tahlikali kezlarda ham nodir adabiy asarlar yaratilishi va xalq mulkiga aylanib, 
asrlar bo‘yi unga xizmat qilishi ijodkorning salohiyati hamda davr so‘zini aytish 
vazifasi, mas’uliyatini his etish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Mashhur mutafakkirlar 
davr so‘zini aytish, davr bahosini berish mas’uliyati zimmasiga tushgan ijodkorlar 
edi.
Faylasuflarning ta’kidlashlaricha, «madaniyatga ta’sir ko‘rsatuvchi uchta 
asosiy subyektiv omil mavjud: 1. Rasmiy davlat siyosati. 2. Xalqning anglashilgan 


17 
ehtiyojlari (madaniyatning yaratuvchisi, saqlovchisi va iste’molchisi sifatida). 3. 
Ijodkorning ijtimoiy pozitsiyasi va dunyoqarashi. Bu omillar o‘zaro bog‘liq, 
ularning birortasi umummadaniy rivojlanishda boshqalaridan ajralgan holda hal 
qiluvchi o‘rin tuta olmaydi»
3
. Adabiyot madaniyatning mafkuraga eng yaqin 
sohasi bo‘lganligi uchun ayrim davrlarda unda mafkuraning ta’siri kuchayganligi 
kuzatiladi. Shunga qaramay, ijodkor xalq vakili sifatida uning «anglashilgan 
ehtiyojlari» ta’sirini rasmiy davlat siyosatidan past darajaga qo‘ya olmaydi. 
Shunday holatlar ham bo‘ladiki, «ijodkor rasmiy davlat siyosatini korreksiya 
qiladi, ya’ni unga ma’lum darajada tuzatish kiritadi»
4
.
SHo‘ro davrida o‘tmishdagi hukmdorlarga va dinga aloqador har qanday 
ijodkor asarlari «feodal-klerikal» yoki «saroy adabiyoti» tamg‘asi bilan o‘rganish 
doirasidan chiqarib tashlangan edi. Bunday sharoitda saroyga aloqador har qanday 
yuksak badiiy saviyadagi asarlar ham e’tibordan chetda qolib ketishi mumkin edi. 
O‘zbekistonning hozirgi madaniy siyosati sho‘rolarning zo‘ravonlikka asoslangan, 
ateizm andozalariga solingan mafkurasiga qarama-qarshi o‘laroq umuminsoniy 
qadriyatlarga, fikrlar xilma-xilligiga tayanadi. Bu siyosat o‘zbek xalqining (bu 
yerda yashayotgan boshqa xalqlarning ham) o‘tmishda yaratilgan barcha asarlarini 
o‘rganish imkoniyatlarini yaratdi. Lekin bu har qanday adabiy manbani har kim 
o‘z bilganicha tadqiq etaverishiga, parokandalikka yo‘l beriladi, degani emas. Har 
bir manbani tadqiq etishda O‘zbekistonning milliy mafkurasiga xizmat qilishi bilan 
bog‘liq bir qator shartlar e’tiborga olinishi zarur. Bu shartlar, bizning fikrimizcha, 
quyidagilardan iborat: 
- xalqning azaldan ardoqlab kelingan qadriyatlari ulug‘lanishi, ularga 
asoslanilishi; 
- aholining milliy-tarixiy tafakkuri va turmush tarzidan kelib chiqilishi; 
- hurfikrlilik, diniy bag‘rikenglikka munosabatning to‘g‘riligi;
- ma’naviy va axloqiy tamoyillarga amal qilinishi; 
3
Erkayev A. Ma’naviyat – millat nishoni. – T.: «Ma’naviyat», 1999. – B. 174.
4
Erkayev A. O‘sha asar. – B. 175


18 
- taraqqiyotga, jumladan ma’rifiy taraqqiyotga, yangi fikrlar tug‘ilishiga, 
yangi jamiyat qurilishiga xizmat qilishi; 
- badiiy saviyaning yuksaklik darajasi; 
- keltirilgan ma’lumotlarning asosli va haqqoniy ekanligi; 
- muallif ijtimoiy pozitsiyasida biryoqlamalikka yo‘l qo‘yilmaganligi;
- urush, zo‘ravonlik, bosqinchilik; diniy, irqiy, sinfiy va tabaqaviy kamsitish 
kabi illatlarga yon berilmasligi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish