Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Adabiyot tarixi. 
Adabiyot tarixi adabiyotshunoslikning asosiy sohalaridan 
biri. O‘zbek adabiyotshunosligida u, asosan, ikki bosqichga ajratib o‘rganiladi: XX 
asrgacha bo‘lgan adabiyot tarixi va undan keyingi davr adabiyoti tarixi. Chunki 
aynan XX asrga kelib o‘zbek adabiyotida shakl jihatidan ham, mazmun jihatidan 
ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Nazariy-metodologik asoslar yangilandi, adabiy 
til isloh qilindi, nasr yangi bosqichga ko‘tarildi, she’riy vazn va janrlar boshqa 
ko‘rinishga o‘tdi. Mazkur ikki bosqich alohida-alohida ixtisoslik ko‘rinishida o‘z 
tamoyillari, o‘rganish obyekti, maqsad va vazifalarini belgilab oldi. Avvalgi 
bosqichda XX asrgacha bo‘lgan adabiy manbalar tadqiq qilinadi. Ularga 
tarixiylik 
tamoyili bilan yondashiladi. 
Ya’ni o‘tmishga oid adabiy jarayon yoki uning bir 
bo‘lagi konkret tarixiy sharoit bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. O‘tmish adabiy 
hodisalari, badiiy tafakkur tadriji, ijodkorlar faoliyatining jamiyat ma’naviy 
hayotidagi o‘rni, poetik usul va vositalarning ma’rifiy, ijtimoiy va iqtisodiy 
omillari bu bosqichda keng ko‘lamda tadqiq qilinadi. 
Adabiyot tarixi badiiy va adabiy-nazariy tafakkur taraqqiyoti haqida 
ma’lumot berishdan tashqari, o‘tmish adabiyoti tajribalarini bugungi kun 
adabiyotiga tatbiq qilish va nazariy mezonlar ishlab chiqish uchun materiallar 
taqdim etishi bilan ham katta ahamiyatga ega. 
Adabiyotshunoslar adabiyot taraqqiyot bosqichlarini o‘tgan asrda bir necha 
variantlarda davrlashtirdilar. Ular orasida hozirgacha professor Natan Mallayev 
tomonidan amalga oshirilgan davrlashtiruv eng maqbul sanalib kelmoqda. Unga 
ko‘ra adabiyotning tarixiy bosqichlari: 
1.
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar. 
2.
X – XII asrlar adabiyoti. 
3.
XIII asr va XIV asr boshlaridagi adabiyot. 


12 
4.
XIV asr o‘rtalaridan XVII asrgacha bo‘lgan adabiyot. 
5.
XVII asrdan XIX asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan adabiyot. 
6.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi adabiyot. 
Olimning ta’kidlashicha, “bu davrlashtirish “O‘zbekiston SSR tarixi” kitobida 
berilgan davrlashtirishga, madaniy-adabiy protsessning o‘ziga xosligini ko‘zda 
tutib, ayrim bosqichlarning qo‘shib berilganini mustasno qilsak, mos tushadi va 
unga tayanadi”. Ko‘rinib turganidek, unda sho‘roviy mafkuraga tayanilib, 
jamiyatning moddiy ishlab chiqarish munosabatlari, iqtisodiy strukturasi 
rivojlanish tarixi, uning ijtimoiy ongga ta’siri masalasi asosiy rol o‘ynagan. Ya’ni 
adabiyot tarixini uning o‘z taraqqiyotida sodir bo‘lgan evrilishlar, erishilgan 
natijalar yoki tanazzul oqibatlari bilan emas, balki ularni jamiyatning iqtisodiy 
strukturasi, ishlab chiqarish munosabatlari rivoji bilan belgilash nazarda tutilgan. 
To‘g‘ri, madaniy darajani, jumladan adabiyot taraqqiyotini ham jamiyatning 
iqtisodiy strukturasi, ishlab chiqarish munosabatlari rivojidan ayri holda tasavvur 
qilib bo‘lmaydi. Lekin, birinchidan, jamiyat ishlab chiqarish munosabatlari va 
iqtisodiy rivojlanishini biror bir mafkura nuqtai nazaridan baholab, taraqqiyot 
bosqichlariga ajratib bo‘lmaydi; ikkinchidan, san’at va adabiyotning muayyan 
davrlarda gullab yashnashini jamiyatning moddiy negizi taraqqiyoti bilan mutlaqo 
bog‘liq deb hisoblash ularning rivojlanish xususiyatlari to‘g‘ri anglanmaganidan 
dalolat beradi. Gomer va Sofokl yashagan davrda moddiy taraqqiyot sho‘ro 
davridagidan qiyoslab bo‘lmas darajada past bo‘lgani ma’lum. Lekin ularning 
asarlari sho‘ro davrida ham badiiy-estetik ahamiyatini yo‘qotmadi. Bu davrdagi bir 
necha asarlar uchun ular andaza vazifasini ham bajardi. Qolaversa, adabiyot 
ma’lum ijtimoiy-tarixiy bosqichda bir necha ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi yoki 
aksincha, bir necha ijtimoiy-tarixiy bosqichda bir xil ko‘rinishda qolib ketishi 
mumkin. 
N.Mallayev taqdim qilgan bosqichlarda mazkur davrlarning adabiy-badiiy 
xarakteri va xususiyatlari aks etmaydi. Ular ko‘proq ijtimoiy taraqqiyotning tarixiy 
o‘ziga xosliklarinigina esga soladi, xolos. Bundan tashqari, mazkur davrlashtirish 


13 
muayyan asrlar bilan nomlanishi ham hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. 
Holbuki, adabiyotning taraqqiyot bosqichlarini belgilashda uning o‘zigagina xos 
yangilanish 
va 
rivojlanish 
tamoyillarini, 
xususan, muayyan g‘oyaviy 
barqarorlashuv, adabiy tur va janrlarning shakllanish hamda takomillashuv 
tadrijini, shuningdek, ma’lum davrning mazkur jihatlarga ko‘ra yetakchi 
xususiyatlarini 
e’tibrga olish maqsadga muvofiqdir. Binobarin, milliy 
adabiyotimizning taraqqiyot bosqichlarini quyidagicha belgilash tarafdorimiz: 
1. Adabiy tasavvur va badiiy tafakkurning shakllanishi davri – milodiy X 
asrgacha. 
2. Mumtoz didaktik badiiy ijod, dostonchilik va qissachilikning vujudga kelishi 
davri – XI – XIV asr boshi. 
3. Tasavvufiy talqinlar va badiiy tafakkurning yuksalishi davri – XIV – XVI 
asrlar. 
4. Adabiy muhitlar rivojlanishi davri – XVII asrdan XIX asrning so‘nggi 
choragigacha. 
Bundan keyingi davrlar oliy ta’limda nomidayoq davrning mazmunini ifoda 
etgan fanlar obyekti hisoblanadi. Jumladan, XIX asrning so‘nggi va XX asrning ilk 
choraklari – milliy uyg‘onish davri adabiyoti, undan keyingi adabiyot – yangi 
o‘zbek adabiyoti fanlarida o‘rganiladi. 
Bu davrlashtirishdagi tafovutlar izohi shundan iboratki, adabiyotimiz 
tarixining X asrgacha bo‘lgan davri (X asr ham) “Adabiy tasavvur va badiiy 
tafakkurning 
shakllanishi 
davri” 
sifatida 
talqin 
qilindi. 
Ko‘pgina 
adabiyotshunoslarimiz uning islomgacha va undan keyingi davrlarini ajratib 
ko‘rsatishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar. Bundan tashqari, X va XII 
asrlarni alohida davr sifatida belgilashni ma’qul ko‘radilar. Bu yerda X asrgacha 
bo‘lgan davr umumlashtirilishining asosiy sababi sifatida turkiy adabiyotga xos 
(islomdan oldin ham, keyin ham) mukammal adabiy tur va janrlarda yaratilgan 
manbalarning saqlanib qolmagani yoki umuman bo‘lmagani, mavjudlarining 
dastlabki shakllanish jarayonini aks ettirishi, islomiyat davrida yozma badiiy ijod 


14 
arab va fors (dariy) tillarida yaratilib, ular islomiy turkiy yozma badiiy ijod qilish 
tafakkurini shakllantirgani kabilarni ko‘rsatish mumkin. Turkiy tilda bunday 
ma’nodagi dastlabki badiiy asarlar XI asrda yaratila boshladi. Shuning uchun 
ikkinchi bosqich XI asrdan boshlanishi ma’quldir. XIV asrga kelib bu adabiyotda 
janrlar ko‘lami kengaydi, poetik mahorat klassik darajada namoyon bo‘la boshladi, 
umuman badiiy tafakkur yuksalish yo‘liga kirdi. XVII asrdan boshlab esa o‘zbek 
adabiyotining 
taraqqiyot 
tendensiyalari 
xonliklardagi 
shart-sharoitlar 
va 
mafkuraviy qoliplarga asoslanadi. Har bir xonlikda o‘z tamoyillariga ega alohida 
adabiy muhit shakllandi. 
Fanimiz doirasiga kiruvchi taraqqiyot bosqichlarini mutlaqlashtirish, ya’ni 
ularning ma’lum biriga xos xususiyatni boshqasiga mutlaqo aloqasiz deb tushunish 
to‘g‘ri bo‘lmas. Zero, muayyan xususiyat ma’lum bir davrda yetakchi xususiyatga 
aylanib, boshqa davrda nofaol ko‘rinishda amalda bo‘lishi mumkin. Shuningdek, 
ma’lum adabiy harakatlar, jarayonlar va yo‘nalishlar (oqimlar) bir bosqichda 
boshlanib, boshqasida davom etishi ham kuzatiladi. Lekin adabiyotning umumiy 
taraqqiyot bosqichini belgilashda ularning hammasi ham birday ahamiyat kasb 
etavermaydi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish